Bino perspektivasini qurish va perspektivada soyalar yasash


Download 64.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana02.05.2023
Hajmi64.36 Kb.
#1421567
1   2   3   4
Bog'liq
3379-Article Text-6709-1-10-20220526

BKAKC kesma esa AB kesmaning perspetivadagi soyasidir. 
2a-rasm. 
2b-rasmda yorug‘lik manbai 
S, konus sirti va vertikal vaziyatdagi ABCE to‘g‘ri to‘rtburchak (tekislik) 
berilgan. 
ABCE ning soyasi xuddi bundan oldingi misoldagi AB kesmaning soyasini 
aniqlaganimizdek yasaladi. Konus sirti ham narsa tekisligiga va ABCE to‘g‘ri 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
314


to‘rtburchakka soya tashlaydi. Buning uchun S1 ni konus uchi T ning narsa 
tekisligidagi T1 proyeksiyasi bilan S ni esa T uchi bilan birlashtirib TC soya 
aniqlanadi. TC nuqtadan konus asosiga urinma o‘tkazilib uning H dagi soyasi hosil 
qilinadi. 1TC va TC2 chiziqlar AE ni 3 va 4 nuqtalarda kesadi hamda shu еrda 
konusning еrdagi soyasi sinadi. Konusning ABCE tekislikdagi soyasini yasash 
uchun T konus uchining vertikal tekislikdagi T

C soyasi aniqlanadi. 3 va 4 nuqtalar 
T

C bilan birlashtirilib konusning AVCE dagi soyasi hosil qilinadi. Konusning 
shaxsiy soyasi 1T va T2 chiziqlar bilan chegaralanadi. 
3-rasm. 
Tabiiy (parallel) yoritish manbai. Tabiiy yoritish manbai sifatida bizdan juda 
uzoqda (shartli-cheksiz uzoqlikda) joylashgan Quyosh va Oy qabul qilingan. Ulardan 
taralayotgan yorug‘lik nurlari o‘zaro parallel deb hisoblanadi va bunday yoritishga 
parallel yoritish deyiladi. Parallel yoritishda yorug‘lik nurlari buyum sirtiga urinib 
prizma yoki silindr sirtini hosil qiladi. Quyoshning perspektivasini S va uning asosi 
perspektivasini S1 deb qabul qilaylik. Quyosh perspektivasi S gorizont chizig‘idan 
yuqorida yoki pastda va uning asosi S1 perspektivasi hamma vaqt gorizont 
chizig‘ida joylashadi. Faqat Quyosh chiqayotganda va botayotganda S va S1 lar 
gorizont chizig‘ida ustma-ust bo‘lib qoladi. 
4a-rasmda perspektivaning geometrik apparati, S yorug‘lik yo‘nalishi va 
narsa tekisligiga perpendikulyar o‘rnatilgan AB kesma berilgan. A nuqtaning narsa 
tekisligidagi soyasini yasash uchun AB kesma orqali nurlar tekisligi o‘tkazib, 
uning narsa tekisligi bilan kesishgan chizig‘i yasaladi. Bu chiziq B nuqtadan o‘tib, 
S yorug‘lik manbaining H dagi S1 asosi tomon yo‘nalgan bo‘ladi. Bu еrda S1 
yorug‘lik nuri yo‘nalishi ning dagi proyeksiyasi hisoblanadi. Endi nuqta orqali 
yorug‘lik yo‘nalishiga parallel bo‘lgan to‘g‘ri chiziq o‘tkaziladi va uning nuqtadan 
o‘tgan tekisliklar (yorug‘lik tekisligi va narsa tekisligi)ning kesishish chizig‘i bilan 
uchrashuv nuqtasi AC belgilanadi. AC nuqta A nuqtaning narsa tekisligidagi soyasi 
BAC kesma esa AB kesmaning soyasi bo‘ladi. Quyoshning kartinadagi perspektivasini 
hosil qilish uchun ko‘rish nuqtasi O dan S yorug‘lik yo‘nalishiga va uning narsalar 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
315


tekisligidagi S1 proyeksiyasiga parallel to‘g‘ri chiziqlar o‘tkaziladi. Bu chiziqlar 
kartina tekisligi bilan kesishib va S1 nuqtalarni beradi. 
4-rasm 
Kartinadagi S nuqta yorug‘lik nuri yo‘nalishini, S1 nuqta uning narsalar 
tekisligidagi proyeksiyasini tushish nuqtalari hisoblanadi. Ko‘rish nuqtasi O orqali AB 
kesmaning 
perspektivasi 
AKBK 
yasaladi. 
AKBK 
kesma 
soyasining 
perspektivasini yasash uchun S nuqtadan AK orqali S1 nuqtadan BK orqali to‘g‘ri 
chiziqlar o‘tkazib, ularning kesishish nuqtasi AKC topiladi. AKC - A nuqta 
soyasining perspektivasi, BKAKC kesma esa AB kesma soyasining perspektivasi 
bo‘ladi. 4b-rasmda AB kesma soyasini kartina tekisligining o‘zida yasash 
ko‘rsatilgan. Bu yеrda S nuqta AK bilan S1 nuqta BK bilan birlashtirilgan va ularning 
kesishgan AKC nuqtasi aniqlangan. BKAKC kesma AKBK kesmaning soyasi bo‘ladi. 
Arxitektura inshootlarini loyihalashda tabiiy yoritish manbai (quyosh) dan 
tushayotgan nurlar va ulardan hosil bo‘ladigan soyalar e'tiborga olinadi. 
Kuzatuvchining quyoshga yoki quyoshni kuzatuvchiga nisbatan egallagan vaziyati 
har xil bo‘lishi mumkin. Quyida kuzatuvchiga nisbatan quyoshning harakterli 
vaziyatlari keltirilgan . 
1. Quyosh oldin (narsalar fazosi)da, chapda joylashgan. 
2. Quyosh oldin (narsalar fazosi)da, o‘ngda joylashgan. 
3. Quyosh orqa (mavhum fazo)da o‘ngda joylashgan. 
4. Quyosh orqa (mavhum fazo)da chapda joylashgan. 
5. Quyosh chapda, yorug‘lik nuri kartinaga parallel vaziyatda bo‘ladi. Yorug‘lik 
yo‘nalishining tushish nuqtasi bo‘lmaydi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
316


6. Quyosh o‘ngda, yorug‘lik nuri kartinaga parallel vaziyatda bo‘ladi. 
7. Quyoshning o‘ngda ko‘tarilish yoki botish payti. Bunda buyumning 
tushuvchi soyasi uzunligini aniqlab bo‘lmaydi. 
8. Quyoshning chapda ko‘tarilish yoki botish payti. Bunda ham buyumning 
tushuvchi soyasi uzunligini aniqlab bo‘lmaydi. Biroq buyum soyasi ortida uni 
to‘sib turuvchi biror tekislik yoki sirt joylashgan bo‘lsa uning tushuvchi soyasini 
aniqlash mumkin bo‘ladi. 
Narsalar tekisligiga perpendikulyar bo‘lgan barcha to‘g‘ri chiziqlarning 
tushuvchi soyasi yorug‘lik nuri yo‘nalishining narsalar tekisligidagi proyeksiyasi 
perspektivasining tushish nuqtasi S1 tomon yo‘nalgan bo‘ladi. Har qanday 
gorizontal to‘g‘ri chiziqning tushuvchi soyasining tushish nuqtasi gorizont 
chizig‘ida bo‘ladi. 
5-rasm. 
Ikkita parallelepedning shaxsiy va tushuvchi soyalari perspektivasini 
aniqlash ko‘rsatilgan. Bu yеrda quyosh mavhum fazoda, orqada chapda joylashgan. 
Vertikal to‘g‘ri chiziqlarning tushuvchi soyasi S1 nuqta tomonga, gorizontal to‘g‘ri 
chiziqlarning tushuvchi soyasi esa mos ravishda F1 va F2 larga yo‘nalgan bo‘ladi. 
AB kesmaning soyasini aniqlash uchun A nuqta S bilan B nuqta S1 bilan birlashtiriladi 
va AC nuqta aniqlanadi. AL kesma gorizontal chiziq bo‘lganligi uchun uning soyasi 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
317


F2 ga yo‘naladi va L nuqta S bilan birlashtiriladi. SL va ACF lar o‘zaro kesishib L 
nuqtaning soyasi Lc ni beradi. Parallelepipedning L nuqtasidan o‘tuvchi bizga 
ko‘rinmayotgan gorizontal qirrasining soyasi F1 tomon yo‘nalgan bo‘ladi. 
6-rasm 
Endi 12345678 kabi nuqtalar bilan chegaralangan va 1238 yog’i ABXE tekislikda 
yotgan kichik parallelepipedning tushuvchi sohasini aniqlaymiz. Buning uchun kichik 
parallelepipedning narsalar tekisligidagi proyeksiyasi hosil qilinadi. 41, 51, 61 
nuqtalar S1 bilan birlashtirilib, ularning BC chiziqni kesib o‘tgan 5

C, 4

C va 6

C 
nuqtalari aniqlanadi. Bu nuqtalardan vertikal bog‘lovchi chiziqlar o‘tkaziladi. 4, 5 
va 6 nuqtalarS bilan birlashtiriladi va ularning o‘tkazilgan vertikal chiziqlar bilan 
mos ravishda kesishgan 4C, 5C va 6C nuqtalari belgilanadi. 1 4C 5C 6C 3 tekis 
ko‘pburchak kichik parallelepipedning ABCE vertikal tekislikdagi tushgan soyasi 
hisoblanadi. Katta parallelepipedning ABLN, kichik parallellepipedning 1254 va 
2365 yoqlari ularning shaxsiy soyalari bo‘ladi. Loyihalanayotgan binoning soyasini 
yasashda uning haqiqatga yaqinligini ta'minlash uchun quyoshning o‘rnini, ya'ni 
Quyosh asosi S1 ni va quyoshning perspektivasi S ni to‘g‘ri tanlash kerak. S1 nuqta 
gorizont chizig‘ining hoxlagan nuqtasida olinishi mumkin. SS1 kesmaning uzunligi 
esa quyosh nuri bilan yеr orasidagi burchakka bog‘liq. Shu sababli uning o‘lchami 
ixtiyoriy emas, balki tabiatdagi haqiqiy ko‘rinishiga yaqin darajada olinsa maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Arxitektura binoning perspektivasi va SS1 yorug‘lik yo‘nalishi 
berilgan. Bu bino arxitektorlar usulida perspektivasi yasalgan 6-rasmdagi obyektning 
ikki marta kattalashtirilgan perspektiv tasviridir. Obyektning shaxsiy va tushuvchi 
soyalari quyida keltirilgan bosqichlar orqali aniqlanadi. 
1. Binoning perspektivasi to‘liq quriladi va yorug‘lik yo‘nalishi (S,S1) 
belgilanadi. Yorug‘lik yo‘nalishi orqali binoga urinma tekisliklar o‘tkazilib, 
obyektning yoritilgan va yoritilmagan (shaxsiy soya) qismlari aniqlanadi. 
Obyektning ana shu yoritilgan va yoritilmagan qismlarini ajratib turgan o‘z soyasi 
konturining narsalar tekisligi hamda unga parallel bo‘lgan obyektdagi gorizontal 
tekisliklardagi ortogonal proyeksiya (o‘rni)lari belgilab olinadi. 
2. Obyektning soya tashlovchi qirralarini narsalar tekisligidagi proyeksiyalari 
perspektivasi 1

, 5

, A

, N

, M


Download 64.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling