Ishchi o’quv dasturining tuzilmasi
I. DTS tomonidan o’quv faniga quyiladigan talablar
O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta‘limning DTS tizimi Oliy ta‘lim 5140500-“Geografiya va
iqtisodiy bilim asoslari” yo’nalishiga oid bakalavrning tayyorgarlik darajasi va o’zlashtiradigan
bilimlar mazmuniga zaruriy talablar O’zMU
tomonidan ishlab chiqilib, O’zbekiston
Respublikasi oliy
va o’rta maxsus ta‘lim Vazirligi 54-sonli 2002 yil 21 fevral buyrug’i bilan tasdiqlangan va joriy
etilgan hujjatlarga asosan ushbu ishchi o’quv kompleksi tuzildi.
O’zbekiston davlat standati – oliy ta‘lim 5140400 – “Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari”
bakalavr yo’nalishi 3-6-3 Umumkasbiy o’quv fanlar bo’limida “Geologiya asoslari” – Yer haqida
umumiy ma‘lumotlar, Yerning kosmik jismligi, Yer ichki qobiqlari, yer po’sti, uning kimyoviy
tarkib, tog’ jinslari, geologik jarayonlarni bilish zarurligi ko’rsatilgan. Yer tashqi dinamik va ichki
dinamik jarayonlar, yer po’sti strukturasi, tog’ jinslari qatlari, qatlarning yotish tektonik jarayonlar,
yerning va yer po’stining geologik rivojlanish tarixi. “Umumiy geomorfologiya”, relef, relef hosil
qiluvchi omillar, relefning endogen va ekzogen jarayonlar bilan bog’liqligi, geologik va
geomorfologik tadqiqot olib borishni bilish talablari qo’yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: