Biokimyo va molekulyar biologiya


Riboflavinni qaytarilish reaksiyasi


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/45
Sana28.12.2022
Hajmi0.95 Mb.
#1020557
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
Biokimyo va molekulyar Lab

Riboflavinni qaytarilish reaksiyasi. 
Riboflavin oson oksidlanib, oson qaytarilishtarilish xususiyatiga ega. Uning 
vodorod bilan qaytarilishi natijasida rangsiz birikma leykoflavin hosil bo’ladi. Bu 
birikmaning oksidlanishi natijasida esa osongina riboflavin hosil bo’ladi. 
Reaktivlar: a) riboflavinning 0,015% li eritmasi (eritma qora shisha idishda 
saqlanishi kerak, b) konsentrlangan xlorid kislota, v) metall holidagi rux. 
Ishning bajarilishi: 1 ml riboflavinning eritmasiga 10 tomchi konsentrlangan 
xlorid kislotadan va bir bo’lak rux metalidan soldinadi. Ajralib chiqadigan vodorod 
ta’sirida eritmaning rangi sekin-asta o’zgarib boradi. Dastlab sariq rang paydo 
bo’ladi, u yashil rangga , keyin malina rangiga, pushti rangga aylanib, keyin 
rangsizlanadi. Bir necha daqiqadan keyin probirkaning yuqori qismidagi suyuqlik 
yana sariq rangni oladi. 
Vitamin PP (B
5
, nikotin kislotasi) 
Vitamin PP o’zining kimyoviy tabiatiga ko’ra nikotin kislotasi va uning amidi 
hisoblanadi. 
Nikotin kislotasining va uning amidining biologik aktivligi bir xil, lekin 
organizmda nikotinamid ko’proq uchraydi, chunki nikotin kislotasi organizmda oson 


44 
amid xoliga o’tadi. Shuning uchun ko’pgina olimlar nikatin kislotasini vitamin PP 
ning provitamini, nikotinamidni esa vitamin PP deb ataydilar. Nikotinamid biologik 
oksidlanish jarayonida eng asosiy birikma hisoblanadi. U anaerob degidrogenazalar 
tarkibiga 
kiradi 
va 
nikotinamidadenindinukleotid 
(NAD) 
va 
nikatinamidadenindinukleotidfosfatlarning kofermenti hisoblanadi. 
Vitamin PP etishmasa, pellagra kasalligi kelib chiqadi. Vitamin o’simlik va 
hayvon maxsulotlarida keng tarqalgan bo’lib, odamning unga bo’lgan sutkalik 
extiyoji (yoshga va mexnat turiga va organizmning xolatiga ko’ra) 15-25 mg ni 
tashkil etadi. 
Mis astetat bilan boradigan reakstiya. Nikotin kislotasi sirka kislotali muxitda 
mis tuzlari bilan reakstiyaga kirishib, nikotin kislotasining ko’k rangli mis tuzini hosil 
qiladi. 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling