Bilvosita so'roq gaplar (Indirect questions)
Download 14.3 Kb.
|
Bilvosita so\'roq gaplar
Bilvosita so'roq gaplar (Indirect questions) ✳️ Ingliz tilida ba'zan ikkita soʻroq gap birlashib, ketma-ket qoʻllanishi mumkin. Bunday vaziyatlarda ikkinchi soʻroq gap darak gap tartibiga (ega+ yordamchi fe'l) oʻtadi. 1️⃣ Do you know? ▫️➕▫️2️⃣ Where is the station? (ikkita soʻroq gap) 🔸Do you know where the station is? (bitta soʻroq gap, ikkinchi soʻroq gap darak gap tartibida (ega+yordamchi fe'l) ifodalangan) 1️⃣ Could you tell me?▫️➕▫️ 2️⃣ When will Ann arrive?(ikkita soʻroq gap) 🔸Could you tell me when Ann will arrive? (bitta soʻroq gap, ikkinchi soʻroq gap darak gap tartibida (ega+yordamchi fe'l) ifodalangan) ⚠️do/does/did yordamchi fe'llari qatnashgan soʻroq gaplarda bunday vaziyatlarda ehtiyot boling. Ikkinchi soʻroq gap darak gap tartibiga oʻtganda uning tarkibidan mazkur yordamchi fe'llar tushib qoladi. 1️⃣ Do you know? ▫️➕▫️ 2️⃣ When does the film begin? (ikkita so'roq gap) 🔸Do you know when the film begins? (bitta soʻroq gap, does yordamchi fe'li tushib qoldirilgan) ▪️Yuqoridagi misollarda ikkinchi so'roq gaplar maxsus so'roq gaplar edi. Agar ikkinchi soʻroq gap umumiy soʻroq gap boʻlsa, bunday vaziyatda if/whether soʻzlari yordamga keladi. 1️⃣Do you know? ▫️➕▫️2️⃣ Did he see you? (ikkita umumiy soʻroq gap) 🔸Do you know if/whether he saw you? (bitta soʻroq gap) ✅Oʻzbek tiliga tarjima qilinganda ikkinchi gap boʻlib qatnashgan soʻroq gaplar murakkab toʻldiruvchi sifatida tarjima qilinadi. 🔸Do you know where the station is? (Siz bekat qayerdaligini bilmaysizmi?) 🔸Do you know if he saw you? (U seni koʻrgan yoki koʻrmaganini bilasanmi?) ✳️ Soʻroq gaplar buyruq yoki boshqa darak gaplardan keyin ham qoʻllanishi mumkin. Bu holatda ham soʻroq gap darak gap tartibida yoziladi. 1️⃣ Tell me. (buyruq gap) ▫️➕▫️2️⃣ Why did she leave early? (maxsus soʻroq gap) 🔸Tell me why she left early. 1️⃣ We don't know. (darak gap) ▫️➕▫️2️⃣ When will she come? ( maxsus soʻroq gap) 🔸We don't know when she will come. 1️⃣I am not sure. (darak gap) ▫️➕▫️2️⃣ Will she be here tomorrow? (umumiy soʻroq gap) 🔸I am not sure if/whether she will be here tomorrow. Download 14.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling