Biokimyo pmd
Download 4.12 Mb. Pdf ko'rish
|
Sobirova R.A biokimyo
S = ——— ,
ω 2 .r bunda, V – erituvchi – oqsil chegarasining tezligi, sm/s; ω− rotorning burchak tezligi, rad/s; r – rotor markazidan oqsil eritmasi solingan yacheyka o‘rtasigacha bo‘lgan masofa (5 m). 14 Sedimentatsiya konstantasi shartli ravishda birlik deb qabul qilingan va Svedberg (S) deb nomlangan. Ko‘pchilik oqsillarning sedimentatsiya konstantasi 1-50 S oralig‘ida bo‘ladi, ba’zi hollarda bu qiymat 100S dan ortiq bo‘lishi mumkin. Molekulyar og‘irlikni topish uchun sedimentatsiya konstantasidan tashqari svedberg tenglamasi uchun erituvchi va oqsilning zichligi haqida qo‘shimcha ma’lumotlar zarur: R.T.s M = —————, D(1- υp) Bunda R – gaz doimiyligi erg (mol.grad); T – absolyut harorat (Kelvin shkalasi bo‘yicha); s – sedimentatsiya konstantasi; p – eritma zichligi; υ– oqsil molekulasining parsial solishtirma hajmi; D –diffuziya koeffitsienti. Ultratsentrifugalash usuli bilan oqsillar molekulyar og‘irligini aniqlash murakkab, ko‘p vaqt va qimmatbaho apparatlar talab etadi. Shuning uchun, keyingi yillarda, 2 ta oddiy usul ishlab chiqilgan (gelxromatografiya va elektroforez). Gel-xromatografiyadan foydalanganda birinchi navbatda kolonkani kalibrlash zarur. Buning uchun, sefadeksli kolonka orqali molekulyar og‘irligi ma’lum bo‘lgan bir necha oqsillar o‘tkaziladi va grafik chiziladi, bunda molekulyar og‘irlik logarifm ko‘rsatkichlari ularning elyutsion hajmlari to‘g‘risiga joylashtiriladi, ularni 1-rasmda ko‘rsatilganidek topiladi. 1-rasm. Elyutsia (Ve) hajmini o‘lchash Ma’lumki, sferik shaklli oqsil molekulyar og‘irligining logarifmi va evolyutsion hajmi o‘rtasida to‘g‘ri bog‘lanish mavjud. Shuning uchun, tekshiriluvchi oqsil molekulyar og‘irligini aniqlash oson. Bu usulning ikkinchi turi bo‘lib yupqa qavatdagi gel-xromatografiya 15 hisoblanadi. Sefadeksning yupqa qavati bo‘yicha oqsilning siljish uzunligi (mmlarda) oqsil molekulyar og‘irligiga logarifmik bog‘liqdir (2-rasm). Gel-xromatografiya soddaligi va tezligidan tashqari quyidagi qo‘shimcha afzalliklarga ega: oqsilni toza holda ajratishni talab etmaydi, chunki boshqa oqsillar aralashmasining aniqlashga ta’siri yo‘q. Negaki, ularning har biri kolonka orqali o‘ziga xos tezlik bilan molekulyar og‘irligiga bog‘liq ravishda o‘tadi. Bu holat enzimologiyada ko‘p qo‘llaniladi. Boshqa o‘xshash katalitik faollikga ega bo‘lmagan oqsillar bo‘lganda ham juda kam miqdorda bo‘lgan fermentlarning molekulyar og‘irligini aniqlash mumkin. Oqsillar molekulyar og‘izligini disk-elektroforezda poliakrilamid geldan foydalanib aniqlanganda, kalibrlangan oqsillar molekulyar og‘irligi logarifmi va poliakrilamidda oqsil zarrachalari harakatlanishiga bog‘liq bo‘lgan grafik chiziladi, so‘ngra tekshiriluvchi oqsil haraktlanishini aniqlab, grafikdan uning molekulyar og‘irligi topiladi. Download 4.12 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling