Biologik tizimlar haqida tushuncha (metodlar; tiriklikning xususiyatlar)
Energiya almashinuvi va uning bosqichlari
Download 1.74 Mb.
|
Biologik tizimlar haqida tushuncha (metodlar; tiriklikning xusus
Energiya almashinuvi va uning bosqichlari.
1. (2019) Energiya almashinuv jarayonida 6,5 molekula glukoza to'liq parchalangan bo'lsa, glikolizda ajralgan energiya miqdorini (a) va aerob bosqichda ajralgan karbonat angidrid (C02) molekulalari sonini (b) aniqlang. A) a-780 kJ; b-39 B) a-1300 kJ; b-39 C) a-520 kJ; b-247 D) a-1300 kJ; b-234 2. (2019) Sayg'oqning muskul. hujayrasida energiya almashinuvining glikoliz (a) va tayyorgarlik (b) bosqichlarida ke-chadigan jarayonlar to'g'ri ko'rsatilgan javobni belgilang. A) a-3,5 molekula glukozadan ajralgan energiyaning 280 kJ ATFning fosfat bog‘larida to£planishi; b-ajralgan energiyaning 100 %i issiqlik energiyasi sifatida tarqalishi, oqsillarning aminokislotagacha parchalanishi B) a-ajralgan energiyaning 100 %i issiqlik energiyasi sifatida tarqalishi; b-gjralgan energiyaning 40 %i ATFning fosfat bog'larida to‘planishi C) a-ajralgan energiyaning 40 %i ATFning fosfat bog'larida to‘planishi; b-sut kislotasining fermentlar yordamida kislorod ishtirokida parchalanishi D) a-sut kislotasining fermentlar yordamida kislorod ishtirokida parchalanishi; b-3,5 molekula glukozadan ajralgan energiyaning 280 kJ ATFning fosfat bog‘larida to‘planishi 3. (2019) Energiya almashinuvi bosqichlari va ularda sodir bo'ladigan jarayonlar to'g'ri juftlangan javobni aniqlang. 1) murakkab uglevodlarning parchalanishi; 2) glukozaning parchalanishi; 3) sut kislotaning CO2 va H2O gacha parchalanishi; 4) ATF sintezi; 5) spirt va CO2 ning hosil bo'lishi; a) tayyorgarlik bosqichi; b) ikkinchi bosqich; c) uchinchi bosqich. A) a-2; b-1,4; c-3,4 B) a-1,4; b-2; c-4,5 C) a-1; b-2,4; c-3,4 D) a-1,2; b-4; c-7,5 4. (2019) Fotosintezning qorong'ulik bosqichida sodir bo'ladigan jarayonlarni aniqlang. 1) kislorodning hosil bo'lishi; 2) glukozaning hosil bo'lishi; 3) ATFdan ADF + H3PO4 ning hosil bo'lishi; 4) ATF ning hosil bo'lishi; 5) suvning fotolizga uchrashi; 6) ATFning sarflanishi. A) 2,3,6 B) 1,2,5 C) 4,5,6 D) 1,4,5 5. (2018) Aerob sharoitda sebarga o'simligi hujayrasida 38 molekula ATF hosil bo'lgan bo'lsa. shu vaqtning o'zida yorug'lik tasirida sintezlangan ATF da to'plangan energiya miqdorini (kJ) aniqlang. A) 1140 B) 1520 C) 45600 D) 2720 6. (2018) O'simlik hujayrasida energetik almashinuvning ikkinchi bosqich reaksiyalari ... sodir bo'ladi. A) aerob sharoitda, glukozaning hosil bo'lishi hisobiga B) anaerob sharoitda sut kislotaning parchalanishi hisobiga C) glukozaning parchalanishi hisobiga, sut kislotaning hosil bo‘lishi bilan D) anaerob sharoitda, karbonat angidridning ajralishi bilan 7.(2018) Achitqilarda spirtli achish jarayonida parchalangan (a) va hosil bo'lgan (b) moddalarni aniqlang. 1) etil spirt; 2) glyukoza; 3) CO2 4) AMF; 5) atsetat kislota: 6) fosfat kislota; 7) kraxmal; 8) ATF A) a-7; b-5,6,8 B) a-2; b-1,3,8 C) a-7; b-1,3,6 D) a.-2,8; b-1,3,4 8. (2018) Energiya almashinuvining sitoplazmada kechadigan bosqichida 600 kJ energiya issiqlik sifatida tarqaldi. Keyingi bosqichda hosil bo'lgan jami energiya sitoplazmada issiqlik sifatida tarqalgan energiyadan 13 marta ko'p bo'lsa, jami hosil bo'lgan energiya miqdorini (kj) toping. A) 8800 B) 8400 C) 8600 D) 8200 9. (2018) 1260 g glukoza ishtirokida sodir bo'ladigan energetik almashinuvning aerob bosqichida sintezlanadigan ATF da to'plangan energiya miqdori fotosintez jarayonida shun-cha glukoza sintezlanishi uchun sarf bo'ladigan ATF dagi energiya miqdoridan qancha (kj) ga ko'p? A) 5400 B) 4050 C) 5040 D) 50041 10. (2018) Xloroplast uchun xos xususiyatlarni aniqlang. 1) plastik almashinuvda ishtirok etadi; 2) bir qavat membranaga ega; 3) aerob sharoitda ATF sintezlaydi; 4) irsiy axborot saqlaydi; 5) devpechak hujayralarida mavjud; 6) suv qirqqulog'i hujayralarida mavjud A) 1,6 B) 3,5 C) 2,6 D) 4.5 11. (2018) Mitoxondriya uchun xos bo'lmagan xususiyatlarni aniqlang. 1) plastik almashinuvda ishtirok etadi; 2) tashqi va ichki membranaga ega; 3) aerob sharoitda sut kislota sintezlanadi; 4) irsiy axborot saqlaydi; 5) batsidiya hujayralarida mavjud; 6) batsilla hujayralarida mavjud A) 4,5 B) 3,6 C) 2,5 D) 1.6 12.(2017) Dissimilyatsiya bosqichlari to'g'ri ketma-ketlikda ko'rsatilgan javobni aniqlang. 1) achish; 2) polisaxaridlarning parchalanishi; 3) 36 molekula ATPning hosil bo'lishi; 4) jami energiyani issiqlik energiyasi sifatida tarqalishi: 5) kislorodli parchalanish; 6) 2 molekula ATFriing sintezlanishi A) 4,2,1,6,5,3 B) .2,4,1,6,5; 3 C) 2,4,5,3,6,1 D) 2,4,5,3,1,6, 13.(2017) Yuqori molekulali birikmalarning parchalanishi natijasida energiya ajralishi bilan boradigan jarayon nima deb ataladi? 1) assimilyatsiya; 2) dissimilyatsiya; 3) anabolizm; 4) katabolizm 5) energetik almashinuvi; 6) plastik almashinuv: 7) oraliq bosqich; 8) translyatsiya A) 1,7 B) 3,6 C) 4,5 D) 2,8 14.(2017) Energiya almashinuvining tayyorgarlik (a) va aerob (b) bosqichlariga xos xususiyatlarni belgilang. 1) yog'lar glitserin va yog' kislotalarigacha parchalanadi; 2) glyukoza molekulasi ikki molekula sut kislotasigacha parchalanadi; 3) ikki molekula sut kislotaning to'liq parchalanishidaii 36 molekula ATF hosil bo'ladi; 4) ajralib chiqqan energiyaning 60%i issiqlik energiyasi sifatida tarqab ketadi; 5) uglevodlar glyukozagacha parchalanadi A) a-2,5; b-3,4 B) a-2; b-2,3 C) a-1,5; b-3 D) a-3; b-2,5 15. (2017) Moddalar almashinuvi bosqichlari va ularga xos jarayonlar o'rtasidagi muvofiqlikni aniqlang. 1) fotosintezning yorug'lik bosqichi; 2) energiya almashinuvining tayyorgarlik bosqichi; 3) translyatsiya; a) ATF sintezi; b) t-RNKning aminokislota bilan bog'lanishi; c) polimerlarning monomerlarga parchalanishi; d) DNK sintezi A) 1-a; 2-c; 3-d B) 1-c; 2-a; 3-b C) 1-d; 2-a; 3-b D) 1-a; 2-c; 3-b 16. (2017) Tikuvchi 80 minut ish bajarganda muskul hujayralari 90 gramm glyukoza parchalandi. Undan 70 foizi to'liq, qolgan to'liqsiz parchalangan bo'lsa, ATF da to'plangan energiya miqdori aniqlang A) 816 kjВ)466 kj C) 544 kj D) 1440 17. (2017) 144 molekula ADF hosil bo'lgan fotosintez jarayonidan so'ng evglena hujayrasi bo'lindi. Hosil bo'lgan glukoza yangi hujayralarga teng miqdorda taqsimlangan bo'lsa, har bir hujayraga o'tgan glukoza molekulasi miqdorini aniqlang. A) 3 B) 4 C) 8 D) 6 18. (2017) 2-bosqichda 240 kj energiya issiqlik energiyasi sifatida tarqalsa, 3-bosqichda issiqlik sifatida tarqalgan energiya(a) va xloraplastda ATF ga bo'glanga energiya miqdorini(b) aniqlang. A) a-2800, b-25600 B) a-2220, b-43200 C) a-2320, b-86400 D) a-1160, b-84600 19. (2017) 3-bosqichda 2320 kj issiqlik energiyasi hosil bo'lgan bo'lsa, 2-bosqicha ATF da to'plangan energiya(kj) miqdorini(a) va xloraplastlarda sintezlanga ATFda to'plangan energiyani miqdorini(b) aniqlang. A) a-80, b-43200 B) a-160, b-86400 C) a-120, b-64800 D) a-144, b-77760 20. (2017) Uglevod katabalizimida birinchi bosqich bilan kislorodli va kislorodsiz bosqichlar 1:250 nisbatda energiya ajraldi. Glikoliz bosqichida 200kj to'plangan bo'lsa, aerob bosqichda qancha energiya ajralgan. A) 6500 B) 13000 C) 7800 D) 3800 21. (2017) Energiya almashinuvi bosqichida glukoza to'liq va to'liqsiz parchalandi. Bunda 4780kj issiqlik energiyasi va 159 molekula suv hosil bo'ldi. To'liq parchalangan glukoza miqdorini aniqlang. (ADF va fosfat kislota birikishidan lmol ATF va lmol suv hosil bo'ladi) A) 3,5 B) 4 C) 7 D) 3 22.(2017) Moddalar almashinuvining oxirgi bosqichida sodir bo'ladigan jarayonlarni aniqlang. 1) oksidlanish; 2) translatsiya; 3) proteazalar faoliyati; 4) lipazaning lipidga ta’siri; 5) reduplikatsiya; 6) amilazaning ta’sir 7) oziqning mexanik o'garish 8) transkripsiya; 9) CO2 ning o'pkalar tomonidan ajratilishi; 10) fotosintez; A) 3,4 B) 6,7,8 C) 1,2,5,10 D) 9 23.(2017) 2-bosqichda 2 ta ATF molekulasi hosil bo'lgan bo'lsa, 3-bosqichda necha molekula ATF molekulasi hosil bo'ladi(a) va shu vaqtning o'zida xloraplastlarda sintezlangan ATF miqdorini (b) hisoblang. A) a-144, b-4320 B) a-72, b-2880 C) a-108, b-3240 D) a-36, b-1080 24.(2017) 3-bosqichda 2088 kj issiqlik energiyasi hosil bo'lgan 1 bo'lsa, 2-bosqicha ATF da to'plangan energiya(kj) miqdorini (a) va xloraplastlarda sintezlanga ATFda to'plangan energiyani miqdorini(b) aniqlang. A) a-80, b-43200 B) a-160, b-86400 C) a-120, b-64800 D) a-144, b-77760 25. (2017) 2-bosqichda 4 ta ATF molekulasi hosil bo'lgan bo'lsa, 3-bosqichda necha molekula ATF molekulasi hosil bo'ladi(a) va shu vaqtning o'zida xloraplastlarda sintezlangan ATF miqdorini (b) hisoblang. A) a-144, b-4320 B) a-72, b-2880 C) a-108, b-3240 D) a-36, b-1080 26. (2017) 3-bosqichda 1972 kj issiqlik energiyasi hosil bo'lgan bo'lsa, 2-bosqicha ATF da to'plangan energiya(kj) miqdorini (a) va xloraplastlarda sintezlanga ATFda to'plangan energiyani miqdorini(b) aniqlang. A) a-136, b-73440 B) a-160, b-86400 C) a-120, b-64800 D) a-144, b-77760 27. (2016) Hujayrada 12 molekula sut kislatasi aerob sharoitda parchalanishidan hosil bo'lgan energiyaning qanchasi (kj) ATF da to'planadi? A) 15600 B) 8640 C) 6960 D) 16800 28. (2015) Hujayrada 1080 g glyukozaning to'liq parchalanishidan necha molekula ATF sintezlanadi? A) 216 B) 268 C) 9120 D) 228 29. (2015) Muskul to'qimasi hujayralaridagi energiya almashinuv jarayonining birinchi bosqichida 280 kJ energiya hosil bo'ldi. Shundan necha foiz energiya issiqlik tarzida tarqab ketadi? A) 45,7 B) 100 C) 60 D) 40 30.(2015) Eukariotlarda 1 molekula glyukoza parchalanishining anaerob bosqichiga mos keluvchi jarayonlarni belgilang. 1) ATF sintezlanadi; 2) mitoxondriyada boradi; 3) sitoplazmada boradi; 4) energetik almashinuv bosqichi hisoblanadi; 5) ADF va fosfat kislota ishtirok etadi; 6) CO2 va H2O hosil bo'ladi; 7) sut kislota hosil bo'ladi; 8) fermentlar ishtirokida boradi A) 1,4,5 B) 3,6,7 C) 1,2,6 D) 4,6,8 31.(2015) Sebarga o'simligi barg eti hujayrasida bir vaqtning o'zida aerob va quyosh energiyasi hisobiga 1674 molekula ATF sintezlangan bo'lsa, quyosh energiyasi hisobiga sintezlangan ATF miqdorini aniqlang. A) 1600 B) 1080 C) 66960 D) 1620 32.(2015) Qamish qorayalog'i hujayralarining qaysi tuzilmalarida energetik almashinuvda ATF sintezi ro'y beradi? 1) ribosomada; 2) mitoxondriyada; 3) golji majmuasida; 4) endoplazmatik to'rda; 5) sitoplazmada; 6) xloroplastda. A) 2,3,5 B) 2,6C) 1,3,4 D) 2,5 33. (2015) Energiya almashinuvining uch bosqichida ajralgan energiyaning jami miqdori 19656 kJ ni tashkil etgan bo'lsa va bu jarayonda 266 ta ATF hosil bo'lsa, energiya almashinuvining anaerob bosqichida ajralgan energiyaning miqdorini (kJ) aniqlang. A) 2056 B) 3696 C) 9016 D) 1400 Download 1.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling