Biokimyo va molekulyar biologiya
Download 0.95 Mb. Pdf ko'rish
|
Biokimyo va molekulyar Lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Erkin yog` kislotalarining ajralish reaksiyasi. Reaktivlar
Ishning bajarilishi: Katta hajmdagi probirkaga 0,5 ml o’simlik moyidan yoki
0,5 g hayvon yog`idan solinadi va ustiga 10 ml kaliy ishqorining spirtdagi eritmasidan quyiladi. Probirkaning og`zi havo sovutgichiga ulangan po’kak bilan berkitiladi va 30 daqiqa davomida qaynab turgan suv hammomida qaynatiladi. Shundan so’ng probirkaga issiq suv solinib, hosil bo’lgan sovun eritiladi. 5. Erkin yog` kislotalarining ajralish reaksiyasi. Reaktivlar: a) sovun eritmasi, b) xlorid kislota (1 : 1). Ishning bajarilishi: 5 ml sovun eritmasiga 1-2 ml xlorid kislota eritmasidan solinadi. Kuchli kislotalarning sovun bilan qo’shilishi natijasida erkin yog` kislotalari ajralib chiqadi va suyuqlikning ustida aniq ko’rinib turadi. Reaksiya quyidagi formula orqali amalga oshadi: C 17 H 35 COOK+HCI→C 17 H 35 COOH+KCI 15 – laboratoriya mashg`uloti Vitaminlarga xos sifat reaksiyalar VITAMINLAR Vitaminlar kichik molekulali moddalar bo’lib, turli organik birikmalarning sinflariga mansub. Vitaminlar hayvon, o’simlik va mikroorganizmlarda kechadigan muhim fiziologik va biokimyoviy jarayonlarda aktiv qatnashadigan birikma hisoblanadi. Ko’pincha vitaminlar fermentlarning oqsil bo’lmagan qismini tashkil qiladi. Vitaminlar asosan o’simliklarda sintezlanadi. Odam va hayvon organizmiga esa ovqat bilan birga kiradi. Ovqatda vitaminning tarkibi kam bo’lsa, yoki organizmga so’rilishi buzilsa, moddalar almashinuvi izdan chiqadi va avitaminoz kasalligi kelib chiqadi. Vitaminlarning funksiyalari bir-biri bilan bog`langan bo’lib, ko’pincha polivitaminoz kuzatiladi. Vitaminning kamayib ketish holati (gipovitaminoz) ko’pincha uzoq vaqt antibiotiklar va sulfonilamidlarni qabul qilish natjasida ham uchraydi. Vitaminlarni keragidan ortiq qabul qilish natijasida gipervitaminoz vujudga kelib, moddalar almashinuvining buzilishiga olib keladi. Vitaminlarni sinfga 37 bo’lishda ularning eruvchanligi hisobga olingan. Shunga asosan vitaminlar 2 guruhga bo’linadi: a) Yog`da va organik erituvchilarda eriydigan vitaminlar; b) Suvda eriydigan vitaminlar. Yog`da va organik erituvchilarda eriydigan vitaminlarga quyidagilar kiradi: 1) A guruh vitaminlari; 2) D guruh vitaminlari; 3) E guruh vitaminlari; 4) K guruh vitaminlari; 5) To’yinmagan yog` kislotalari (F). Suvda eriydiganlari quyidagilar: B guruh vitaminlari: B 1 - tiamin, B 2 - riboflavin, PP-nikotinamid, B 6 - piridoksin, H-biotin, pantoten kislota, xolin, inozit, fol kislotasi, B 12 - stiankobalamin, B - pangomat kislota, S vitamini (askorbin kislota). Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling