Biokimyo va molekulyar biologiya


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/45
Sana28.12.2022
Hajmi0.95 Mb.
#1020557
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45
Bog'liq
Biokimyo va molekulyar Lab

Ishning bajarilishi: 4 ta probirka olib, ularga 1 ml dan tuxum oqsili 
eritmasidan solinadi va tomchilatib og`ir metall tuzlarining eritmasidan solinadi: 1-
probirkaga qo’rg`oshin atsetat, 2-probirkaga mis sulfat, 3-probirkaga temir xlorid, 
to’rtinchi probirkaga kumush nitrat eritmalaridan cho’kma tushguncha solinadi. 
Keyin har bir probirkaga kerakli tuz eritmalaridan qo’shimcha solinadi, natijada 
uchchala probirkadagi cho’kmalar erib ketadi. To’rtinchi probirkadagi kumush nitrat 
solingan cho’kma erimaydi. 
 
5 – laboratoriya mashg`uloti 
Mavzu: Oqsillarni dializ qilish va izoelektrik nuqtasini aniqlash 
 
Dializ 
Dializ yordamida oqsilning makromolekulyar eritmasi quyi molekulali 
birikmalardan (tuzlardan, qandlardan) tozalanadi. Shu sababli dializ oqsillarnii 
tozalash bosqichlaridan biri hisoblanadi. 
Reaktivlar: a) osh tuzi qo’shilgan tuxum oqsili eritmasi, b) 0,5% li kumush 
nitrat, v) 10% li nitrat kislota, g) 10% li o’yuvchi natriy, d) 1% li mis sulfat.


21 
Ishning bajarilishi: Sellofan yoki kollodiydan yasalgan haltachaga yarim 
qilib, natriy xlorli tuxum oqsili eritmasidan solinadi. Haltachani shisha tayoqchaga 
osib, distillangan suvli stakanga solinadi. Dializ, hona temperaturasi sharoitida olib 
boriladi. Oradan 40-60 minut o’tgach, stakandagi suvdan 2 ml dan olib, 2 ta 
probirkaga solinadi. 
Birinchi probirkada xlor ionlarini tekshirish uchun reaksiya qilib ko’riladi. 
Buning uchun suvga bir necha tomchi 10% li nitrat kislotadan qo’shiladi va uning 
ustiga 2-3 tomchi kumush nitrat eritmasidan solinadi. Natijada kumush xloridning oq 
cho’kmasi hosil bo’ladi.
Ikkinchi probirkada biuret reaksiyasi qilib ko’riladi. Agar dializ to’g`ri olib 
borilgan bo’lsa, biuret reaksiyasi chiqmasligi kerak. 
Har 16-20 daqiqada suvni almashtirish bilan dializni tezlashtirish mumkin. 
Dializ xlor ionlarini tekshirish uchun qilinadigan reaksiya chiqmaguncha olib 
boriladi. 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling