Biokimyo va molekulyar biologiya
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Biokimyo va molekulyar Lab
Ishning bajarilishi: 2 ta probirkaga 1 ml dan suyultirilgan so’lak solinadi.
Ulardan bittasi past olovda 2-3 daqiqa davomida qaynatib olinadi. Shundan so’ng har ikkala probirkaga 1 ml dan kraxmal eritmasidan solib, 10 daqiqa 38°C li termostatga qo’yiladi. Keyin har ikkala probirkadagi suyuqlik ikkiga bo’linib, Trommer va Lyugol reaksiyalari o’tkaziladi. Shuni aytish kerakki, qaynatilgan so’lakli probirkada kraxmalning fermentativ gidrolizi bo’lmaydi. 8 – laboratoriya mashg`uloti Fermentlarning spetsifikligi Fermentlarning spetsifik ta’sir qilishi eng muhim xossalaridan biridir. Har bir ferment ma’lum bir moddaga yoki tuzilishi jihatdan o’xshash bo’lgan moddalar guruhiga ta’sir qiladi. Quyidagi spetsifiklik turlari farqlanadi: a) absolyut spetsifiklik, bunda ferment faqatgina bitta moddani o’zgarish reaksiyasini katalizlaydi. Masalan, ureaza (karbamidamidogidrolaza) mochevinani ammiak va uglerod (II) -oksidigacha gidrolitik parchalanishini katalizlaydi. b) gruppali spetsifiklik, bunda ferment tuzilishi jihatdan o’xshash bo’lgan moddalarning o’zgarish reaksiyalarini katalizlaydi. Masalan, saxaraza (β- fruktofuranozidaza) saxarozani gidrolitik parchalab, bunda glyukoza va fruktoza hosil bo’ladi, lekin shu ferment trisaxarid rafinozaning (α-galaktozido-α-glyukozido-β- fruktozid) gidrolitik parchalanishini katalizlaydi va bunda faqatgina fruktoza molekulasi ajralib chiqadi, galaktoza bilan glyukoza orasidagi bog’ esa buzilmay qoladi. v) nisbiy spetsifiklikka ega bo’lgan fermentlar ma’lum kimyoviy bog’ hosil bo’lishi yoki parchalanish reaksiyasini katalizlaydi. Masalan, lipaza fermenti glitserin turli hildagi yog’ kislotalar bilan hosil qilgan murakkab efir bog’larini suv ishtirokida uzadi, ya’ni ferment murakkab efir bog’lariga nisbatan spetsifiklikka ega. g) stereokimyoviy spetsifiklik, bunda ferment moddaning faqatgina bitta stereoizomerining sintezlanishini yoki parchalanishini katalizlaydi. L-sut kislotasining pirouzum kislotasigacha oksidlanishi laktatdegidrogenaza fermenti orqali amalga oshiriladi, lekin o’sha jarayon D-sut kislotasida boshqa ferment d- laktatdegidrogenaza fermenti orqali amalga oshiriladi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling