Binolarni isituvchi elektr aparatlarni yillik xisobi


Download 32.9 Kb.
bet1/2
Sana31.01.2024
Hajmi32.9 Kb.
#1820221
  1   2
Bog'liq
Amaliy 5


Binolarni isituvchi elektr aparatlarni yillik xisobi

Bino va inshootlarni issiqlik bilan ta’minlash maqsadida butun dunyodagi mamlakatlar qatori O‘zbekiston Respublikasida ham energiya iste’moli to‘xtovsiz oshib bormoqda. Organik yoqilg‘ining taxminan uchdan bir qismi jamoat va sanoat binolarini issiqlik bilan ta’minlashga sarf bo‘ladi. Yoqilg‘ilarni qazib chiqarishdagi jarayon borgan sari qanchalik chuqurlikdan qazib chiqarila boshlanishi uning qiymatining oshishiga olib keladi, natijada mamlakatimizda xalq xo‘jaligini rivojlantirish uchun yoqilg‘i xarajatidagi tejamkorlikka talab asosiy muammolarga aylanib borishi muayyan bir holdir. Bu masalaning yechimi markazlashtirilgan issiqlik ta’minotini to‘liq joriy qilish hamda issiqlik elektr energiyasi markazini Respublikamiz katta markaziy shaharlarida ko‘paytirishni asosiy yo‘nalish deb tushunmog‘imiz shart. Butun dunyoda yoqilg‘i energiyasi qiymatining oshib borishi yoqilg‘i tabiiy boyliklar zaxirasini tabiatan tugaydigan boylik ekanligini ko‘rsatadi. Zamonaviy isitish tizimlari va asboblari inson salomatligini, ijodiyotining samarali holatini yaratish va inson o‘zini yaxshi sezishi uchun qulay sharoit yaratish maqsadiga xizmat qilishi lozim.


Hozirda ko‘p qavatli turar-joy binolarini isitishda hamda issiq suv bilan ta’minlashda avtonom va markazlashgan isitish tizimlaridan foydalanilmoqda. Mahalliy isitish tizimlari bir binoga xizmat qilib , ular asosiy uch elementdan iborat bo‘ladi: issiqlik ishlab chiqaruvchi qozon qurilmalari, issiqlik tashuvchi quvurlar tizimi va xona ichiga o‘rnatilgan isitish asbobi. Isitish tizimlaridagi issiqlik tashuvchi sifatida issiq suv, bug‘, elektr toki yoki biror turga mansub bo‘lgan elementdan foydalaniladi
Markaziy isitish tizimlari esa birgina issiqlik ishlab chiqaruvchi qozon qurilmalaridan (issiqlik ishlab chiqaruvchi markaz) hosil bo‘lgan issiqlik bilan ikki va undan ortiq binolarni isitishdan iborat bo‘ladi. Issiqlik ishlab chiqaruvchi markaz o‘rnida qozon qurilmalari yoki issiqlik almashtiruvchi uskunalar bo‘lishi mumkin. Issiqlik almashtiruvchi uskunalarda o‘ta isitilgan suv yoki bug‘ orqali (teploobmen) issiqlik asboblari uchun kerak bo‘lgan haroratdagi issiq suvni vujudga keladi. Bunda markaziy issiqlik beruvchi uskunalar isitilayotgan binoning ichida joylashgan bo‘lsa, bu qurilma mahalliy issiqlik markazi yoki mahalliy qozon qurilmalari deyiladi. Aksincha, markaziy issiqlik beruvchi qurilmalar alohida turuvchi binoda joylashgan taqdirda ular issiqlik markazi, issiqlik stansiyalari (alohida turuvchi qozon qurilmalari) yoki issiqlik elektr markazi (IEM-TETS) deb yuritiladi.
Hozirgi kunda bu ikki tizimning afzalliklari hamda kamchiliklari mavjud bo‘lib ular quyidagilar hisoblanadi [23-25].
Markazlashtirilgan isitish tizimlarining kamchiliklari

  1. Deyarli har doim isitish aniq jadvalga muvofiq ta'minlanadi va iste'molchilar ushbu shartlarga ta'sir qilish imkoniyatiga ega emaslar.

  2. Yashash joylarida haroratni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sozlashning usullari yo‘q.

  3. Ko‘pincha bosim tushishi mumkin.

  4. Issiq suv isitish tarmog‘ida bo‘lsa, uning harorati pasayishi mumkin. Ayniqsa, tez-tez bunday vaziyatlar iste'molchi qozonxonadan ancha uzoqda bo‘lganda paydo bo‘ladi.

  5. Issiqlik uskunalari va uni o‘rnatish qimmat.

Yuqorida keltirilgan Markazlashtirilgan isitish tizimlaridagi bir qator kamchiliklarga qaramasdan turar-joy binolarida bu tizimni qo‘llash bir afzalliklarga ega ular quyidagilar

  1. Markaziy isitish tizimidan foydalanish katta moliyaviy xarajatlarni talab qilmaydi.

  2. Ixtisoslashgan xizmatlar tomonidan amalga oshiriladigan aniq nazorat va muntazam tekshirish tizimi ishlab chiqilgan. Bu holat tizimning ishonchliligini ta'minlaydi va issiq suvning aylanishi bilan bog‘liq muammolar xavfini kamaytiradi.

  3. Bu usul eng ekologik toza hisoblanadi.

  4. Tizimdan foydalanish oson [26].

Mahalliy isitish tizimlarining afzalliklari quyidagilar:

  1. Tashqi issiqlik tarmoqlarining yo‘qligi hisobiga issiqlik yo‘qotishlarini kamaytirish,

  2. Tarmoqdagi suv yo‘qotishlarini minimallashtirish, suvni tozalash xarajatlarini kamaytirish;

  3. To‘liq avtomatlashtirish, shu jumladan issiqlik iste'moli rejimlari (qaytib keladigan tarmoq suvining harorati, manbaning issiqlik chiqishi va boshqalarni nazorat qilishning hojati yo‘q);

  4. To‘g‘ridan-to‘g‘ri ish joyida belgilangan haroratni nazorat qilishda moslashuvchanlik; to‘g‘ridan-to‘g‘ri isitish xarajatlari va tizimni ishlatish xarajatlari kamroq; issiqlik iste'molida tejamkorlik.

Mahalliy issiqlik ta'minoti tizimining kamchiliklari: Bu tizimni qo‘llash uchun albatta elektr energiyadan foydalaniladi,elektr ta’minotida sodir bo‘lgan avariyalar hisobiga isitish tizimi ishlamasligi mumkin va natijada iste’molchi issiqlik ta’minotisiz qolishi mumkin.


Hozirgi kunda ko‘p qavatli turar-joy binolarida avtanom (mahalliy) isitish tizimi yo‘lga qo‘yilgan bu tizim ko‘p tomonlama qulay, lekin biz tajribada kuzatdikki yurtimizga 2023-yil qishda O‘zbekiston keng ko‘lamli energetika inqiroziga duch keldi, bu esa elektr, issiqlik va gaz ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi. Oqibatda ayrim korxona va fabrikalar o‘z faoliyatini to‘xtatib qo‘ydi, bu esa sanoat ishlab chiqarishining keskin pasayishiga olib keldi va natijada aholi honadonlarni isitish uchun elektr energiya iste’moliga o‘tdi. 2.1-jadvalda
2.1-jadval Har xil turdagi isitish uchun ishlatiladigan
qurilmalarning iste’mol quvvati






Download 32.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling