Binolarni isitishga issiqlikning hisobiy sarfini aniqlash. Binolarni isitishga va ventilyasiyasiga issiqlikning hisobiy sarfini aniqlash
Download 293.37 Kb.
|
amaliyot 1
4 Masala.
Qozonxonada 1 Gjoul issiqlikni ishlab chiqarishdagi mehnat sarfi va bu issiqlikning tannarxi aniqlansin. Qozonxonaning unumdorligi D=4,16 kg/s, yoqilg’i – mazut, o’ta qizdirilgan bug’ning bosimi Рq.b =1,4 MPa, harorati tq.b=280 оС, ta‘minlash suvining harorati tt.s=100 оС, qozonni tuzlardan uzluksiz tozalash kattaligi Р=3 %, qozonning o’rnatilgan quvvati Qo’rn=40 Gjoul/soat, shtatlar koeffitsienti Psht = 0,53 kishi∙soat/Gjoul va qozonxonani bir yil davomida ishlatish xarajatlari Сyil = 4,6 ∙105 so’m/yil. Javob: СQ = 1,8 so’m/Gjoul; ТQ =8∙10 – 5 kishi∙soat/Gjoul. Issiqlik ta’minoti tizimlarini loyihalash jarayonida turar joy, jamoat va ishlab chiqarish binolarini isitish, ventilyatsiyalash, shuningdek, issiq suv ta’minotiga bo‘lgan maksimal va o‘rtacha issiqlik oqimlarini tegishli loyihalar bo‘yicha qabul qilish lozim. Issiqlik sarfini yanada yiriklashtirilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisoblashda shahar va boshqa aholi yashash turar joy tumanlari uchun quyidagicha aniqlash mumkin. 1.Turar joy va jamoat binolarini isitish uchun sarflanadigan maksimal issiqlik oqimi: (3.1) bu yerda: q0—turar joy binolarining l m2 umumiy maydoniga sarflanadigan maksimal issiqlik oqimining yiriklashtirilgan ko‘rsatkichi, Vt/m2, QMQ 2.04.07-99 [10] bo‘yicha qabul qilinadi; A - turar joy binolarining umumiy maydoni, m2; k — jamoat binolarini isitishga sarflanadigan issiqlik oqimini hisobga oluvchi koeffitsient, ma’lumotlar bo‘lmagan holda 0,25 ga teng deb qabul qilinadi. 2. Jamoat binolarida ventilyatsiya uchun sarflanadigan maksimal issiqlik oqimi: (3.2) bu yerda K2- jamoat binolarini ventilyatsiyasiga sarflanadigan issiqlik oqimini hisobga oluvchi koeffitsient, ma’lumotlar bo‘lmagan holda 1985 yilgacha qurilgan jamoat binolari uchun – 0,4; 1985-yildan keyin qurilganlari uchun esa - 0,6 ga teng deb qabul qilinadi. 3.Turar joy va jamoat binolarini issiq suv ta’minotiga sarflanadigan o‘rtacha issiqlik oqimi: (3.3) Yoki (3.4) Bu yerda — issiq suv ta’minoti bo‘lgan binoda yashaydigan, bir kishiga bir sutkada harorati 55°C bo‘lgan suvning sarflanish me’yori, 1/sut, QMQ 2.04.01-98 [12] bo‘yicha qabul qilinadi; b — jamoat binolarida issiq suv ta’minotiga 55°C haroratli suvni sarflanish me’yori, bir kishiga 25 1/sut ga teng deb qabul qilinadi; qh - bir kishi issiq suv ta’minotiga sarflanadigan o‘rtacha issiqlik oqimining yiriklashtirilgan ko‘rsatkichi, Vt, QMQ 2.04.07-99 [10] bo‘yicha qabul qilinadi. Iste’molchilarning ma’lum bo‘lgan sarflanadigan maksimal issiqlik oqimlari bo‘yicha o‘rtacha issiqlik oqimlarini aniqlash mumkin: turar joy tumanlarini isitishga sarflanadigan o‘rtacha issiqlik oqimi: Vt (3.5) shunga o‘xshash ventilyatsiyaga sarflanadigan o‘rtacha issiqlik oqimi: Vt (3.6) bu yerda ts - hisobiy davr uchun (oy, isitish davri) tashqi havoning o‘rtacha harorati, °C, QMQ 2.01.01-94 [14] bo‘yicha qabul qilinadi. Isitish davri bo‘lmagan vaqtda aholi yashash joylari turar joy tumanlarining issiq suv ta’minotiga sarflanadigan o‘rtacha issiqlik oqimi Vt (3.7) bu yerda tsc — sovuq (ta‘minot) suvning isitish davri bo‘lmagan vaqtidagi harorati (ma’lumotlar bo‘lmagan holda 150 C ga teng, deb qabul qilinadi), 0C; β — isitish davri bo‘lmagan vaqtda isitish davriga nisbatan issiq suv ta’minotida suv sarfi o‘zgarishini hisobga oluvchi koeffitsient; ma’lumotlar bo‘lmagan holda turar joy sektori uchun 1,0 ga (kurort joylarda β=1,5), korxonalar uchun-1,0 ga teng, deb qabul qilinadi. Ma'lum bir davr uchun (sutka, oy, isitish davri, yil va h.k.) isitish, ventilyatsiya va issiq suv ta’minotiga sarflanadigan issiqlik miqdorlarini quyidagi ifodalar yordamida aniqlash mumkin. Hisobiy davr uchun o‘rtacha sutkalik issiqlik yuklama: binolarni isitishga: ; (3.8) —binolarning ventilyatsiyasiga ; (3.9) — isitish davriga to‘g‘ri kelgan sutka uchun issiqlik ta’minotiga ; (3.10) — isitish davriga to‘g‘ri kelmagan sutka uchun issiqlik ta’minotiga ; (3.11) bu yerda Z - sutka davomida ventilyatsiya tizimining o‘rtacha ishlash vaqti soatlarda (jamoat binolari uchun ma’lumotlar bo‘lmagan holda 16 soatga teng deb qabul qilinadi). Ventilyatsiya uchun issiqlik sarfi: Qven=qven Vtash (tich – ttash); (3.12) bunda: qven–binoni ventilyatsiya uchun issiqlikning solishtirma sarfi, Issiq suv ta‘minoti uchun issiqlikning o’rtacha sarfi: Qis.o’r. = Gis.s.c(t is.o’r. – ts.s.)/ηisit. (3.13) bunda: Gis.s. – texnologik va ho’jalik ehtiyojlar uchun issiq suv sarfi, kg/s; c – suvning issiqlik sig’imi, 4186 kjoul/kg∙K; t is.o’r. – issiq suvning o’rtacha harorati, оС; ts.s.- sovuq suvning harorati, оС; ηisit. – isitgichning FIK, ηisit. = 0,94-0,97. Issiq suv ta‘minoti uchun issiqlining hisobiy (maksimal) sarfi: Qis.h. = 2 Qis.o’r (3.14) 1. Masala. Non zavodi binolarini isitish va ventilyatsiyalash uchun issiqlik sarfi aniqlansin. Isitiladigan binolarning hajmi Vtash=30∙103 m3, ventilyatsiyalanadigan binolarning hajmi isitiladigan binolarning hajmiga nisbatan 75 % ni tashkil qiladi. Binoni isitish uchun issiqlikni solishtirma sarfi q0 = 0,32 Vt/m3∙К, ventilyatsiyalash uchun esa qven = 0,3 Vt/m2∙К, xona ichidagi havoning o’rtacha harorati tich=20 оС va tashqi havo harorati ttash= – 25о С. Javob: Qis = 737,75 ∙ 103 Vt. Download 293.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling