Texnologik tartibot uslubi va undagi me’yoriy qoidalarga binoan qaysi idish yoki aparatlarda qanday va qancha yonuvchi gaz, suyuqlik yoki boshqa moddalar borligi hamda ular qanday bosim ostida va haroratda ishlashi mumkinligi haqida aniq ko’rsatmalar ifodali tarzda jarayonni boshqaruv pultida bayon etilgan bo’lishi shart. - Texnologik tartibot uslubi va undagi me’yoriy qoidalarga binoan qaysi idish yoki aparatlarda qanday va qancha yonuvchi gaz, suyuqlik yoki boshqa moddalar borligi hamda ular qanday bosim ostida va haroratda ishlashi mumkinligi haqida aniq ko’rsatmalar ifodali tarzda jarayonni boshqaruv pultida bayon etilgan bo’lishi shart.
- Texnologik jarayonda ishlatiladigan gazlar havo bilan yoki kislorod bilan birikmagan holda ishlatiladi. Gazlar aparatdagi jumraklardan yoki texnik nosozliklar orqali chiqayotganda, havo bilan birikishi mumkin. Bunday holatlarda yonuvchi gazning havo bilan aralashmasi tarkibidagi miqdori uning quyi yonish chegara miqdoridan kam, yoki yuqori yonish chegarasidan baland bo’lishi shart. Ya’ni bu ikki chegara orasida bo’lishi o’ta xavfli hisoblanadi.
- Yonuvchi suyuq modda solinadigan idishlar xavfsizlik qoidasiga binoan oxirigacha to’lg’azilmaydi, ya’ni idishlarni shifti bilan suyuqlik satxi orasida keyinchalik gaz bug’lari bilan to’yinadigan havo bo’shlig’i mavjud bo’ladi. Idishning tepa qismida hosil bo’ladigan portlovchi muhitning yuzaga kelishi, suyuqlik bug’lari bilan to’yingan havo aralashmasidagi yonuvchi bug’ning miqdoriga va idishdagi suyuqlikning haroratiga ham bog’liq bo’ladi, ya’ni suyuqlikni harorati uning quyi va yuqori yonish harorati chegaralari oralig’ida bo’lsa, xavfli muxit portlashga moyil bo’ladi.
Yong’in uzluksizligi va haroratining o’zgarishi. - Yong’inni uzluksiz davom etishi yonuvchi moddalar va ashyolarning turi va miqdoriga, ularning tarkibiy stukturasiga, namligiga hamda yonish tezligiga bog’liq bo’ladi.
- Yong’inni davom etish muddati sodda tuyulgani bilan, uni yechishda ma’lum qiyinchiliklar mavjud, chunki har qanday moddaning yonish tezligi o’zgarmas emas va u yonish muhitini kislorod bilan ta’minlanganligiga, moddaning strukturaviy tuzilishiga hamda joylanish sharoitiga ham bog’liq bo’ladi. YOng’inni uzluksizligiga bevosita ta’sir ko’rsatadigan yana bir asosiy omil bunda hisobga olinmagan, u ham bo’lsa undagi haroratning o’zgarishidir.
- Teng hajmdagi turli xil moddiy ashyolarning, masalan yog’och bilan paxtaning yonish jarayonini kuzatsak, yog’ochning yonishdagi eng yuqori harorati 900 S ga teng bo’lib, tajribaning 40 daqiqasiga to’g’ri kelsa, paxtaniki bo’lsa 500 S dan oshmaydi va 10 –chi daqiqasida sodir bo’ladi. Bundan ko’rinib turibtiki, turli xildagi yonuvchi ashyolarning yonish jarayoni turlicha vaqt davomida kechadi, binobarin ularning inshoot qurilmalariga ta’sir etish darajasi ham har xil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |