Biokimyo va molekulyar biologiya
Disaxaridlarning qaytarish xossalari
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Biokimyo va molekulyar Lab
Disaxaridlarning qaytarish xossalari
Reaktivlar: a) 2% li maltoza eritmasi; b) 2% li laktoza eritmasi; v) 2% li saxaroza eritmasi; g) Benedikt, Nilander reaktivlari, Feling eritmasi, Trommer reaksiyasi uchun reaktivlar Ishning bajarilishi: Probirkaga 2 mldan maltoza, laktoza, saxaroza eritmalaridan solinadi va ular bilan Benedikt, Nilander, feling eritmasi bilan va Trommer reaksiyalari olib boriladi. Maltoza va laktozalar qaytarish xossalarini namoyon qiladi, saxaroza esa bu xossaga ega emas. Chunki, saxaroza molekulasida erkin glikozid bog`i yo’q. Saxaroza inversiyasi Reaktivlar: a) 2%li saxaroza eritmasi, b) konstentrlangan xlorid kislota, v) 10% li natriy ishqori, g) Trommer, Benedikt, Nilander va Selivanov reakstiyalari uchun reaktivlar Ishning bajarilishi: Probirkaga 4 ml saxaroza eritmasidan solinadi va unga 2- 3 tomchi xlorid kislotadan solinadi va qaynab turgan suv hammomida 10-15 minut qaynatiladi. Shundan so’ng probirkalar olinadi , sovitiladi va natriy ishqori solinib lakmus qog`ozi bilan tekshirilgan holda neytrallanadi. Neytrallangan namunalar bilan Trommer, Benedikt yoki Nilander reksiyalarini o’tkazib ko’riladi. Saxarozaning inversiyasi mahsuloti bo’lgan glyukoza va fruktozalar qaytarish reaksiyalarini namoyon qiladi. Invertning bir qismi bilan fruktoza uchun xarakterli bo’lgan Selivanov reaksiyasi bajariladi. 30 Saxarozani kobalt tuzlari bilan reaksiyasi Saxaroza ishqoriy muxitda kobalt ionlari bilan binafsha rang hosil qiladi. Reaktivlar: a) 2% li saxaroza eritmasi, b) 2% li kobalt nitrat yoki kobalt sulfat, v) 5% li natriy yoki kaliy ishqori. Ishning bajarilishi: Saxarozaning 2% li eritmasiga 1 ml ishqor solinadi va bir necha tomchi kobalt tuzi eritmasidan qo’shiladi. Reaksiya natijasida binafsha rang hosil bo’ladi. Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling