Misoldan ko‘rinib turibdiki, binodagi jismoniy yemirilish darajasi taxminan 25-45%. Demak, jismoniy yemirilish darajasini aniqlash uchun binoda bajarilgan ta’mirlash va boshqa turdagi ishlarning bajarilganligi haqidagi ma’lumot ham muhimdir. Agarda bunday ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa, misoldan ko‘rinadiki, me’yoriy usul ham taqribiy natija berishi mumkin.
2.3-jadval
B). Hech qanday profilaktik-ta’mirlash ishlari bajarilmagan holda.
Binoning konstruktiv elementlarining nomi
|
Alohidagi konstruktiv elementlarning ulush qiymati, %
|
Jismoniy yemirilish, %
|
Emirilish-ning o‘rtacha qiymati, %
|
Poydevorlar
|
14
|
20
|
2,8
|
Devor va ajratuvchi devorlar
|
22
|
22
|
4,84
|
Oraliq yopilma
|
6
|
25
|
1,5
|
Tom qoplamasi
|
7
|
70
|
4,9
|
Pollar
|
8
|
56
|
4,48
|
Eshik va derazalar
|
8
|
58
|
4,64
|
Pardoz ishlari
|
12
|
75
|
9
|
Ichki sanitar-texnik va elektrotexnik jihozlar
|
15
|
70
|
10,5
|
Boshqa ishlar
|
8
|
30
|
2,4
|
Jami
|
100
|
|
45,06≈ 45%
|
Eslatma: keltirilgan jadvaldagi alohidagi konstruktiv elementlarning foiz hisobidagi ulush qiymati [13]dan olingan.
Yuqorida keltirilganlardan shunday xulosa qilish kerakki, bino konstrukiyalaridagi jismoniy yemirilish darajasi albatta mutaxassislar guruhi tomonidan, konstruktiv elementlarni sinchiklab tekshirish ishlari natijasida olingan ma’lumotlarga asoslanishi lozim. Chunki yemirilish nafaqat vaqtga bog‘liq bo‘lgan kattalik, balki u favqulodda konstruksiyada paydo bo‘ladigan shikastlanish yoki deformatsiya holatlarining ham mahsuli bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |