Bino va inshootlarni yer usti qismini barpo etishdagi geodezik ishlar
Download 49.07 Kb.
|
14-MAVZU
13 – ma’ruza BINO VA INSHOOTLARNI YER USTI QISMINI BARPO ETISHDAGI GEODEZIK ISHLAR. (KONSTRUKSIYALARNI TIK O‘RNATISH VA TEKSHIRISH USULLARI.) reja:
2.Qiya nur bilan tik proeksiyalashusuli 3.YOlanma nivelirlash ,optikaviy tiklash usuli 4. Ijroyaviy plan olishlar. Qurilish konstruksiyalarni va texnologik jixozlar o‘qlarini tik xolatda o‘rnatish, talab qilingan aniqlikka boqliq ravishda turli xil usullarda amalga oshiriladi. Ipli shovun yordamida, teodolit bilan qiya proeksiyalash yordamida, yonlama nivelirlash usulida, zenit-asbobini optikaviy tiklash usullari shular jumlasidandir. Ipli shovunni qo‘llash. Qurilish konstruksiyalarini tik xolatda o‘rnatishning eng sodda usuli ipli shovun yordamida amalga oshiriladi. Bu usulga ta’sir qiluvchi xatolar manbaalaridan asosiysi bo‘lgan ipning tebranishini kamaytirish uchun oqir shovun qo‘llaniladi. SHovun ipi kostruksiyaning yuqori qismiga o‘rnatilgan, katta bo‘lmagan,10-15 sm uzunlikagi moslamaga osiladi va lineyka yordamida ustun chekkasidan ipgacha bo‘lgan masofalar yuqori va poydevor qismida o‘lchanadi. O‘lchangan masofalar farqiga binoan ustun yotiqligining chiziqli qiymati aniqlanadi. SHovun tik o‘rnatishning aniqligi balandlikning 1/1000 qiymatini tashkil etadi. Bu usul kostruksiyaarni dastlabki montaj jarayonida qo‘llaniladi. Qiya nur bilan tik proeksiyalash usuli. Ko‘p xollarda konstruksiyalar o‘qlarini tik o‘rnatish va tekshirish teodolit yordamida bajariladi. Asbob kostruksiyadan ma’lum masofada o‘rnatiladi (uning balandligidan kichik bo‘lmagan) va gorizontal xolatga keltiriladi. Vizir o‘qi konstruksiyaning pastki o‘qlar belgisiga qaratiladi va qarash trubasini ko‘tarib borib kostruksiyaning yuqori qismida nuqta belgilanadi. SHunga o‘xshash proeksiyalash teodolitning boshqa doirasida ham amalga oshiriladiva ikki nuqtaning o‘rtachasi belgilanadi. Bu nuqta bilan konstruksiya o‘qi orasidagi masofa kostruksiyani qanchaga tiklash kerakligini ko‘rsatadi. O‘qlarni tikigini tekshirish esa yuqoridagiga teskari ravishda, ya’ni yuqorigi o‘q nuqtasi poydevorga proeksiyalanadi. Proeksiyalangan nuqtaning loyihaviy o‘qdan chetlashish qiymati l konstruksiya yotiqligining chiziqli qiymatini xarakterlaydi (11-rasm). Nishablikning burchak qiymati quyidagicha xisoblanadi (21.1) Bu usulning asosiy xatolar manbalari quyidagilardan iborat: 1) vizirlash xatosining ta’siri(m0) 2) teodolitni stvordan tashqariga o‘rnatish(mv) 3) svordan tashqariga o‘rnatish(mL) 4) konstruksiya o‘qlarini belgilash(m) 5) refraksiya ta’siri(mr) Teodolit aylanish o‘qining oqishi ko‘proq ta’sir etuvchi xatolar manbai xisoblanib, doiraning ikkita xolatida vizirlash ham bartaraf etib bo‘lmaydi. Uning chiziqli qiymati quyidagi ifoda orqali xisoblash mumkin m0= (21.2)
ya’ni, bu xolatda T2 teodolitini qo‘llash kerak. Vizirlash xatoligi mv yoki chiziqli qiymati mv bu erda - qarash trubasining kattalashtirish darajasi.
m2 . YOnlama nivelirlash usuli. Qurilish konstruksiyalarini tikligini tekshirishda yonlama nivelirlash usuli xam ko‘p qo‘llaniladi. Tekshirilayotgan ustunlar qatori o‘qidan l masofada, unga parallel ravishda o‘q o‘tkaziladi va boshlanqich va oxirgi nuqtalari joyda maxkamlanadi. Bu nuqtalarga teodolit va vizirlash markasi o‘rnatiladi va markazlashtiriladi. Teodolit markaga qaratiladi va qarash trubasi pastga va yuqoriga xarakatlantirilishi bilan ustunga perpendikulyar qo‘yilgan (pastki va ustki nuqtalarga) reykalardan sanoq olinadi.
l=vP – vyu , (21.3) Ustuning planli o‘rnatish aniqligini esa quyidagi ifoda yordamida xisoblash mumkin Q=l - vP (21.4) YOnlama nivelirlash usulining asosiy xatoliklari quyidagilar xisoblanadi: 1) parallel stvorni tuzish xatoligi (ml);
Asbobni gorizontal o‘rnatilmagandagi xatolikning ta’sirini sanoqqa ta’sirini quyidagi ifoda orqali xisoblash mumkin bu erda h – konstruksiya balandligi h=20 m, =15 bo‘lsa, mG=0,7 mm bo‘ladi. Reykaning nishablik xatosi quyidagicha xisoblanadi (21.6) bu erda v – reykadan olingan sanoq; – rekaning nishablik burchagi. Sanoq olish xatosini quyidagi empirik ifoda orqali xisoblash mumkin m0=0.03t+0.2 (21.7) bu erda t – reykaning bo‘lak qiymati, - qarash trubasining kattalashtirish darajasi. t=10mm, l=75 mm,=25x bo‘lsa, m0=0.9mm bo‘ladi. Refraksiya xatosini mG=0,5mm desak, 1,7 mm bo‘ladi. Optikaviy tiklash usuli. Ko‘p qavatli binolar va baland inshootlar qurilishida bir montaj gorizontidan 2–siga planli gorizontlar uzatishda, xamda konstruksiyalarning tikligini tekshirishda tik proeksiyalovchi optikaviy asboblar zenit-asboblar qo‘llaniladi. Zenit-asboblari quyidagi asosiy qismlardan tuzilgan: qarash trubasi ikkita o‘zaro perpendikulyar yuqori aniqlikdagi adilak (=3-5), optikaviy markazlashtiruvchi taglik. Qarash trubasining kattalashtirish darajasi 30-40x. Kompensatsiyali nivelirlar: Ni 007 bazasida ishlangan lazer zenit-asboblari istiqbolli xisoblanadi. Tajribalarga asosan 100 m balandlikkacha bo‘lgan inshootlarni kuzatishda zenit-asboblari aniqligini quyidagi ifoda orqali xisoblash mumkin m=0,510-5 h (21.8) Optikaviy tiklash usulining asosiy xatoliklari quyidagilardan iborat:
Umumiy xolda (21.9) Optikaviy markazlashtirgich bilan jixozlangan asbobni markazlashtirish xatoligi, odatda mm=0,5 mm bo‘ladi. Zenit-asbobini gorizontal o‘rnatish xatoligi mk=1 va h=100m mk=0,5 mm bo‘ladi. Vizirlash xatoligini quyidagicha qabul qilish mumkin yoki uning chiziqli qiymati, h=100m bo‘lganda Paletkadan sanoq olish xatoligi , bu erda t-paletkaning bo‘lak qiymati; h-balandlik. h=100m; 31,5; t=100mm bo‘lganda m0=0,56 mm. Tashqi muxit ta’sirini mT=0.5 mm deb qabul qilish mumkin. Barcha xato manbalari yiqindisi esa tashkil etadi. 4.IJROYAVIY PLAN OLISHLAR. Inshootlar loyihasini joyga ko‘chirish aniqligini belgilashdi, qurilish jarayonida yo‘l qo‘yilgan barcha chetlanishlarni (loyihadan), hamda ko‘rilgan ob’ektlarning xaqiqiy koordinatalari va otmetkalarini aniqlashda ijroyaviy plan olishlar amalga oshiriladi. Ijroyaviy plan olishlar qurilish jarayonida uning ba’zi bir bosqichlari tugatilgandan keyin bajarilib boriladi va tayyor inshootni planli-balandlik planini olish bilan tugitiladi. Ijroyaviy plan olishining geodezik asosi bo‘lib, quyidagilar xizmat qiladi; 1) alohida bino va sexlar uchun-poydevor o‘qlarining joyda maxkamlangan uchlari va ishchi reperlar tarmoqlari; 2) qurilish maydoni miqyosida-rejalash asoslovi punktlari, qo‘shimcha poligonometriya va nivelirlash yo‘llari bilan; 3) qurilish maydoni chekkasida – geodezik asoslov punktlari, xamda maxsus barpo etilgan planli va balandlik tarmoqlari. Ijroyaviy plan olish odatda geodezik asoslov punktlaridan quyidagi analitik usullari yordamida amalga oshiriladi: qutbiy usul, perpindikulyar va stvor, burchak va masofa kesishtirish usullari. Ijroyaviy plan olishda asosiy e’tibor inshootning yashirin elementlariga qaratiladi, kotlovanlar, poydevorlar, er osti quvur o‘tkazgichlar, kabellar tuproq bilan berkitilguncha planli olinishi kerak. Er osti kommunikatsiyalarida burilish burchaklar, qudukchalar markazlari, boshqa kommunikatsiyalar bilan kesishish joylarining koordinatalari aniqlanadi. Quvurlar diametrlari va quduqlar orasidagi masofalar o‘lchanadi. Nivelirlash orqali kotlovan va transheyalar, quvur qopqoqlar va quvurlar ustki qismining otmetkalari topiladi. Yo‘l tarmoqlarida qayrilma elementlari, qayrilish burchaklari, kesishish va tugatish nuqtalari, temir yo‘l o‘tkazish strelkalari markazlari, relslar otmetkalari tekshiriladi. Tik tekislashda bajariladigan ijroyaviy plan olish yuzani nivelirlash usulida bajariladi. Ochiq joylarda nivelirlash tomonlari 10-20 m kvadratlar orqali amalga oshiriladi. Aylana shaklidagi inshootlar markazining koordinatalari va radius uzunligi aniqlanadi. Konstruksiyalar xolatini aniqlashda an’anaviy usullar-qutbiy, kesishtirish, perpendikulyar , stvor va boshqalar qo‘llaniladi. Kolonnalar, panellar va boshqa shu kabi konstruksiyalar tikligini aniqlashda qiya proeksiyalash va yonlama nivelirlash usullaridan foydalaniladi. Texnologik ashyolar xolatini ijroyaviy planli olish rejalash tarmoqlari punktlariga nisbatan geodezik usullarda bajariladi. Bosh plan loyihasi bino va inshootlarni loyihasini tuzish jarayonida tuziladi va u loyihani joyga ko‘chirishda asosiy xujjat bo‘lib, xisoblanadi. Ijroyaviy bosh plan esa, doimiy va vaqtincha inshootlar qurilishi tugaganda so‘ng, ijroyaviy plan olish natijalariga asosan tuziladi. Agarda bosh planda binolar devor o‘qlari orqali ko‘rsatiladigan bo‘lsa, ijroyaviy bosh planda bino va inshootlar egallabturgan xaqiqiy maydonlari, turtib joylari kyuvetlar va boshqalar to‘liq ko‘rsatiladi. Joriy va tugallangan ijroyaviy bosh planlar mavjud. Joriy ijroyaviy bosh plan ishning boshlanqich bosqichidan tuzib boriladi va qurilish jarayonidagi doimiy, yordamchi va vaqtincha qurilayotgan bino va inshootlarni to‘liq ifoda etib boradi. Bu bosh plan qurilish jarayonida sodir bo‘ladigan barcha masalalarni echishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Joriy bosh ijroyaviy plan er osti kommunikatsiyalari qurilishida muxim axamiyatga ega. Erga yotkizilgan kommunikatsiya planiga ega bo‘lgan xoldagina mexanizmlar ishini to‘qri tashkil qilish mumkin vayangi xandaklar (transheya) qazishda avval yotkizilgan tarmoqlarga zarar etkazilmaydi. Joriy bosh plan qurilish maydonining o‘lchami va inshoot murakkabligiga boqliq ravishda 1:1000 yoki 1:2000 masshtabda, sho‘artli koordinatalar sistemasida tuziladi. Joriy bosh plan asosida qurilishning navbatdagi plani tuziladi. Bu planga quriladigan barcha doimiy va vaqtincha bino va inshootlar tushiriladi. Navbatchi plan masshtabi shunday tanlab olinadiki, qurilayotgan inshootning barcha qismlari to‘liq ifodalanish va undan foydalanish qulay bo‘lsin. Tugallangan ijroyaviy plan qurilish jarayoni tugagandan so‘ng tuziladi. Planga barcha loyihaga binoan qurilgan doimiy bino va inshootlar tushiriladi. Tugallangan bosh plan ko‘rilgan binoning asosiy xujjati xisoblanadi va unga asosan binodan foydalanishga, ta’mirlash va kengaytirishga taluqli bo‘lgan barcha injenerlik masalalari echiladi. SHu sababli u katta aniqlikda, to‘liq va batafsil tuzilishi kerak. Bu plan ijroyaviy plan olishnatijalariga binoan tuziladi. Tugallangan ijroyaviy bosh plan tarkibida 1:1000-1:2000 masshtabdagi umumiy bosh plan, 1:200-1:500 masshtabda aloxida ashyolar va murakkab qismlar bosh plani va 1:1000-1:2000 masshtabda kommunikatsiyalarning maxsus planlari kiradi. Ijroyaviy bosh plan muhim xujjat hisoblanganligi uchun u yagona nusxada tuziladi va ko‘paytirish mumkin emas. Umumiy bosh planga quyidagilar tushiriladi a) barcha saqlanib qolgan triangulyasiya, poligonometriya, qurilish turi punktlari va reperlar; b) loyihalashtirilgan relef; v) loyihaga asosan qurilgan barcha bino,inshootlar va kommunikatsiyalar; g) kukalamazorlashtirish zonalari, sklad maydonchalari, to‘siqlar va boshqalar. Bino osti inshootlar koordinatalari va otmetkalari yozish mumkin bo‘lgan joylarda ko‘rsatiladi. Murakkab qismlar ijroyaviy bosh planida yirik masshtablarda (1 : 200 va 1 : 500) inshootning barcha qismlari, poydevorlar, quvur o‘tgazgich va kabel tarmoqlari tushiriladi. Binolar poydevorida ularning cho‘kishini kuzatish uchun o‘rnatilgan cho‘kish markalari, reperlar va planli belgilarning joylashish sxemasi ko‘rsatiladi. Maxsus ijroyaviy bosh planda binolarning to‘liq sonli xarakteristikasi beriladi. Umumiy xolda ularni quyidagilarga bo‘lish mumkin: 1) gorizontal va tik tekislash; 2) kanalizatsiya; 3) vodoprovod va issiqlik tarmoqlari; 4) texnologik quvur o‘tkazgichlar; 5) osma tarmoqlar. Bosh planni tuzishni umumiy tartibi quyidagidan iborat: a) barcha geodezik asoslov punktlari planga tushiriladi; binolar va yo‘llar; er osti va yuzadagi kommunikatsiyalar; tafsilotlar; b) relef ifodalanadi; v) rasmiylashtirish ishlari amalga oshiriladi. Avval barcha konturlar va raqamlar qalam bilan bajariladi, to‘qriligiga ishonch xosil qilingandan keyin tegishli ranglarda tush bilan rasmiylashtiriladi. Ijroyaviy bosh planga quyidagilar ilovaga qilinadi: a) geodezik asoslov tarmoqlari sxemasi, punktlar koordinatalari katalogi va reperlar otmetkalari vedomostlari; b) barcha dala geodezik xujjatlari; v) qurilish jarayonidagi geodezik ishlar va cho‘kishni kuzatish ma’lumotlari xaqidagi izoxlar. Nazorat savollari: 1) Konstruksiyani tik urnatish va tekshirish usuli nima uchun xizmat kiladi? 2) Ipli tovun nima va uch kullash tartibi kanday amalga oshiriladi? 3) Kiya nur bilan proeksiyalash usulini tushintirish. 4) Nishablik burchak kiymati kanday aniklanadi? Tayanch so‘zlar: Tik o‘rnatish,vertikal texnologik jixozlar, qiya proeksiyalash,zenit asbobi,optik tiklash, qiya nur,yonlanma nivelirlash Download 49.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling