Biokimyo va molekulyar biologiya
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Biokimyo va molekulyar Lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning bajarilishi
Reaktivlar: a) so’lak (10 marta suyultirilgan), b) 1% li saxaroza, v) 1% li
kraxmal, g) Trommer reaksiyasi uchun kerakli reaktivlar. Ishning bajarilishi: 2 ta probirka olib, ularning har biriga 1 ml dan suyultirilgan so’lak solinadi. Ulardan biriga 1 ml saxaroza, ikkinchisiga 1 ml kraxmal solib, 10 daqiqa termostatga (38°C ga) qo’yiladi. Bundan keyin sovitiladi va har bir 24 probirkada Trommer reaksiyasi qilib ko’riladi. Reaksiya natijasi shuni ko’rsatadiki, amilaza faqatgina kraxmalni katalizlaydi, saxarozaga ta’sir etmaydi. 9 – laboratoriya mashg`uloti So’lakdagi amilaza fermentining aktivligiga pH ning ta’siri. Har bir ferment ma’lum pH muhitida optimal aktivlikka ega bo’ladi. Masalan, pepsin uchun pH 1,5-2,0 ga teng, so’lak amilazasi uchun 6,8 -7,0; tripsin uchun 7,8; oshqozon osti bezining lipazasi uchun 7,0-7,8 ga teng bo’ladi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, har xil substratdan ajratib olingan va bir xil reaksiyani katalizlaydigan fermentlar o’zining optimal aktivligini pH ning har xil ko’rsatkichlarida namoyon qiladi. Masalan, shakarqamishda uchraydigan saxarazaning optimal ta’sir qilish pH ko’rsatkichi 6,2 ga teng, achitqilardan ajratib olingan saxarazaning optimal pH 4,6-6,0 ga teng. So’lak amilazasining optimal pH 6,8-7,0 ga teng bo’lsa, unayotgan bug`doy amilazasining pH 4,4 - 4,5 ga teng bo’ladi. Reaktivlar: a) so’lak (100 marta suyultirilgan), b) 0,5% li kraxmal, v) 1% li natriy xlorid, g) 0,1 M li limon kislota, d) 0.2 M li natriy fosfat, e) Lyugol eritmasi. Ishning bajarilishi: 7 ta probirka olib, ularning har biriga limon kislota va natriy fosfatning eritmasidan jadvalda ko’rsatilgandek qilib solinadi. Bunda har bir probirkadagi eritma 5,6 dan 8,0 gacha pH ga ega bo’ladi. Shundan so’ng har bir probirkaga 10 tomchidan 1% li natriy xlorid, 0,5% li kraxmal va 100 marta suyultirilgan so’lak solinadi va aralashtiriladi. Probirkalar 10 daqiqa 38°C li termostatga qo’yiladi. Vaqt o’tgach probirkalarni termostatdan olib tezda sovitiladi va har biriga 1 tomchidan Lyugol eritmasidan solinadi va hosil bo’lgan rang kuzatiladi. Shundan so’ng qaysi probirkada kraxmal to’liq parchalanganligini pH ga qarab aniqlash kerak (yod bilan sariq yoki qo’ngir sariq rang hosil bo’lishi kerak). Jadval Probirkalar nomeri Natriy fosfat, ml Limon kislota, ml Bufer aralashmasining pH 1 0,58 0,42 5,6 2 0,63 0,37 6,0 3 0,69 0,31 6,4 4 0,77 0,23 6,8 5 0,87 0,13 7,2 6 0,94 0,06 7,6 7 0,97 0,03 8,0 Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling