25
10 – laboratoriya mashg`uloti
Monosaxaridlarga xos sifat reaksiyalari
α- naftol yoki timol bilan boradigan reaksiya
Bu reaksiya uglevodlarga xos eng sezgir reaksiya hisoblanadi.
Uglevodlar
sulfat kislota bilan reaksiyaga kirishib, furfurol va 5-oksimetilfurfurol hosil qiladi va
bu hosil bulgan birikma α-naftol yoki timol bilan qo’shiladi, bunda triarilmetan
xromogeni va oxirida asa sulfat kislota bilan oksidlangan, bo’yalgan xinoid birikmasi
hosil bo’ladi.
Reaktivlar: a) 0,5%
li glyukoza, b) 1% li timol, v) α–naftolning 0,2% li
spirtdagi eritmasi, g) konsentrlangan sulfat kislota
Ishning bajarilishi: 2 ta probirka olib, ularning har biriga 2 ml dan glyukoza
eritmasidan solinadi va 1-probirkaga 3-4
tomchi timoldan, ikkinchisiga esa shuncha
miqdorda α
-naftoldan solib, yaxshilab chayqatiladi. Shundan so’ng, har ikkala
probirkaga konstentrlangan sulfat kislotadan 1-2 ml probirka devori orqali quyiladi.
Birinchi probirkadagi
suyuqlik qizil rangga, 2-probirkadagi suyuqlik esa binafsha-
qizil rangga kiradi. Bu rang ikki qatlam chegarasida yaqqol namoyon bqladi.
Antron bilan boradigan reaksiya
Reaksiya davomida sulfat kislota uglevodlar bilan birikib,
furfurol,
metilfurfurol yoki oksimetilfurfurol hosil qiladi. Bu birikmalar antron bilan
kodensatlanib, yashil, havorang yoki ko’k rang beradi.
Reaktivlar: a) 0,5% li glyukoza, b) 0,5% li fruktoza, v) Antron reaktivi.
Ishning bajarilishi: Probirkaga glyukoza eritmasidan 4-5
tomchi solinadi va
unga 2 ml antron reaktividan qo’shiladi. Probirka yaxshilab chayqatiladi va 30 daqiqa
xona haroratida qoldiriladi. Shundan so’ng kondensatsiyaning mahsuloti bo’lgan
yashil yoki havorang birikma hosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: