Bino va inshootlarni barpo etish tehnologiyasi


Ishlarni bajarish loyihasi (IBL)


Download 1.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/48
Sana18.06.2023
Hajmi1.92 Mb.
#1582967
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Bog'liq
BIBET maruza matni 1- qism 2021

Ishlarni bajarish loyihasi (IBL). Obhektni jami ishlar majmuasiga va tayyrlov 
davridagi ishlariga ishlarni bajarish loyihasini QTEL asosida bosh pudratchi tashkilot 
ishlab chiqadi. Alohida murakkab yki birinchi marta tadbiq etilaytgan ishlarga IBLni 
maxsus montaj yki loyiha tashkilotlari ishlab chiqadi. 
Ishlarni bajarish loyihasi obhekt qurilishini rejalashtirilgan muddati, hajmi va 
ayrim ishlar murakkabligiga qarab qurilish tashkilotining qarori asosida ishlab 
chiqilishi mumkin: 
• 
butun bino va inshoot qurilishiga; 
• 
binoni ayrim qismini barpo etishga, yahni yer osti yki y e r usti qismi, 
sektsiya, oraliq, qavat, yarus; 
• 
texnik jihatdan murakkab ayrim qurilish ishlarini bajarish uchun; 
• 
tayyrlov davri ishlari uchun. 
Zamonaviy konstruktsiyalar, montajning yki bino va inshootlarning monolit 
konstruktsiyalarini barpo etishdagi o’ziga xosligi, barpo etishda qo’llaniladigan 
nooddiy usullar, qurilishni tashkil etish, mexanizatsiyalashtirish va texnologiyasida 
maxsus muhandislik yechimlarini qabul qilinishini taqoza qiladi. Montaj ishlarini 
bajarish uchun kerakli asosiy tashkiliy- texnologik yechimlar IBL tarkibida bo’lib, u 
qo’yidagilar uchun ishlab chiqiladi. 
• 
qurilish-montaj ishlarining eng samarali bajarish usulini aniqlash uchun; 
• 
barcha xarajat turlarini kamaytirish uchun; 
• 
qurilish muddatini qisqartirish uchun; 
• 
mexanizatsiya vositalaridan to’liq foydalanish uchun; 
• 
ishlarni bajarish xavfsizligini tahminlash uchun. 
Bino va inshoot qurilishi uchun ishlab chiqiladigan ishlarni bajarish loyihasi 
ishlarni bajaruvchi buyurtmachi sifatidagi qurilish yki montaj tashkilotining topshirig’i 
asosida ishlab chiqiladi. 
IBLni ishlab chiqish uchun boshlang’ich mahlumotlar quyidagilardir: 
• 
buyurtmachidan IBLni ishlab chiqish uchun topshiriq; 
• 
obhekt qurilishi uchun oldin ishlab chiqilgan QTEL; 
• 
kerakli zaruriy loyiha hujjatlari−ishchi chizmalar, hisoblar; 
• 
qurilishni o’ziga xosligini ehtiborga oluvchi omillar − konstruktsiya, material va 
detallarni yetkazib berish shart-sharoitlari, qurilish mashinalari va transport 
vositalarining mavjudligi, ishchi kadrlar bilan tahminlanganligi; 
• 
o’xshash bino va inshootlarning qurilishiga doir hujjatlar va hisoblar. 
Topshiriqda hujjatlarni tayyrlash muddati ko’rsatilgan bo’lishi kerak, 
shuningdek, IBLni ma’qul loyihalash uchun ishlarni bajarish grafigi va smetasi
metallkonstruktsiyalar to’plamining ishchi chizmalari, yig’ma-temirbeton chizmalari, 
montaj tugunlarining chizmalari va ro’yxati, montaj konstruktsiyalarining kelishilgan 
yetkazish muddatlari. 

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling