35
yog`larning har xil erituvchilardagi eruvchanligi kuzatiladi. Spirtli probirkani suv
hammomida isitish tavsiya etiladi. Tajribaning natijalari yozib qo’yiladi.
2. Yog`larning emulsiyalanishi
Reaktivlar: a) o’simlik moyi, b) 2%
li natriy karbonat, v) 2% li sovun
eritmasi, g) o’t suyuqligi, d) distillangan suv.
Ishning bajarilishi: 4
ta probirka olib, har biriga 5 tomchidan o’simlik
moyidan tomiziladi. Birinchi probirkaga 2 ml distillangan suv, ikkinchi probirkaga 2
ml 2% li natriy karbonat
eritmasidan, uchinchi probirkaga 2% li sovun eritmasidan,
to’rtinchi probirkaga esa 2 ml suv va bir necha tomchi o’t suyuqligidan solinadi.
Hamma probirkalar yaxshilab chayqatiladi va har bir probirkada hosil bo’lgan
emulsiya kuzatiladi. Birinchi probirkada hosil bo’lgan emulsiya beqaror bo’lib,
ozgina vaqt o’tishi bilan suv va moy qatlamlariga ajralib ketadi. Qolgan probirkalarda
hosil bo’lgan emulsiya barqaror bo’lib, o’zgarishsiz qoladi. Buning sababi shuki,
probirkalarga qo’shilgan emulgatorlar yog` tomchilarining
sirtqi qatlamiga
adsorbsiyalinib, uning sirt tarangligini kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: