LOD
|
Tavsifi
|
Qo‘llanilishi
|
Model va uning elementlarining namunalari
|
LOD 100
|
Model elementi taxminiy o‘lchovlar bilan hajmiy shakllar ko‘rinishda, fazodagi joylashuvi, oriyentatsiyasi yoki 2D- simvollar ko‘rinishidagi element shaklida taqdim qilinadi.
|
Model arxitektura kontseptsiyasini tayyorlash uchun loyihaoldi bosqichida foydalanilishi mumkin (eskiz loyiha sifatida)
|
|
|
LOD 200
|
Model elementi ob’ekt yoki bino tizimining xarakterli qismi ko‘rinishidagi yig‘ma sifatida dastlabki o‘lchamlari, shakli, fazoviy holati, yo‘nalishi va kerakli atribut ma’lumotlari bilan taqdim etiladi.
|
|
|
LOD 300
|
Model elementi aniq o‘lchamlarda, shakli, fazoviy holati, yo‘nalishi, aloqalari va kerakli atribut ma’lumotlari bilan ma’lum qurilish tizimiga tegishli ob’ekt yoki yig‘ma sifatida ifodalanadi.
|
Modeldan loyiha hujjatlarini tayyorlashda foydalanish mumkin
|
|
|
LOD 400
|
Model elementi batafsil o‘lchamlarda, shakli, fazoviy holati, yo‘nalishi, aniq havolalari, ishlab chiqarish va o‘rnatish ma’lumotlari, shuningdek boshqa kerakli atribut ma’lumotlari bilan aniq yig‘ilish shaklida taqdim etiladi.
|
Modeldan ishchi hujjatlarni tayyorlash jarayonida foydalanish mumkin
|
|
|
LOD 500
|
Model elementi konkret yig‘ma sifatida yetarli bo‘lgan haqiqiy o‘lchamlari, shakli, fazoviy holati, yo‘nalishi va atribut ma’lumotlari bilan o‘ziga xos yig‘ma sifatida taqdim etiladi.
|
Model "bajarilgandek" elektron ijro hujjatlari asosida yaratiladi va ekspluatatsiya bosqichda ishlatilishi mumkin
|
|
|
BIM jarayoni
Binoning hayotiy siklining barcha bosqichlarida (BIM jarayoni) binoning raqamli informatsion nusxasini yaratish jarayoni qurilish sohasi ishtirokchilari tomonidan bajariladigan vazifalar to‘plamini o‘z ichiga oladi.
BIM jarayonini shakllantiruvchi kapital ob’ektni qurishda ishtirokchilar:
• Buyurtmachi (Buyurtmachi Xizmati, Texnik Buyurtmachi);
• Loyihachi (Bosh loyihalash tashkiloti va sub-loyiha tashkilotlari);
• Pudratchi (Bosh pudratchi va subpudratchilar);
• Ekspluatatsiya qilish xizmati.
Qurilishning har bir ishtirokchisi, loyihadagi vazifalarini hisobga olgan holda, BIM jarayoniga jalb qilinadi. Tabiiyki, barcha ishtirokchilar o‘z funktsiyalarini bajarishlari uchun o‘zlarining BIM texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislariga ega bo‘lishlari kerak.
Bundan tashqari, BIM jarayonining so‘nggi bosqichida qatnashadigan shahar tuzilmalari tomonidan ham u amalga oshiriladi. Chunki shaharning strategik shaharsozlik vazifasi - shahar BIM modelini (BIM-CITY) shakllantirishdir.
Binoning hayotiy sikli bosqichlari bo‘yicha BIM jarayonining asosiy vazifalari:
Do'stlaringiz bilan baham: |