Biokimyo va molekulyar biologiya


Download 0.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/45
Sana28.12.2022
Hajmi0.95 Mb.
#1020557
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45
Bog'liq
Biokimyo va molekulyar Lab

 
 
Ishning bajarilishi: 3-4 ml 1% li glyukoza yoki fruktoza eritmasiga teng 
miqdorda Feling reaktividan qo’shiladi va qaynaguncha qizdiriladi. Natijada mis 
gidroksidining qizil cho’kmasi tushadi. 
Feling reaktivi bilan boradigan reaksiya hayvon va o’simlik to’qimalaridagi 
redutsirlangan qandlarning miqdorini aniqlashda foydalaniladi. 
Kumush oksidining qaytarilish reaksiyasi 
(kumush ko’zgu reaksiyasi) 
Monosaxaridlardagi karbonil guruhi kumush oksidining ammiakli eritmasini 
Ag metalligacha qaytaradi: 
HCOH
HOCH
HCOH
HCOH
CH
2
OH
O
C
H
HCOH
HOCH
HCOH
HCOH
CH
2
OH
COONH
4
+ 2 [Ag(NH
3
)
2
]OH
+ 2 Ag + 3 NH
3
+ H
2
O
AgNO
3
+ 3 NH
4
OH
[Ag(NH
3
)
2
]OH + NH
4
NO
3
+2H
2
O
Reaktivlar: v) 5% li kumush nitrat eritmasi, b) 1% li glyukoza, v) 10% li 
ammiak. 
Ishning bajarilishi: probirkaga 1 ml 5% li kumush nitrat eritmasidan solinadi 
va ustiga tomchilatib ammiak eritmasidan qo’shiladi. Avvaliga kulrang cho’kma 
hosil bo’ladi va ammiak yana qo’shilishi natijasida erib ketadi. Kumush nitratning 
ammiakli eritmasiga 2-3 ml glyukozadan qo’shiladi. Probirkalar 80°C li suvga 5-10 
daqiqaga qo’yiladi. Shundan keyin probirka devorida kumush metalining ko’zguga 
o’xshash cho’kmasi hosil bo’ladi. 
 
 
 
 
 
 


29 
11 – laboratoriya mashg`uloti 
Disaxaridlarga xos reaksiyalar 
 
Disaxaridlarning molekulasi 2 ta monosaxarid molekulasidan tuzilgan bo’lib, 
o’zaro glikozid bog`i bilan bog`langan. Disaxaridlardan saxaroza, maltoza, laktoza, 
tregaloza, sellobioza va boshqalar keng tarqalgan.
Disaxaridlarning monoz molekulalarining bog`lanishiga qarab ikkita tipga 
bo’linadi.
1) maltoza tipidagi bog`lanish
2) tregaloza tipidagi bog`lanish. 
Maltoza tipida bog`langan disaxaridlar 2 ta monoz qoldig`idan tuzilgan bo’lib, 
bitta glikozid gidroksidi (karbonil guruh) bog`lanmagan holda bo’ladi va maltoza 
tipida tuzilgan disaxaridlarning hammasi karbonil guruhi uchun hos bo’lgan 
reaksiyalarni: Trommer, Benedikt, Nilander, Feling eritmasi bilan namoyon qiladi. 
Bu tipga maltoza, laktoza, sellobiozalar kiradi. 
Tregaloza tipida tuzilgan disaxaridlarning molekulasida monosaxaridlar ikkita 
glikod gidroksillari o’zaro kislorod ko’prigini hosil qilib bog`langan. Shuning uchun 
tregaloza tipidagi disaxaridlar qaytarish xossalariga ega emas. Bu tipga saxaroza va 
tregalozalar kiradi. 

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling