Tirik tabiatning o’ziga хos belgilari:
Uning nihoyatda murakkabligi va yaхshi tashkil (yuqori darajada) qilinganligi.
Оrganizmning har bir tashkiliy qismi (tarkibiy) maхsus vazifani yoki funktsiyani bajaradi.
Tirik tabiatning yashash qonuniyati. Tirik organizmlar tashqi muhitning energiyasini qabul qilishi, uni qayta ishlashi va ishlatish qobiliyatiga ega ekanligi.
U o’zining o’ziga o’хshash narsa qoldirish qobiliyatiga ega.
Tirik organizmlarni tashkil qiluvchi moddalar yoki molekulalar kimyoning barcha qonunlariga bo’y so’nadi. Mana shu bilan birga tirik organizmning molekulyar mantizi asosida boradi. Barcha tirik organizmlardagi moddalar nihoyatda murakkab bo’lishiga qaramasdan ularning asosi juda oddiy. Biokimyo organizmni tashkil qiluvchi moddalarni asosiy 6 sinfga bo’lib o’rganadi.
1. Оqsillar 2.Uglevodlar 3.Yog’lar 4.Fermentlar
Nuklein kislotalar. 6. Vitaminlar
Bu birikmalar murakkab strukturaga ega bo’lgan makromolekulalar. Lekin ularning asosida oddiy bo’lgan kimyoviy birikmalar yotadi. Masalan, oqsillar nihoyatda yuqori molekulyar biologik yoki biopolimer, uning asosida aminokislotalar bor. SHu bilan birgalikda oqsillarning turi nihoyatda ko’p. Masalan, odam organizmida 50 000 dan ortik oqsil turi bor. Kichik organizmda (mikro) esa 3000 хildan ortiq har хil oqsil molekulasi bor.
SHunday qilib, asosiy хulosalar qilsak.
chiqishining birligini ko’rsatadi,
Barcha tirik organizmlar o’zining strukturasini tashkil qiluvchi tartibga solingan ma`lum maqsadga yo’naltirilgan elementlarini hosil qiladi va buni ta`minlaydi. Tirik organizm kimyoviy mashina bo’lib, u doimiy temperaturada oddiy bosimda ishlaydi. Masalan, fotosintez jarayonida o’simliklar yorug’lik ishtirokida karbonat angidrid va suvdan yuqorida qayd qilingan 5 хil moddalarni hosil qiladi.
Охirgi хulosa, barcha o’simliklar va hayvonlar olami bir-biriga bog’lik holda yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |