Tug‘ilgandan 6 oygacha – 400-500 mg;
7 oydan 1 yoshgacha – 700-700 mg;
1 yoshdan 10 yoshgacha – 700-900 mg.
Alimentar yo‘l (ovqatlanish) bilan organizmda kalsiy to‘planib qolmaydi. Chunki ortiqcha kalsiy ichak va buyraklar orqali tashqariga chiqarib turiladi. Qo‘shimcha ravishda qabul qilinayotgan ortiqcha kalsiy buyraklarda to‘planib qoladi va tosh hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Foto: Shutterstock.com
Gipokalsiyemiyaning klinik ko‘rinishi
Hali yurishni o‘rganmagan bolakaylarda kalsiy defitsitini faqatgina shifokor aniqlay oladi. Emizikli bolalarda kalsiy yetishmovchiligining ilk belgilari quyidagilar bo‘lishi mumkin:
Juda ko‘p terlash, ayniqsa boshning tepa qismida;
Boshning yostiq bilan ko‘p kontakda bo‘ladigan sohalarida soch to‘kilishi;
Tremor (tirishish) holati – yig‘laganda iyak sohasi;
Baland shovqinlar eshitganda bezovtalanish va yig‘lash.
Agar kalsiy yetishmovchiligi bolaning o‘tirish va yurishni boshlagan davriga to‘g‘ri kelsa, unda umurtqalarda patologik qiyshiqliklar va egriliklar kelib chiqadi. Bolalikning keyingi davrlarida gipokalsiyemiyada suyaklar sinuvchanligi oshishi, tirnoqlarning ko‘chib tushishi, og‘iz burchagida yorilishlar, talvasalar, anemiyalar, bo‘g‘imlarning deformatsiyalari ko‘zga tashlanadi.
Organizmda kalsiy yetishmayotganini va talvasa holatlari boshlanayotganini ba’zi bir testlar yordamida aniqlab olsa bo‘ladi:
Agar bolakayning og‘iz burchagiga barmoq uchi bilan yengil tegilsa, bolaning og‘zi qaltiraydi, bu esa kalsiy yetishmovchiligidan dalolat beradi;
Agar bolakayning yelka suyagining o‘rta uchdan bir qismi qo‘l bilan siqilsa, bolakayning barmoqlari tirishadi. Bu holat bola organizmida kalsiy yetishmovchiligining og‘ir darajasidan darak beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |