Bino va inshootlar qurilishi kafedrasi
Download 486 Kb.
|
sanoat-услубий курсатма
Zonalarga bo’linish shart sharoitlarini yaxshilash uchun qo’yidagi talablar bajarilishi kerak:
Yuqori yong’in havfi bor ishlab chiqarish binolarini korxona maydonining shamolga teskari tomonga joylashtirish; Texnologik jarayoni yaqin bo’lgan tsexlarni birlashtirish; Omborxonalar, tayyorlov tsexlarini temir yo’liga yaqin joylashtirish; Yordamchi tsexlarni asosiy tsexlar yoniga qurish; Energetika guruhiga kiruvchi tsexlarni (TETS, yoqilg’i ombori, kompressorlar va h.k.) temir yo’llarga yaqin bo’lgan tayyorlov tsexlari yoniga joylashtirish; Xizmat ko’rsatish binolari guruhi (oshxona, poliklinika, KXK, MMK va h.k.) korxonaga kiriladigan va korxona oldi maydoniga joylashtirish kerak. Korxona maydonini rejalashtirish va qurish, ketma-ket bo’lib, ular texnologik jarayon, asosiy binolar qavati va ularning o’lchamlariga bog’liq bo’ladi. Eng ko’p tarqalgani panel shaklida loyihalash, qurish, yahni ishlab chiqarish binolari to’g’ri to’rtburchak shaklida korxona maydoniga joylashgan bo’lib, ko’chalar, kirish – o’tish joylari ham shu shaklda bo’ladi. Har bir binoga kirish uchun yo’laklar (kamida 2 ta ) va yordamchi binolarga o’tish joylari qo’yiladi. Agar harakat ikkala tomonga bo’lsa yo’lak eni kamida 5 m, bir tomonga bo’lsa 3,5 m olinadi. Ularni burilish radiusi- 10 m, trotuar (kichik yo’laklar) kamida 2,25 (0,75 oshib boradi) bo’ladi. Korxonalarda ko’p odam ishlasa kirish joylarigacha yo’llardan ham foydalansa bo’ladi. Korxona bosh rejasida yong’inga qarshi suv havzalari, dam olish joylari, sport maydonchalari, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish tadbirlari ko’rsatilishi kerak. Korxona oldi zonalariga kirish shahar magistrali orqali bo’lishini hisobga oladigan bo’lsak, u holda ishchi xizmatchilarning mashinalari turadigan joylar (3-4 ta mashina) bo’lishi kerak. Bosh rejada shamol yo’nalishi, yorug’lik orientatsiyasi va texnik iqtisodiy ko’rsatgichi ko’rsatilishi kerak bo’ladi. (Rasm-9) Rasm-9.SHamol yo’nalishini aniqlash Download 486 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling