Biologik faol kompleks birikmalar


Download 36.1 Kb.
Sana23.12.2022
Hajmi36.1 Kb.
#1046656

BIOLOGIK FAOL KOMPLEKS BIRIKMALAR 
Uzoq vaqt olib borilgan tadqiqotlar natijasida XIX asrning oxirlariga kelib, barcha kimyoviy birikmalar ikki turkumga bo‘linadi : bularning biri atomli (yoki sodda) birikmalar va ikkinchisi molekulyar (yoki murakkab) birikmalar nomini oldi. Keyinroq birinchi xil birikmalar birinchi tartibdagi birikmalar, ikkinchisi esa yuqori tartibdagi birikmalar deb ataladi. CuCl2, BF3, NH3, FeCl3 kabi moddalar birinchi tartibdagi birikmalar qatoriga kiritildi ; ularning hosil bo‘lishi valentlik qoidasiga bo‘ysunadi. Yuqori tartibdagi birikmalar biror sodda birikmaning boshqa sodda birikma bilan o‘zaro birikishi natijasida hosil bo‘ladi. Masalan, mis xlorid eritmasiga ammiak ta’sir ettirilganda bu ikki sodda birikmadan molekulyar birikma hosil bo‘ladi :

CuCl2 + 4NH3 → CuCl2 · 4NH3


Vaqt о‘tishi bilan yuqori tartibdagi birikmalarning soni kyib bordi. Keyinchalik, yuqori tartibli birikmalarning nisbatan barqarorlari kompleks (koordinatsion) birikmalar deb ataladi. Tasser 1798 yilda birinchi bо‘lib kompleks birikma (CoCl3 · 6NH3) ni hosil qildi. Kompleks birikmalarni о‘rganish shuni kо‘rsatdiki, kompleks hosil bо‘lish hodisasi ayrim elementlardagina uchramasdan, balki D.I.Mendeleyev davriy sistemasining kо‘pchilik elementlariga xos bо‘lgan hodisadir.


Koordinatsion birikma shunday birikmaki, uning molekulasi yoki ioni markaziy ion yoki atomga ega bо‘lib, buni bir necha ion yoxud molekulalar, ya’ni ligandlar qurshab turadi.
Hozirgacha koordinatsion birikmalarga aniq ta’rif berilmagan. Akademik Y.N.Kukushkin kompleks birikmalarga quyidagi ta’rifni berdi : «Kompleks birikma deganda kristall holatda bо‘lmasin, eritmada bо‘lmasin, tarkibida ligandlar bilan qurshalgan markaziy atomi mavjud birikmalarni tushunmoq kerak».

Download 36.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling