Bimetallizm Vikipediya
Download 56.38 Kb. Pdf ko'rish
|
Bimetallizm - Vikipediya
Foydalanish shartlari • Soʻnggi tahrir 6 yillar avval Ximik199 … ALOQADOR SAHIFALAR Vikipediya Matndan CC BY-SA 3.0 litsenziyasi boʻyicha foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan boʻlsa). Maxfiylik siyosati • Desktop … Qidirish Bimetallizm … … … Bimetallizm — qiymat oʻlchovi (qonunlashtirilgan umumiy ekvivalent) vazifasini 2 nodir metall — oltin va kumush bajaradigan pul tizimi hamda shu ikki metalldan zarb qilingan tangalarning mamlakatda muomalada yurishi. B. 16 — 19-asrlarda Gʻarbiy Yevropada keng tarqalgan edi. B.ning 2 shakli mavjud boʻlgan. Bular: 1) oltin tangalar bilan kumush tangalarning bir-biriga nisbati bozor qiymatiga qarab stixiyali ravishda belgilanadigan parallel valyuta. tizimi; 2) ikki metall qiymatlari oʻrtasidagi nisbat davlat tomonidan belgilanadigan qoʻsh valyuta tizimi. B. sharoitida qogʻoz pullar emissiya muassasalari xohishi bilan yo oltinga, yoki kumushga maydalangan, shuning uchun mamlakatning valyuta zaxirasi 2 metalldan iborat boʻlgan. Qoʻqon, Buxoro va Xiva xonliklaridagi pul tizimi B.dan ham murakkabroq boʻlib, muomalada 2 emas, balki 3 metall: oltin ("tilla"), kumush ("tanga") va mis ("pul") yurgan. Ularning qiymatlari oʻrtasidagi nisbat iktisodiy va siyosiy sabablar tufayli doimo oʻzgarib turgan. Bu esa tovar-pul munosabatlarini juda qiyinlashtirgan. Zotan B. ham, muomalada 3 metall yurishi ham pulning umumiy yagona muqobil sifatidagi tabiatiga zid edi. Taraqqiy etgan mamlakatlar 19-asr oxirlariga kelib monometallizm (oltin)ga asoslangan pul tizimiga birinketin oʻtdilar. 20- asrning 60- yillar oxiridan qogʻoz pullarning oltin ta’minoti bekor qilinishi bilan monometallizm ham oʻz ahamiyatini yoʻqotdi. Adabiyotlar Valyuta Buxoro pul tizimi Monometallizm 26.11.21, 09:50 Стр. 1 из 1 Download 56.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling