Bilvosita so'roq gaplar (Indirect questions)


Download 14.3 Kb.
Sana10.01.2023
Hajmi14.3 Kb.
#1086488
Bog'liq
Bilvosita so\'roq gaplar


Bilvosita so'roq gaplar (Indirect questions)

✳️ Ingliz tilida ba'zan ikkita soʻroq gap birlashib, ketma-ket qoʻllanishi mumkin. Bunday vaziyatlarda ikkinchi soʻroq gap darak gap tartibiga (ega+ yordamchi fe'l) oʻtadi.


1️⃣ Do you know? ▫️➕▫️2️⃣ Where is the station? (ikkita soʻroq gap)
🔸Do you know where the station is? (bitta soʻroq gap, ikkinchi soʻroq gap darak gap tartibida (ega+yordamchi fe'l) ifodalangan)

1️⃣ Could you tell me?▫️➕▫️ 2️⃣ When will Ann arrive?(ikkita soʻroq gap)


🔸Could you tell me when Ann will arrive? (bitta soʻroq gap, ikkinchi soʻroq gap darak gap tartibida (ega+yordamchi fe'l) ifodalangan)

⚠️do/does/did yordamchi fe'llari qatnashgan soʻroq gaplarda bunday vaziyatlarda ehtiyot boling. Ikkinchi soʻroq gap darak gap tartibiga oʻtganda uning tarkibidan mazkur yordamchi fe'llar tushib qoladi.


1️⃣ Do you know? ▫️➕▫️ 2️⃣ When does the film begin? (ikkita so'roq gap)
🔸Do you know when the film begins? (bitta soʻroq gap, does yordamchi fe'li tushib qoldirilgan)

▪️Yuqoridagi misollarda ikkinchi so'roq gaplar maxsus so'roq gaplar edi. Agar ikkinchi soʻroq gap umumiy soʻroq gap boʻlsa, bunday vaziyatda if/whether soʻzlari yordamga keladi.


1️⃣Do you know? ▫️➕▫️2️⃣ Did he see you? (ikkita umumiy soʻroq gap)
🔸Do you know if/whether he saw you? (bitta soʻroq gap)

✅Oʻzbek tiliga tarjima qilinganda ikkinchi gap boʻlib qatnashgan soʻroq gaplar murakkab toʻldiruvchi sifatida tarjima qilinadi.


🔸Do you know where the station is? (Siz bekat qayerdaligini bilmaysizmi?)
🔸Do you know if he saw you? (U seni koʻrgan yoki koʻrmaganini bilasanmi?)

✳️ Soʻroq gaplar buyruq yoki boshqa darak gaplardan keyin ham qoʻllanishi mumkin. Bu holatda ham soʻroq gap darak gap tartibida yoziladi.


1️⃣ Tell me. (buyruq gap) ▫️➕▫️2️⃣ Why did she leave early? (maxsus soʻroq gap)
🔸Tell me why she left early.

1️⃣ We don't know. (darak gap) ▫️➕▫️2️⃣ When will she come? ( maxsus soʻroq gap)


🔸We don't know when she will come.

1️⃣I am not sure. (darak gap) ▫️➕▫️2️⃣ Will she be here tomorrow? (umumiy soʻroq gap)


🔸I am not sure if/whether she will be here tomorrow.
Download 14.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling