Biologik xilma-xillikni saqlash va ekotizim xizmatlarining iqtisodiy tahlili
Download 5.1 Mb.
|
Biologik xilma-xillikni saqlash va ekotizim xizmatlarining iqtisodiy tahlili
Biologik xilma-xillikni saqlash va ekotizim xizmatlarining iqtisodiy tahlili REJA 1.Bioxilma - xillik tushunchasi va uning atrof - muhit muhofazasidagi o‘rni 2.Biologik xilma-xillik bo‘yicha milliy strategiya va harakat rejasi 3.Ekoshaharning shakllanishi tamoyillari va ekoshahar tushunchasi 4.Foydalanilgan adabiyotlar Bioxilmaxil-xillik yerdagi barcha hayotning xilma-xilligini hayvonlar, o‘simliklar, mikroorganizmlar, ulaming genlari va ekotizimlarini anglatadi. “Bioxilmaxil-xillik” terminida ma’lum bir organism to‘g‘risida biologik ma’lumot emas, balki biologik dunyoning barcha qismlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabat o‘z aksini topadi. Ko‘pincha Bioxilma-xillik uch bosqichda ko‘rib chiqiladi: turlar xilma-xilligi, ya’ni barcha hayvonlar va o‘simliklar xilma-xilligi, shu jumladan, qo‘ziqorinlar va mikroorganizmlar; genetik materialning xilma-xilligi; ekotizimli xilma-xillik ekotizimlar xilma-xilligi (masalan, o‘rmonlar, tog‘lar, dasht yoki savanna, cho‘llar va boshqalar). Birgalikda bu darajalar bioxilma-xillikning tarkibiy qismlarini shakllantiradi Bioxilma-xillik-jamyatning iqtisodiy, ekologik va madaniyestetik ehtiyojlarini qondirishning dolzarb va salohiyatli resursi hisoblanadi. U bo‘lmasa jamyatning barqaror rivojlanishi mumkin emas. Biroq, bu ham ilmiy doiralarda tan olingan, dunyo genofond, biologik turlar va shakllantiradigan ekotizimlar nuqtayi nazaridan tezlik bilan yanada bir xillashib boryapdi. Buning sababi inson ta’siri bo‘lib, avvalambor butun dunyo bo‘ylab ta’minot, ishlab chiqarish, savdo, qishloq xo‘jaligi va sanoat rivojlanishi, uy-joy qurilishi, aholi o‘sishning zamonaviy modellaming tez yoyilishi bois, biologik xilmaxillikka inson ta’siri yuksak darajada o‘smoqda. Bioxilma-xillikning na iqtisodiy na ekotizim ahamyati hali keng ravishda ma’lum emas. Ayrim hollarda kishilar ekotizimi ichida biologik turlarning o‘zaro bog‘liqligi va qaysi bir turning yuqolishi boshqasiga ta’siri oqibatini yetarlicha tasawur qila olmayaptilar. XXI asrga qadam qo‘yilishi bilan bioxilma-xillikning kamayishini sekinlashtirish va borini saqlab qolish juda katta muammoga aylanib bormoqda. Biologik xilma-xillik biosferani shakllantiradi, unda boshqa biologik turlar bilan birga inson ham istiqomat qiladi va yashovchanlik va muvaffaqiyat uning holatiga bog‘liq 0 ‘tishmishda insoniyat faoliyati tabiat jarayonlari miqyosiga taqqoslanganda unchalik keng emas edi. Hozirgi vaziyat boshqacha bo‘lib insoniyat XXI asrga yaqinlashgani sari yuz berayotgan iqlimiy o‘zgarishlar, , cho‘llanish, yer degratsiyasi va boshqa xavflar biz o‘z kelajagimiz asosiga ham milliy darajada ham jahon miqyosida talofat yetkazayotganimizni ko‘rsatmoqda Markaziy Osiyo mintaqasining noto‘g‘ri rivojlanishi oqibatida yuzaga kelgan Orol inqirozi bunday rivojlanish alohida mintaqalar ham umuman sayyoramiz uchun unchalik xavfli oqibatlarga olib kelishining yaqqol misolidir "Ekologik turizm yoki ekoturizm — tabiatni muhofaza qilishni targ'ib qiluvchi, atrof-muhitga "yumshoq" ta'sir ko'rsatadigan, mahalliy aholining faol ijtimoiy-iqtisodiy ishtirokini ta'minlaydigan tabiat va madaniy diqqatga sazovor joylarni o'rganish va zavqlanish uchun buzilmagan tabiiy hududlarga nisbatan atrof-muhitga mas'uliyat bilan sayohat qilish.ushbu faoliyatdan foyda olish. Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi . "Ekoturizm-bu ekotizimlarning yaxlitligini buzmaydigan va tabiat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish mahalliy aholi uchun foydali bo'ladigan iqtisodiy sharoitlarni yaratadigan hududning tabiiy va madaniy-etnografik xususiyatlari to'g'risida tasavvurga ega bo'lish uchun nisbatan buzilmagan tabiatga ega joylarga sayohat qilishni o'z ichiga olgan turizm. WWF . Ekoshahar mustahkam, ustivor, turg’un shahar - bu atrof-muhitga ta’sir etishini hisobga olib loyihalangan shahardir. Mazkur shaharda yashovchi aholi energiyadan, suv va oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanishni minimallashtiradi, issiqlikning behuda sarflanishiga, havoni karbonad angidrid (CO2) va metan bilan ifloslanishiga va suv obiektlarining ifloslanishiga umuman yo’l qo’yilmaydi. Birinchi marotaba «ekoshahar» atamasini 1987-yilda Richard Register «Sog’lom kelajak uchun shahar qurilishi» kitobida ishlatdi. Ekoshaharni shakllantirishning asosiy tamoillari quyidagilardan iborat:
“Shahar–tabiat” tushunchasi o’zaro ta’sir etishi shaharning o’lchamlari va aholining soniga bog’liqdir. Shaharsozlik ekologiyasi muammolarini faol muhokama etish davomida shaharni atrof-muhitga nisbati quyidagi ko’rinishda bo’ladi: kichik shahar (50 ming aholigacha)- tabiiy atrof-muhit bilan bir butunlikda; Ekologik muvozanat, bir tomondan, tabiiy resurslardan foydalanish va shahar muhiti unsurlarining tabiatga zararli tasiri, ikkinchi tomondan-tabiiy tuzilmalarning o’zining mahsuldorligiga bog’liqdir. Shuning uchun ekologik muvozanat talablarini qondiruvchi aholi joylashuvchi tavsifnomasi ko’proq birinchi guruh omillarining ta`siri (resurslardan foydalanish va ishlab chiqarishning zarari) va ikkinchi guruhning o’sib borishi (ekotuzilmalarning mahsuldorligi)ni aniqlaydi. Bu holatda asosiy masala bo’lib, nafaqat ekologik muvozanat parametrlarini aniqlash, balki foydalanish tuzumini mukammallashtirish va tabiiy ekomuhit mahsulotlarini oshirish hisoblanadi. Atrof-muhitning har bir muammosi o’zining yechimiga ega. Agarda ularning qandaydir kamchiligi bo’lsa, ehtimol afzalligi ham mavjud. Muammolar qanchalik ko’p bo’lsa, situatsiyani o’zgartirishning shunchalik ko’p qulay imkoniyatlari ham mavjud. Masalan Xitoy ieroglifi ,,krizis’’ni ikki xil tushunish mumkin: xatarli va qulay imkoniyat. Shuning uchun arxitektorlar va shaharsozlar muammoni katta balans, uyg’unlik (garmoniya) va ustivorlikka aylantirishga harakat qilishlari kerak; “Ustivorlik”–ekoshaharlarni rejalashtirish va qurilishning kalitidir. Ustivor arxitektura va aholi joylashuvining modeli yer bilan undagi mavjudodlarning iste`mol qilish va hosil qilish balansi asosida ishlab chiqiladi. Buning uchun atrof-muhitning barcha tarkibiy elementlarining umrboqiyligini oshirish talab etiladi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Download 5.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling