Biokimyo va molekulyar biologiya


Izoelektrik nuqtani aniqlash


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/45
Sana28.12.2022
Hajmi0.95 Mb.
#1020557
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45
Bog'liq
Biokimyo va molekulyar Lab

Izoelektrik nuqtani aniqlash 
Izoelektrik nuqtada oqsillar beqaror bo’ladi. Oqsil molekulasining musbat va 
manfiy zaryadlari teng bo’lgan pH ko’rsatkichida u osongina cho’kmaga tushadi. 
Bunga sabab oqsil molekulalari bilan suv dipollari orasidagi bog`lanishni uzilishidir. 
Har bir oqsil uchun ma’lum pH ko’rsatgichi izoelektrik nuqtani belgilaydi. Masalan, 
kazein uchun pH 4,7 ga, tuxum albumini uchun 4,8 ga, jelatina uchun 4,9 ga, zein 
uchun 6,2 ga teng. Protaminlar va gistonlarning izoelektrik nuqtasi kuchsiz ishqoriy 
muhitga to’g`ri keladi. 
Oqsillarni izoelektrkk nuqtada cho’kmaga tushishini suv tortib oluvchi 
moddalar (spirt, atseton, efir) yoki tanin qo’shish bilan tezlashtirish mumkin. Organik 
erituvchilar oqsil molekulasidan suvni tortib oladi va oqsil tezda suv qobig`ini 
yo’qotib, cho’kmaga tushadi. Tanin esa azot tutuvchi geterosiklik gruppalar bilan 
qo’shilishib, suvda erimaydigan birikma hosil qiladi.
Reaktivlar: a) 0,5% li jelatina, b) 0,1 N li sirka kislota, v) 0,1 N li natriy 
astetat, g) 96% li etil spirti, d) 0,1% li tanin. 
Ishning bajarilishi: 5 ta probirka olib, ularning har biriga sirka kislotadan va 
natriy atsetat eritmasidan quyidagi jadvalda ko’rsatilgandek qilib solinadi. Shundan 
so’ng har bir probirkaga 1 ml dan jelatina eritmasidan solinadi va yaxshilab 
chayqatiladi. 
Jadval 
Probirka 
larning № 
Bufer eritmaning tarkibi,
0,1 N 
eritma 
pH
0,5% li 
jelatina 
etil 
spirt, 
ml 
Loyqala 
nish 
darajasi 
CH
3
COOH CH
3
COONa 

1,8 
0,2 
3,8 




1,4 
0,6 
4,4 




1,0 
1,0 
4,7 




0,6 
1,4 
5,1 




0,2 
0,8 
5,7 





22 
Oradan 5-10 daqiqa o’tgach hamma probirkalar tekshirib, ularning loyqalanish 
darajasi ko’riladi. Qaysi probirkadagi loyqalanish eng yuqori bo’lsa, jadvalga 
qarab shu probirkadagi suyuqlikning pH darajasi topiladi va shunga qarab 
tekshirilayotgan oqsilning izoelektrik nuqtasi aniqlanadi. 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling