Biogen elementlar va ularning ahamiyati


-rasm. Biosferada fosforning aylanishi (P.Dyuvino, M.Tangu bo’yicha, 1973; V.I. Korobkin, L.V. Peredelskiy o’zgartirishlari bilan, 2001)


Download 197.5 Kb.
bet2/2
Sana22.12.2022
Hajmi197.5 Kb.
#1041576
1   2
Bog'liq
BIOGEN ELEMENTLAR VA ULARNING AHAMIYATI

5.3-rasm. Biosferada fosforning aylanishi (P.Dyuvino, M.Tangu bo’yicha, 1973; V.I. Korobkin, L.V. Peredelskiy o’zgartirishlari bilan, 2001)

Shunday qilib, suv havzalari tarkibida fosfor miqdori yuqori bo’lgan sanoat oqovalari va sug’oriladigan suvlarning tushishi baliqlar va suvda suzuvchi qushlarni halokatga olib keladi.

Kaliy ham tirik organizmlarning muhim elementi hisoblanadi, ammo uning tarkibi jami 0,01-0,1 % ni tashkil etadi. Kaliy muskullarning qisqarishida, asab impulslarini yetkazuvchi sifatida qatnashadi. Kaliyning yetishmasligi fotosintezni buzadi, o’simlik barglari oqaradi va quriydi. Yer ustidagi o’simliklar kaliydan tuproq orqali oziqlanadi. Kaliyda gilli tuproqlar eng boy hisoblanib, sorbentli ionlar ko’rinishida ifodalanadi. Karbonatli tuproqlar kaliyga to’yinmagan. Shuning uchun kaliy ham zarur o’g’it sifatida foydalaniladi. Kaliyli o’g’it olish uchun muhim mineral, silvin KCl va karnallit MgCl KCl 6H2O hisoblanadi. Ular asosan yopiq suv havzalarida dengiz suvlarining bug’lanishida hosil bo’ladi. Muhim biogen element temir hisoblanadi. Yer po’stlog’ida uning tarkibi –3,3%, organizmlarda 10-2 – 10-3 %. Temir ko’pgina oksidlanish jarayonlarida kofaktor bo’lib hisoblanadi va gemoglobin tarkibiga kiradi. O’simliklar temirni tuproq eritmalaridan oladi.


X U L O S A

Mazkur ma’ruzalar matni ekologiya va tabiatdan oqilona foydalanish fani o’rganadigan hodisalar mazmunini ochishga harakat qildik, faqat uning xodisalari mohiyatini tushungan holdagina amaliy maqsadlarda foydalanish mumkin bo’ladi.

Biz bu maqsadlarga erishdikmi-yo’qmi? Bu albatta o’quvchilarga havola. Har narsa va hodisalarning mohiyatini bilish mumkin. Gegelning yozishicha: «Koinotning yashirincha mohiyatini bilishga qarshilik ko’rsatishga jur‘at qiladigan kuch y¢q»

Ekologiya tirik organizmlarning muayyan yashash sharoitida ularni o’rab turgan muhiti haqidagi ta‘limot sifatida paydo bo’lgan. Hozirgi vaqtda ekologiya tirik organizmlar va jonsiz muhitning o’zaro harakati va mavjudligi haqidagi fandir (V.I.Vernadskiy). Shuningdek, u ikki tomonni, tirik organizmlar va muhitni o’z ichiga oladi.

Ulardan qaysi biri «etakchi», qaysi biri «boshqarib boradi»? Shunday fikr yuritamiz. Muhit (tabiat) o’z-o’zicha mavjud. Okeanga unda hayot bormi yoki yo’qmi farqi yo’q. Atmosfera va quruqlik haqida ham shunday deyish mumkin.

Organizmlar yoki birmuncha uyushgan biotik tizimlar - boshqa masala. Ular o’z-o’zicha mavjud bo’lishi mumkin emas. Ularga albatta muhit zarur, ularda doimo moddalarning almashinishi amalga oshadi va o’zlarining muvozanatsiz holatini saqlash uchun negentropiyani o’zlashtiradi. Tasodifiy mutatsiyalar sababli organizmlarning yangi sharoitlarga ko’nikish qobilyati va tabiiy tanlash uchun muhit va organizmlar o’rtasidagi ziddiyatlarni hal etish, evolyutsiyaning harakatlantruvchi kuchi hisoblanadi. Aynan muhit mutatsiyalarning qaysi biri foydali ekanligini aniqlaydi.

Shunday qilib, organik va noorganik olam borligi qonuniy, chunki tirik tizimlar materiyaning eng yuqori shaklida namoyon bo’ladi. Biroq shu yerda ham parallel tuzilishni kuzatamiz. Ekologiyada tadbiq etilgan biogeotsenozlarni dastlabki elementar tuzuvchi yoki «atomlar», Yer biosferasini esa – «global Metagalaktika hayoti» sifatida qarash mumkin.

Boshqa tirik organizmlardan farqli ravishda Metagalaktikada insonning o’rni katta. Yer uning ekologik makoni hisoblanadi. Shu yerdan uni planetaning kelajagi uchun ongli ekologik javobgarligi kelib chiqadi. Demak, insonning energiyani qayta hosil qilish imkoniyati, uning muskul kuchi potentsialidan o’n va yuz marotaba oshadi.

Insonning ekologik javobgarligi yil sayin o’sib bormoqda. Bugungi kunda faqat taqiqlashlar, jarimalar, kam chiqindili texnologiyalarni tatbiq etish va boshqa «navbatchi» tadbirlar yetarli emas. Bugun: biosferaga nisbatan inson faoliyati strategiyasining o’zgarishi kabi so’zlar bilan ifodalangan radikal choralar juda kerak bo’ladi.

Bu nima bilan belgilanadi? Birinchidan, insonning ehtiyoji va ishlab chiqarish faoliyati tabiat biotsikli bilan muvozanatda bo’lmasligi. Ikkinchidan, inson - tabiat millionlab yillar davomida to’plangan yonilg’i va boshqa foydali qazilmalarni juda qisqa muddatda o’n yillarda ishlatganligi, ana shu sur‘atda davom etsa, bu resurslar tez vaqtda butunlay tugashi mumkinligi. Uchinchidan, qayta tiklanishi qiyin bo’lgan global jarayonlar to’liq davom etayapti (tropik o’rmonlarni kesish, gidrosfera, atmosfera va boshq. ifloslanishi). Boshqacha aytganda, biz shunday nuqtaga yaqinlashayapmizki, nafaqat alohida ekotizimlar, balki butun biosfera barqarorligini yo’qotishi mumkin.

Bu nuqtani har xil - biosferaning mezonli chegarasi, halokat nuqtasi yoki qandaydir boshqacha tusda atash mumkin. Gap bunda emas.

Amerikalik olim Lorents g’alati attraktor hodisalarini ochdi. Bu hodisalarning mohiyati shundan iboratki, biror - bir jarayonning rivojlanishi, amaliy jihatdan o’tmish holati bilan aniqlanmaydi. G’alati attraktor sharoitida tizimning xususiyati stoxastik tizimlar xususiyatidan farq qilmaydi, tizimning o’zi to’liq parchalangan bo’lishi, shuning uchun juda kichik ta‘sir etishlar istalgancha oqibatlarga olib kelish mumkin. Matematikada bu nuqtani bifurkatsiya nuqtasi yoki halokat nuqtasi (ya‘ni, R.Tomning ishidan keyin paydo bo’lgan - halokat nazariyasi) deb ataladi. Bifurkatsiya nuqtasida tizimdagi yuklama ayrim chegaradan chiqib keta boshlaganda darhol o’zgarishlar va qayta qurish bo’lib o’tadi; tizim barqarorligini va bir xilda rivojlanish traektoriyasini yo’qotadi.



Shunday qilib, antropogen ta‘sir etish yig’indisi, insoniyatni g’alati attraktor holati, biosferaning bifurkatsiya nuqtasiga yaqinlashtiradi, shundan keyin o’tmish tajribalari asosida kutilmagan holatlar yig’indisi vujudga keladi. Ana shunday holatlardan biri – biosferaning va insoniyatning o’zini halok bo’lishidir.

Ekologiyada bu kritik nuqtadan bifurkatsiyadan qochish imkoniyatlaridan biri, bu - global miqyosda kelishgan holda tabiat va inson boshqaradigan jamiyatining rivojlanishida biosferadan noosferagacha to’liq o’tishidir.

Agar o’quvchi bugungi kunda ekologiyaning bosh masalasi hisoblangan bu g’oyani chuqur o’rgansa, mualliflar o’zlarining vazifalarini qisman bo’lsada bajargan hisoblaydilar.

Ekologik tizimni o’rganishga qaratilgan yondashuvning yana bitta metodologik kamchiligi mavjud. Ko’p holatlarda ekotizimlar biologik jihatidagina o’rganiladi. Biroq hozirgi kunda ekologiya biologiya doirasidan chiqqanligini e‘tiborga olsak, bunday yondashuvni konstruktiv va progressiv deb atab bo’lmaydi.

Shunga bog’liq holda, dunyoning moddiy birligi qonuniga, V.I.Vernadskiyning Yer tarixida jonli va jonsizlikning chuqur o’zaro bog’liq kontseptsiyasiga yana bir marta e‘tiborni qaratishni hohlardik. Bunda Yer tarixini keng mazmundagi harakat (o’zgaruvchanlik, dinamika, evolyutsiya, oqim – bu ham harakatning sinonimlari) sifatida tushunmoq kerak.

V.I.Vernadskiyning kontseptsiyasi tabiiy hodisalarning mohiyatini bilishning yangi sifat bosqichlarini ko’rsatib qolmasdan, hatto tsivilizatsiya tarixiga ham ta‘sir etdi. Agar I.Nyuton birinchi bo’lib, harakat to’g’risidagi umumiy g’oyalarni qatorli matematik sxemaga aylantirgan bo’lsa, Ch.Darvin esa birinchi bor harakatlar (evolyutsiya) g’oyasini tirik materiyalar to’g’risidagi fanga joriy etdi. V.I.Vernadskiy birinchi bo’lib, barcha evolyutsion jarayonlarning Yerda sodir bo’ladigan birlik g’oyasini ta‘riflab berdi, jonlini jonsiz bilan birlashtirib bugungi kunda ko’pgina masalalarda ekologiya bilan birlashadigan, yangi tabiiy ilmiy fan sanalgan biogeokimyoni yaratdi. Bundan tashqari, uning noosfera (ong qobig’i) kontseptsiyasida jonli va jonsiz tabiatning evolyutsiya jarayonlari hamda inson jamiyatining o’zaro bog’liqligi ko’rsatilgan. Aynan faqat ana shunday yondashuv, bizni o’rab turgan dunyo hodisalarini o’rganishda ekologik yondashuv deb ataladi.







Download 197.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling