Binolarning o`tga chidamliligini oshirish


Download 72.15 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi72.15 Kb.
#1592095
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Bino ning konstruktiv elementlari va sxemalari222

BINOLARNING O`TGA CHIDAMLILIGINI OSHIRISH

REJA:

  • 1. Ishlab chiqarish bino inshootlarining yong`inga va portlashga xavfi bo`yicha toifalari
  • 2.Sanoat korxonalarini loyihalash va qurishda yong`inga qarshi kurash tadbirlari
  • 3.Sanoat korxonasi hududini zonalarga ajratish
  • 4.Yong`inga qarshi oraliqlar va to`siqlar
  • 5.Yong`inga qarshi kurash xizmatini tashkil etish

Sanoat korxonalarining yong'inga va portlashga xavfi bo'yicha toifalari
Har bir sanoat korxonasi uning ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlatadigan xomashyosi chiqaradigan mahsuloti va joylashgan binosining konstruksiyasiga ko'ra yong'in chiqishga, portlashga va yong'in chiqqan taqdirda uning tarqalishiga, shuningdek, yong'inning asoratiga asoslangan holda yong'inga va portlashga xavflilik darajasi belgilanadi.
Albatta, har bir sanoat korxonasida yong'in xavfi birinchi navbatda u yerda ishlatilayotgan xomashyoning va chiqarilayotgan mahsulotning yong'inga xavfliligi darajasi bilan o'lchanadi.
Masalan, ishlab chiqarish korxonasi gazsimon yonuvchi moddalar ishlatsa, oladigan mahsuloti yengil alangalanuvchi suyuqliklar holatida bo'lsa, unda albatta yonmaydigan xomashyo ishlatilib, yonmaydigan mahsulot olayotgan korxonaga nisbatan yong'in chiqish ehtimoli ko'p, shuning bilan birga, bu korxonada yong'inni tarqalib ketishi osonlashadi va bu korxonada yong'indan ko'riladigan zarari albatta katta bo'ladi.
Shuning uchun ham sanoat korxonalarini kategoriyalarga ajratganda ishlatilayotgan moddalaming fizika-kimyoviy
xususiyatlari albatta hisobga olinadi.
Mana shu xususiyatlarni hisobga olgan holda qurilish norma va qoidalari asosida hamma sanoat korxonalari, skladlar yong'in va portlashga xavfi bo'yicha beshta kategoriyaga bo'linadi.
A toifa—yong'inga va portlashga xavfli sanoat korxonalari. Bularga suv, kislorod va bir-biri bilan birikishi natijasida portlashi va yonishi mumkin bo'lgan moddalarni ishlatiladigan sanoat korxonalari; alangalanish quyi chegarasi xonadagi havo hajmiga nisbatan 10 foiz miqdorni tashkil qilishi mumkin bo'lgan yonuvchi gazlar ishlatiladigan sanoat korxonalari; xona hajmiga nisbatan 5 foiz miqdorni tashkil qilishi mumkin bo'lgan va bug'larining alangalanish harorati 28 °C gacha bo'lgan suyuqliklar bilan ish olib boriladigan sanoat korxonalari. Bu toifaga oltingugurtli uglerod, efir, atseton va boshqa shunga o'xshash moddalar olinadigan sanoat korxonalari kiradi.

Download 72.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling