Vitamin E ga xos sifat reaksiyalari
Vitamin E (tokoferol) yuqori haroratga chidamli bo’lib, nitrat kislota bilan
oson oksidlanish xususiyatiga ega. U ultrabinafsha nurlari ta’sirida buziladi.
Tokoferollar antioksidant hisoblangan A vitaminini va karotinoidlarni oksidlanishdan
saqlaydi. Tokoferollar o’simlik moylarida (soya, kungaboqar, kunjut, zig`ir va paxta
moylarida) ko’p bo’ladi. Undan tashqari ko’pgina hayvon va o’simlik maxsulotlari:
tuxum, jigar, sut, sariyog`, mol go’shti, karam, yeryong`oq, na’matak va oq
smorodina tarkibida bo’ladi. Odamning tokoferolga bo’lgan sutkalik extiyoji 10 mg
dan 30 mg gachani tashkil etadi.
- Tokoferol
Nitrat kislota bilan boradigan reaksiya.
Kuchli oksidlovchilar, masalan konsentrlangan nitrat kislotasi bilan reaksiyaga
kirishib, tokoferol tokoferilxinonga aylanadi. Bunda qizil yoki sarg`ish-qizil rangli
birikma hosil bo’ladi.
Reaktivlar: a) E vitaminining yog`li konsentratini 0,15% li etil yoki butil
spirtidagi eritmasi, b) konsentrlangan nitrat kislota.
Ishning bajarilishi: E vitaminining spirtli eritmasidan bir necha tomchi olib,
ustiga 8-10 tomchi konsentrlangan nitrat kislotadan sekinlik bilan qo’shiladi va
probirkalar sekin chayqatiladi. 1-2 daqiqadan keyin probirkadagi aralashma qizil yoki
sarg`ish-qizil rangga kiradi. Reaksiya juda shiddat bilan boradi, shuning uchun nitrat
kislotani probirka devoridan sekinlik bilan qo’shilishi va bu ishlar tortuvchi shkaf
tagida olib borilishi kerak bo’ladi.
Temir xlorid bilan olib boriladigan reaksiya
Tokoferollar temir xlorid bilan oksidlanib, temir xlorid FeCI
2
gacha
qaytariladi. Fe
2+
ioni ortofenantrolin bilan reaksiyaga kirishib, Fe(C
12
H
8
N
2
)
3
ning
kompleks ioni xosil bo’ladi va natijada eritma qizil rangga bo’yaladi.
Tokoferollar temir xlorid bilan oksidlanganda piran halqasining buzilishi
amalga oshadi va oksialkilxinon hosil bo’ladi.
Reaktivlar: a) vitamin E ning 0,15% li etil spirtidagi eritmasi, b) 0,2% li temir
xloridning spirtli eritmasi (bu eritma qorong`u joyda saqlanishi kerak), v)
ortofenantrolinning 5% li spirtli eritmasi.
O
CH
3
CH
3
OH
CH
3
(CH
2
)
3
-CH(CH
2
)
3
-CH(CH
2
)
3
-CH-CH
3
CH
3
CH
3
CH
3
CH
3
40
Do'stlaringiz bilan baham: |