Bilvosita soliqqa tortish fanidan o`quv tadqiqot loyihasi


Mahsulot va ish xizmatlardan olinadigan soliq


Download 131.24 Kb.
bet3/5
Sana18.11.2023
Hajmi131.24 Kb.
#1783763
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sultonmahmudov Lochinbek ppt.

Mahsulot va ish xizmatlardan olinadigan soliq.

Mahsulot va ish xizmatlardan olinadigan soliq bu Qo`shilgan qiymat solig`i.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6098-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirish va soliq to‘lovchilar faoliyatining shaffofligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — Davlat soliq qo‘mitasi) birlamchi buxgalteriya hujjatlarida mahsulotlarning (tovar va xizmatlarning) unifikatsiyalashgan nomlaridan foydalanish, shu jumladan, tovarlarning shtrix kodlarini mahsulotlarning unifikatsiyalashgan nomlariga bosqichma-bosqich avtomatik ravishda bog‘lash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar:
Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi 1-ilovaga muvofiq;
Tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
Tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni elektron rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Soliq xavfini boshqarish, soliq xavfi mavjud soliq to‘lovchilarni (soliq agentlarini) aniqlash va soliq tekshiruvlarini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida” 2021-yil 7-yanvardagi 1-son qaroriga muvofiq Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogi (keyingi o‘rinlarda — Katalog) bo‘yicha identifikatsiyalash va shtrix kodlari aks ettirilishi bo‘yicha hisobvaraq-faktura shakllariga qo‘shimchalar kiritilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. 2021-yil 1-iyundan boshlab quyidagilarni o‘z ichiga olgan tartiblar:
Yagona elektron shartnomalarning axborot portalida (keyingi o‘rinlarda — Shartnomalar portali) tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni ixtiyoriy ravishda elektron ro‘yxatdan o‘tkazish;
Shartnomalar portalida ro‘yxatdan o‘tgan shartnomalar asosida mahsulotlarning (tovar va xizmatlarning) unifikatsiyalashgan nomlari va identifikatsiyalash kodlarini hisobvaraq-fakturalarda avtomatlashtirilgan tarzda aks ettirish;
tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni elektron hujjat aylanish tizimi operatorlari axborot tizimi orqali shartnoma yoki onlayn oferta asosida rasmiylashtirish tajriba tariqasida joriy etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat soliq qo‘mitasi 2022-yil 1-sentabrga qadar tajriba natijalari bo‘yicha tadbirkorlik subyektlarining takliflarini inobatga olgan holda, ushbu tartiblarni takomillashtirish hamda identifikatsiyalash va shtrix kodlari hisobvaraq-fakturalarda qasddan noto‘g‘ri aks ettirilishi bo‘yicha javobgarlikni kuchaytirish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(4-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.09.2021-y., 09/21/595/0900-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2023-yil 1-yanvardan mahsulotlarni sertifikatlash jarayonida mahsulotlar (tovar va xizmatlarning) identifikatsiya kodini (MXIK) majburiy aks ettirish tartibi joriy etilsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)
5. Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi” davlat unitar korxonasi Katalog va Shartnomalar portalini yuritish operatori etib belgilansin hamda unga zaruratga ko‘ra, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.
6. Davlat soliq qo‘mitasi:
bir oy muddatda Katalogning Davlat soliq qo‘mitasining Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytida joylashtirilishini va ma’lumotlar kelgusida doimiy yangilanib borilishini;
ikki oy muddatda Shartnomalar portalining ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda “Elektron hukumat” tizimining idoralararo integratsion platformasiga ulanishini;
ikki oy muddatda mahsulotlarning shtrix kodlarini ko‘rsatish orqali mahsulotlarning (tovar va xizmatlarning) unifikatsiyalashgan nomlari va identifikatsiyalash kodlarini aniqlash imkonini beruvchi interaktiv xizmat joriy etilishini va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga integratsiya qilinishini;
uch oy muddatda onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimiga mahsulotlarning (tovar va xizmatlarning) unifikatsiyalashgan nomlari va identifikatsiyalash kodlari integratsiya qilinishini ta’minlasin.
Belgilansinki, Katalogni va Shartnomalar portalini tashkil etish va amaliyotga joriy etish O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Moddiy yordam, ijtimoiy himoya, soliq organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi.
7. Davlat soliq qo‘mitasi ikki hafta muddatda Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini yuritish tartibini tasdiqlasin.
2022-yil 1-yanvardan boshlab raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassaga ulangan, shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qish va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) majburiy foydalanishi lozim.
Bunda tadbirkorlik subyektlari 1.01.2023-yilgacha: 
🔹foyda solig‘i;
🔹aylanmadan olinadigan soliq (AOS);
🔹YaTTlar tomonidan to‘lanadigan JShODS 
bo‘yicha hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan summani onlayn-NKM va yuqorida nazarda tutilgan maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, biroq BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda kamaytirishi mumkin (4 x 270 000 = 1 080 000 so‘m).
O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni 40-moddasiga muvofiq, normativ-huquqiy hujjatlar, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Soliq kodeksining 4-moddasi 7-qismiga muvofiq, soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari, agar hujjatlarning o‘zida kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, rasman e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi. 
Shunga muvofiq, PQ-5252-son qarorning 3-bandida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari mazkur normativ-huquqiy hujjat e’lon qilingan kundan, ya’ni 4.10.2021-yildan boshlab kuchga kiradi. 
Yuridik shaxslardan olinadigan soliqlar.
1.  Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i.
2. Qo’shilgan qiymat solig’i
3. Aksiz solig’i.
4.  Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i.
5. Kichik biznes subyektlari uchun yagona Soliq to’lov


  1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i:

Foyda solig’i davlat byudjeti daromad qismining asosiy manbalaridan biri bo’lib hisoblanadi.ushbu soliq 1995 yil yanvar oyidan boshlab, 1992 yildan buyon harakatda bo’lgan daromad solig’i o’rniga joriy qilindi. Foyda solig’i mamlakatimizda tasdiqlangan Soliq kodeksining 23-moddasiga ko’ra umumdavlat soliqlari tarkibiga kiritilgan.

  1. Qo’shilgan qiymat solig’i.


Qo’shilgan qiymat solig’i har bir ishlab chiqarish boskichida yaratilgan qo’shimcha qiymatdan realizasiya jarayonida undiriladigan ko’p kirrali ergi Soliqdir. Ushbu Soliq O’zbekistonda 1992 yilda joriy etildi. Ushbu Soliq Davlat byudjeti daramodlar qismida eng yukori salmoqli o’rinni egallaydigan Soliqlardan biridir.

 3 Aksiz solig’i.
Mamlakatimizda aksiz solig’i 1992 yilda joriy etildi. Aksiz solig’i individual harakterga ega bo’lib, faqat aksiz to’lanadigan tovarlarga nisbatan qo’llaniladi. U bajarilgan ish, ko’rsatilgan xizmatlarga nisbatan qo’llaniladi. Qo’shilgan qiymat solig’i tovarlar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarga nisbatan qo’llaniladi. Demak, faqat aksiz solig’i ayrim tovar va mahsulotlarga nisbatan qo’llaniladi, ya’ni ular bilan chegaralangan.

4.Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig’i.


Yer solig’i o’zining iqtisodiy mohiyatiga ko’ra u renta to’lovidir.
Yer solig’i Mahalliy Soliqlar va yig’imlar tarkibiga kiradi. U Mahalliy byudjetning daromad manbai bo’lib hisoblanadi.

5. Kichik biznes subyektlari uchun yagona soliq to’lovi.


Mamlakat iqtisodiyotining rivojida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari salmog’i kun sayin ortib bormoqda. Masalan, ularning YaIM-dagi ulushi 2009 yilda 49%ni, 2010 yilda 52% ni tashkil qilgan, 2011 yilda 54 % ga yetkazish ko’zda tutilgan. Bu esa iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash bilan birga aholi o’rtasida ishsizlik muammosining bartaraf etilishida ham muhim omil bo’ladi. Shu bois, yurtimizda mazhur sohani yanada rivojlantirish, ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar bilan to’ldirish, yangi ish o’rinlarini yaratish orqali aholi daromadlarini ko’paytirib, xalq farovonligini ta’minlash maqsadida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti va hukumati bu sohaga alohida e’tibor berib kelmoqda.
 O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PF-3620-sonli Farmoniga asosan 2005 yilning 1 iyulidan boshlab, kichik biznes subyektlari uchun yagona Soliq to’lovi joriy etilgan.
1) Yuridik shaxs uchun – jami daromad va xarajatlar oʼrtasidagi farq;
2) Faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident uchun doimiy muassasaning faoliyati bilan bogʼliq boʼlgan jami daromad (shu jumladan bunday doimiy muassasaning faoliyati bilan bogʼliq boʼlgan, O'zbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar) 
va xarajatlar oʼrtasidagi farq;
(Soliq kodeksining 295-moddasi)

Download 131.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling