Bino va inshootlar qurilishi
Belgilangan loyixa buyicha suvoq yuzasini hisoblash
Download 294.16 Kb.
|
Suvoq ishlari kurs loyihasi uchun namuna
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suvoq ishlarini tarkibi quyidagicha olinadi
- Suvoqchilik ishlarida qo’llaniladigan mashinalar.
- Tayyorgarlik ishlari.
1. Belgilangan loyixa buyicha suvoq yuzasini hisoblash.Misol tariqasida quyidagilar berilgan: Loyixada berilgan binoning xar bir xonasini geometrik nuqtai nazardan yuzasini quyidagi formula yordamida hisoblanadi.Bino uzunligi L=23.20m, V=8.80m, xona balandligi h=2.5m. Binoning devor yuzalarini xisoblashda quyidagi formuladan foydalaniladi. usul. 4-xona devor yuzasini bir tomonini xisoblash; S=A x h=3.6x2.5=9 m2 bu yerda: A-xona uzunligi, h- xona balandligi. Xona devoring bir tomoni xisoblab chiqildi. SHu usul bilan xona devorlaring qolgan tomonlari xam xisoblab chiqiladi. Xisoblanayotgan devor yuzasida eshik va deraza romi mavjud bo’lsa, devor yuzasidan eshik va deraza yuzalari ayrib tashlanadi. 2-usul. 4-xona devor peremetri buyicha xisoblash. S=(A+V)×2× h=7.4+×2×2.5=37m2 bu yerda: A-xona uzunligi, V-xona eni, 2-bir xil uzunlikdagi xona devori, h- xona balandligi. Bu yerda 4-xona tuliq xisoblanib chiqildi. Xona ichida joylashgan eshik va deraza rom yuzalari ayrib tashlanadi. Deraza romi; A x h=1,5×1,5=2,25 m2×1 ta rom=2.25m2 Eshik; A x h=2,10×1,2=2,52m2Jami; 2,52+8,1=10,62m2 Demak xona yuzasidan eshik va deraza romlarni ayrib tashlaymiz. bu yerda: A-xona uzunligi, V-xona eni, 2 ta bir xil uzunlikdagi xona devori, h- xona balandligi. Bu yerda 4-xona tuliq xisoblanib chiqildi. Xona ichida joylashgan eshik va deraza rom yuzalari ayrib tashlanadi. Deraza romi; A x h=1.5×1,5=2,25 m2×1 ta rom=2,25m2 Eshik; A x h=2,10×1,2=2,52m2Jami; 2,52x2=5.04m2 Demak xona yuzasidan eshik va deraza romlarni ayrib tashlaymiz. 37-7.29=29.71 m2 SHu usul bilan qolgan xonalar xam xisoblab chiqiladi. Binoning fasad yuzasini xisoblashda, bino peremetri uzunligiga fasad balandligi kupaytiriladi. Fasad balandligi yer ustidan bino karnizigacha xisoblanadi. Xisoblangan yuzadan eshik va deraza romlari ayrib tashlanadi. Eshik va deraza rom qiyaliklarini (otkos) suvash jarayonida kup mexnat talab qilgani uchun ularni aloxida xisoblab chiqiladi. Agar deraza romi ostida derazaband (podokonnik) bulsa xisobga olinmaydi, qolgan uch tomoni xisoblanadi. Masalan; Deraza rom balandligih-1,5 metr bulsa deraza eni L-1,5 metr bulsa, rom perimetrini xisoblaymiz. 1,5+1,5+1,5+=4.5 metr uzunlik kelib chiqadi. Olingan natijani qiyalik eniga 0,2 metrga kupaytiriladi. Qiyalik eni devor qalinligidan rom qalinligini ayrib ikkiga bulinadi. 4.5×0,2=0.9 m2xosil buladi. Xosil bulgan yuza bir deraza romni ichki qiyaligini keltirib chiqaradi. Tashqi deraza rom qiyalikni xam xisoblash shu usulda bajariladi. Eshik qiyaliklari deraza rom qiyaliklari bilan bir xil usulda xisoblanadi. Xisoblashni 1-jadval usulida bajaramiz. Suvoq yuzasini xisoblash jadvali 1-jadval
berish; Suvoq ishlarini tarkibi quyidagicha olinadi:Avtosamosvaldan qorishmani qabul qilib olish. Qorishmani qorishma haydagich mashinasi yordamida ish joyiga uzatib Devorlarga mexanizm yordamida purkama qatlam hosil qilish; Ustki qoplama qatlamni hosil qilish; Devor qiyaliklarini suvash; Suvoqchilik ishlarini boshqa qurilish ishlaridan farqi shundaki, u mehanizatsiya yordamida bajarilishi bilan birga ko’p jarayonlar qo’lda bajariladi. Bu juda murakkab kompleks jarayondir. Suvoqchilik ishlari tayorgarlik ishlari va yakunlovchi jarayondan iborat, shuningdek sifatni tekshirish ishlarini o’z ichiga oladi. Vazifasiga qarab shuvoq ishlari oddiy, dekorativ va maxsus suvoqqa bo’linadi. Oddiy suvoqlar bino fasadi, devorlarni va devor qiyaliklarini suvashda ishlatilib keyin bo’yoq bilan bo’yaladi.Dekorativ suvoq esa keyinchalik bo’yash talab etmaydi. Oddiy suvoqlar o’z navbatida 3 turga bo’linadi:oddiy, sifatli va yuqori sifatli turlari bor. Oddiy suvoqlar ombor, bino yerto’lalarida suvashda qo’llaniladi. Sifatli suvoq esa jamoat turar joy va shuningdek sanoat binolarini suvashda, yuqori sifatli suvoq esa poezd, avtobus va tayyora bekatlari va vokzallar, teatr binolari va shunga o’xshagan binolarda qo’laniladi. Suvoqchilik ishlarida qo’llaniladigan mashinalar.Qorishma tayyorlovchi mashinalar sig’imi 80 dan 325 litrgacha va ularni ish unumi 1,2 dan 0,5 m3/soatgacha. bulib, markalari C0- 23B, C0-46A, C0- 26B va C026-A sifatida qabul qilingan. Bu mashinalarni barchasi elektr manbaidan foydalanib yuradi. Bu mashinalar sudrab olib yuruvchi mashinalardir. Qorishmalarni ish joyiga uzatib berish uchun 1,5 MPA bosimida ishlaydigan soatiga 2- 6m3 qorishma haydab beruvchi nasoslar ishlatiladi.Ular gorizontal bo’yicha 50-100 m va vertikal bo’yicha 15-20 m masofagacha qorishmani uzatib beradi. Ularni C048A; C048B markalari qurilishda kuproq qullaniladi. Bularga qaraganda kuchlirog’lari S050A va C050B markalari bulib, qorishmani 200-250m gorizontal va 40-50m vertikalga uzatib beradi. Tayyorgarlik ishlari.Suvaladigan yuzalar kir, chang, moy va bitum bo’yog’idan tozalaniladi.Tayorgarlik ishlari boshlangunga qadar tom ishlari tugagan, agar bino kup qavatli bo’lsa kamida 3 qavat yopma yopilgandan so’ng suvoq ishlarini boshlash mumkin. Suvoq qatlamini yuzaga yopishishni ta’milash uchun yuza yetarli darajada g’adir - budur bo’lishi kerak. Agar yuza silliq bo’lsa uni mahsus bolg’a bilan yoki elektr bolg’a bilan urib o’yiqlar hosil qilinadi. Bunday o’yiqlar hosil qiluvchi bolg’a markasi IP – 4112; IE – 4207 yoki mahsus qum purkagich yordamida o’yiq hosil qilinadi. Ishni hajmi oz bo’lganda bu ishlarni bolg’a yordamida bajarish ham mumkin. Yuzasi o’ta tekis chiqishi uchun gipsli yoki gips qumli nishonlar (mayaklar) o’rnatiladi, yoki hosil qilinadi. Buning uchun devor ustki burchagiga 20 smyuqoridan pastga va burchakdan 20 sm uzoqlatib mix qoqib olinadi, mixning qolgan yuzasi suvoq yuzasini berishi zarur. Bunday ikkinchi nishonni poldan 20 sm yuqoriga ham o’rnatiladi, uni yuzasini aniqlash yuqoriga o’rnatilgan nishondan shovun yordamida yuzasi aniqlanadi. SHu tariqa qolgan burchaklarga va chok chiqarish (otkos) shuningdek burchaklarni tekislab ketadi. Qorishmani yuzaga sochishda 4 razryadli suvoqli rezina kovushdan kelayotgan qorishma devordan 100 – 150 sm uzoqdan devorga nisbatan 60° da ushlab turib sochadi. Tekislash gazcho’p yordamida bajariladi. 2 chi razryadli ishchi 4 chi razryadli ishini erkin va tekis berishini ta’minlaydi. (Harakat yo’lini ochib berishi, rezina quvurini bukilib qolishidan saqlash va hokazo). Pardozlash ishini bajaruvchi zveno ikkita kichik zvenoga bo’linadi. 1 – kichik zveno 5–razryadli suvoqchi va ikkita 4 – razryadli suvoqchi mehanizmlarni ishlashiga tayyorlaydi. 5– razryadli ishchi udochka bilan qorishmani aylanma harakat qilib yuqoridan pastga sochib chiqadi. 4– razryadli ishchi purkalgan qorishmani andava bilan tekislab chiqadi va oqib tushgan qorishmani yedirib chiqadi. Ishda tehnologik tanaffus bo’lganda ular ikkinchi kichik zvenoga pardozlash ishida yordam berib chiqadi. Uchinchi zveno esa shiftlarni pardozlaydi. Download 294.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling