Biologik faol moddalar. "Biologik faol modda" tushunchasi. Bola organizmiga dorivor moddalalarning ta’siri. Zararli moddalarning ta’siri


Kalsiyning yoshga bog‘liq holda normal miqdori


Download 155.07 Kb.
bet2/5
Sana23.04.2023
Hajmi155.07 Kb.
#1393197
1   2   3   4   5
Bog'liq
Biologik faol moddalar Biologik faol modda tushunchasi Bola

Kalsiyning yoshga bog‘liq holda normal miqdori


Tug‘ilgandan 6 oygacha – 400-500 mg;
7 oydan 1 yoshgacha – 700-700 mg;
1 yoshdan 10 yoshgacha – 700-900 mg.
Alimentar yo‘l (ovqatlanish) bilan organizmda kalsiy to‘planib qolmaydi. Chunki ortiqcha kalsiy ichak va buyraklar orqali tashqariga chiqarib turiladi. Qo‘shimcha ravishda qabul qilinayotgan ortiqcha kalsiy buyraklarda to‘planib qoladi va tosh hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Gipokalsiyemiyaning klinik ko‘rinishi


Hali yurishni o‘rganmagan bolakaylarda kalsiy defitsitini faqatgina shifokor aniqlay oladi. Emizikli bolalarda kalsiy yetishmovchiligining ilk belgilari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
Juda ko‘p terlash, ayniqsa boshning tepa qismida;
Boshning yostiq bilan ko‘p kontakda bo‘ladigan sohalarida soch to‘kilishi;
Tremor (tirishish) holati – yig‘laganda iyak sohasi;
Baland shovqinlar eshitganda bezovtalanish va yig‘lash.
Agar kalsiy yetishmovchiligi bolaning o‘tirish va yurishni boshlagan davriga to‘g‘ri kelsa, unda umurtqalarda patologik qiyshiqliklar va egriliklar kelib chiqadi. Bolalikning keyingi davrlarida gipokalsiyemiyada suyaklar sinuvchanligi oshishi, tirnoqlarning ko‘chib tushishi, og‘iz burchagida yorilishlar, talvasalar, anemiyalar, bo‘g‘imlarning deformatsiyalari ko‘zga tashlanadi.
Organizmda kalsiy yetishmayotganini va talvasa holatlari boshlanayotganini ba’zi bir testlar yordamida aniqlab olsa bo‘ladi:
Agar bolakayning og‘iz burchagiga barmoq uchi bilan yengil tegilsa, bolaning og‘zi qaltiraydi, bu esa kalsiy yetishmovchiligidan dalolat beradi;
Agar bolakayning yelka suyagining o‘rta uchdan bir qismi qo‘l bilan siqilsa, bolakayning barmoqlari tirishadi. Bu holat bola organizmida kalsiy yetishmovchiligining og‘ir darajasidan darak beradi.

Kalsiy yetishmovchiligining oqibatlari


Kalsiy bola rivojlanishi va normal o‘sishi uchun kerak bo‘lgan element. Uning ozuqa bilan kam tushishi yoki oshqozon ichaklardan so‘rilishining buzilishi bolalarda raxit kasalligiga olib keladi. Kasallikning bir necha bosqichlari bor va ularning har biri turlicha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi – raxit kasalligining erta bosqichlarida bolakaylarda kalsiy yetishmovchiligining umumiy belgilari namoyon bo‘ladi: teri gipergidrozi (ko‘p terlash), giperqo‘zg‘aluvchanlik (tirishishlar, talvasalar), uzoq muddat kontakt natijasida soch to‘kilishi. Kasallikning bu bosqichida suyak tizimi tomonidan deformatsiyalar kuzatilmaydi.

Maxsus davo choralari ko‘rilmaganda raxit avj olib keyingi darajalariga o‘tib ketadi. Bunda birinchi navbatda dispeptik sindromlar yuzaga keladi (qayt qilish, ishtahaning pasayishi, ich kelishining buzilishi) va suyakdagi o‘zgarishlar. Shu bilan birga qorin old devori mushaklarining tonusi pasayishi natijasida – “baqa” qorni ko‘rinishida bo‘lishi. Suyak tizimi tomonidan bolalarda kalla chanog‘ining assimetrikligi, liqildiqlarning yopilmasligi, liqildoqlar cheti yumshab qolishi, to‘sh suyagi deformatsiyalari (voronkasimon ko‘krak), umurtqa pog‘onasidagi qiyshiqliklar (kifoz,skoloiz), oyoqlarning deformatsiyalari (X yoki O simon oyoq) kabi o‘zgarishlar yaqqol namoyon bo‘ladi.


Kasallikni e’tibordan chetda qoldirib vaqtida davo muolajalari ko‘rilmasa, bolaning nogironligiga va jismoniy-ruhiy jihatdan ortda qolishiga olib kelishi mumkin. Raxit kasalligining eng ko‘p uchraydigan asorati: umurtqa pog‘onasining qo‘pol deformatsiyasi va qiyshiqligi, katta kalla chanog‘i, ta’m bilishda o‘zgarishlar, ya’ni adashtirib qo‘yishlar, oyoqlarning qiyshayishi natijasida yurishdagi o‘zgarishlar, ko‘krak qafasi va to‘sh suyagi deformatsiyasi, yurak va o‘pkaning normal funksiyasi buzilishi, yassi chanoq (qiz bolalarda kelajakda farzand dunyoga keltirishda qiyinchilik tug‘diradi), ko‘ruv o‘tkirligining buzilishi (miopiya) kabilar.
Maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalarda kalsiy yetishmovchiligi suyaklarning tez-tez sinishi ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Bunga bo‘g‘imlaragi deformatsiyalar va anemiya holatlari ham qo‘shiladi.

Download 155.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling