Binoga ta’sir etadigan aktiv va passiv yuklar


Download 1.04 Mb.
bet1/4
Sana08.03.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1248824
  1   2   3   4
Bog'liq
5 maruza


5-мавзу:
Sanoat binolarining poydevorlari haqida umumiy ma’lumotlar. Yig’ma va quyma poydevorlar. Sanoat binolarida ishlatiladigan poydevorlarning turlari. Noqulay gruntli sharoitlarda qo’llaniladigan sanoat binolari poydevorlari, poydevor to’sinlari.
Reja:

  1. Binoga ta’sir etadigan aktiv va passiv yuklar

  2. Bino karkaslari materiallar tanlash

  3. ir qavatli binolar karkasi

  4. Poydevor va poydevor to’sinlari


Binoga ta’sir etadigan aktiv va passiv yuklar

Sanoat binolari muhandislik nuqtai-nazaridan sun’iy qobiq (obolochka) bo’lib, u texnologik jarayonni va ishlayotgan odamlarning atmosfera ta’siridan saqlaydigan, binoda ishlayotgan ishchilar uchun, qulay mikroiqlimni parametrlari va komfort sharoitni ta’minlashi kerak.


Bino qobigi ikki chegara orasida, ya’ni ishlab chiqarish va tashqi har xil xarakterdagi faktorlar ta’sirda bo’ladi.


rasm. Temirbeton karkasli bir qavatli sanoat binosining
konstruktiv elementlari.
1-poydevor; 2-kolonna; 3-stropila osti fermasi; 4-stropila fermasi; 5-yoritib shamollataditan fonar; 6-yopma plitasi; 7-bug’dan himoyalovchi qatlam; 10-tom qoplamasi; 11-ichki suv tushadigan varonka; 12- o’rtadagi yendova; 13-devor oldidagi yendova; 14-devor paneli; 15-deraza paneli; 16-kran izi osti to’sini; 17-kranning relьsi; 18-kolonnalar orasidagi vertikal bog’lovchilar; 19-poydevor to’sini; 20-tash«i devor atrofidagi tushama.

Loyihachilar va quruvchilarning asosiy vazifasi binolar qobiqla-rini shunday tashkil qilishlari kerakki, ular aniq sharoitni hisobga olgan holda ishlab chiqarishni hamma talablarini qondirish bilan birga binoni ekspluatatsiya qilishning oxirgi bosqichlariga chidamliligini saqlab qolishni ta’minlashi kerak.


Binoning qobig’i yuqorida ko’rsatilgan hamma talablarni qondirish bilan birga mustahkam, ustivor va iqtisodiy bo’lib, shu bilan birga tashqi ko’rinishi chiroyli shaklda bo’lishi kerak.
Binoga ta’sir etadigan kuchlarni, qurilish materiallarini tanlashda, konstruktsiyalarni hisoblashda va ularning barvaqt yemirilishidan saqlash choralarini ko’rish uchun, binoga ta’sir etadigan kuchlarni hisobga olish kerak.
Bino qobig’iga ikki xil yuklar ta’sir etadi:
1. Aktiv yuklar;
2. Passiv yuklar.
Kuchli kuchlar uz navbatida ikkiga bo’l inadi:
A) doimiy kuch – bu kuchga binoning yuk ko’taruvchi va to’suvchi konstruktsiyalarining og’irligi va grunt bosimi;
B) vaqtincha kuchlar – bu kuchlarga texnologik jihozlar, xom-ashyo, kran, odamlar, qor va shamol og’irliklari kiradi.
Kuchsiz kuchlar – bu kuchlar har xil bo’ladi, ya’ni binolarni ichki va tashqi havoning namligi, yog’ingarchilik, quyosh radiatsiyasi, agressiv kimyoviy ta’sir, tovush, biologik yemirilishlar va boshqalar.
Yuqorida ko’rsatilgan faktlarni binolarga alohida yoki bir vaqtda ta’sir qilishi ichki ishlab chiqarish muhit parametri va bino konstruktsiyalarini buzilishiga sabab bo’ladi. Binolarga: materiallar strukturasini o’zgarishi, pasayishi, ortiqcha namlikdan yopmalarni sovuq va issiqdan himoya qilish xususiyatini yo’qolishi, xonalarni sovushi yoki isib ketishi konstruktsiya materiallarini kimyoviy korroziyaga uchrashi va x.k. kiradi.

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling