Biokimyo va molekulyar biologiya
Reaktivlar: a) 0,5% li kraxmal eritmasi, b) Lyugol eritmasi, v) Barfed reaktivi Ishning bajarilishi
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Biokimyo va molekulyar Lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning bajarilishi
- Reaktivlar
Reaktivlar: a) 0,5% li kraxmal eritmasi, b) Lyugol eritmasi, v) Barfed reaktivi
Ishning bajarilishi: probirkaga 1-2 ml kraxmal eritmasidan solinadi va unga 1-2 tomchi Lyugol eritmasidan qo’shiladi. Natijada quyuq ko’k rang hosil bo’ladi. Isitilganda rang yo’qoladi va sovitilgach, yana paydo bo’ladi. 31 Kraxmalning qaytaruvchi xossasini tekshirish Reaktivlar: a) 1% li kraxmal, b) konsentrlangan xlorid kislota, v) Trommer reaksiyasi uchun reaktivlar: 5% li natriy ishqori, 5% li mis sulfat, v) Barfed reaktivi Ishning bajarilishi: 2 ta probirkaga 4-5 ml dan kraxmal eritmasidan solinadi. Birinchi probirkaga 3 tomchi konsentrlangan xlorid kislota, ikkinchi probirkaga shuncha miqdorda distillangan suv solinadi. Ikkala probirkalar 10-15 daqiqa qaynab turgan suv hammomiga qo’yiladi. Sovitilgandan so’ng Trommer reaksiyasi o’tkazib ko’riladi. Birinchi probirkada mis gidroksidining qizil cho’kmasi tushadi. Bunda kraxmal gidrolitik parchalanib, metallarni qaytarish reaksiyalarini namoyon qiladi. Ikkinchi probirkada esa bu reaksiya amalga oshmaydi. 13 – laboratoriya mashg`uloti Qondagi glyukoza miqdorini Xagederon - Iensen usuli bo’yicha aniqlash Metodning mohiyati: Redutsirlanuvchi uglevodlar ishqoriy muhitda qizdirilganda kaliy ferritsianid tuzini (qizil qon tuzi) kaliy ferrotsianid tuzigacha (sariq qon tuzi) qaytaradi. Uglevodlar bunda aldon va aldar kislotalarigacha oksidlanadi. Bu reaksiyani normal o’tkazilishi uchun ferritsionidning miqdori ko’p bo’lishi kerak. Sarflanmagan ferritsianid qoldig`ini yodometrik usul bilan aniqlash natijasiga ko’ra tekshirilayotgan tajribadagi uglevodning miqdori belgilanadi. Sirka kislota ishtirokida kaliy yodid qolgan ferritsianid bilan oksidlanadi va erkin yod ajralib chiqadi. Reaksiyani miqdoriy holatiga o’tkazish uchun rux sulfat qo’shiladi, bunda hosil bo’lgan ferrotsionid murakkab ruxli birikma shaklida cho’kmaga tushadi: hosil bo’lgan yod esa natriy giposulfit bilan titrlanadi. Bu metod bo’yicha uglevodlarni miqdoriy aniqlash uchun maxsus jadvaldan foydalaniladi (jadval). Xagederon-Iensen metodi uglevodlarni miqdoriy 2 dan 385 mkg oralig`idagi diapozonda aniqlay oladi. Bu metod o’zining juda sezgirligi va aniqligi bilan ajralib turadi. Reaktivlar: 1. 0,005 N li K 3 (Fe (CN) 6 ) ning 0,1N li Na 2 SO 3 daga eritmasi. 2. KI eritmasi. Buni tayyorlash uchun erituvchi sifatida 5 % li ZnSO 4 ning 25 % NaCl dagi eritmasi hizmat qiladi. Aniqlashdan avval 100 ml shu eritmaga 2,5 g KI qo’shiladi. 3. 3 % li sirka kislotaning eritmasi. 4. Kraxmalning 1 % li eritmasi. 32 5. 0,05 N li Na 2 S 2 O 3 eritmasi. Bu eritma ishlatishdan avval tayyorlanadi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling