Biologiya-11-sinf-imtihon-javoblari pdf


Redutsentlar (destruktorlar)


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/70
Sana08.05.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1445253
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70
Bog'liq
11 SINF BIOLOGIYA @UzBMBA

Redutsentlar (destruktorlar)
– hayot faoliyati davomida organik qoldiqlarni anorganik moddalarga
aylantiradigan, natijada ulardagi elementlarni moddalarning davriy aylanishiga qaytaradigan organizmlar 
(tuproq bakteriyalari va zamburug‗lar). Redutsentlar nobud bo‗lgan o‗simlik va hayvon qoldiqlari bilan
oziqlanib, ularni parchalaydi va chiritadi. Ular parchalanishning oxirgi bosqichi (organik birikmalarning
anorganik moddalargacha minerallashuvi)da qatnashadi. Ular moddalarni produtsentlar o‗zlashtira oladigan
shaklda davriy aylanishga qaytaradi. Chiriyotgan o‗simlik, zamburug‗ va hayvon qoldiqlari detrit deyiladi.
Detritning parchalanishida detritofaglar va redutsentlar qatnashadi. Detritofaglarga eshakqurt, ayrim kanalar
ko‗poyoqlilar, o‗limtikxo‗r qo‗ng‗izlar, ayrim hasharotlar va ularning lichinkalari, chuvalchanglar misol
bo‗ladi. Detritofaglar konsumentlar hisoblanadi. 
2-savol javobi: 
Evolutsiya jarayonida issiqqonli (gomoyoterm) va sovuqqonli (poykiloterm) hayvonlarda haroratning
turli sharoitlariga nisbatan xilma-xil moslanishlar paydo bo‗lgan. Bu moslanishlar biokimyoviy, fiziologik, 
morfologik, etologik moslanishlarga bo‗linadi.  Biokimyoviy moslanishlar.
Muhitning past haroratida
sovuqqonli hayvonlar organizmida ichki muhitini hosil qiluvchi suyuqliklar tarkibida suvning muzlashiga
to‗sqinlik qiluvchi moddalar to‗planadi. Masalan, sovuq haroratli suv muhitida yashovchi baliqlar
tanasida muz kristallari hosil bo‗lishiga yo‗l qo‗ymaydigan glikoproteinlar, hasharotlarda esa glitsirin 
@UzBMBA
@UzBMBA
@UzBMBA
@UzBMBA
@UzBMBA
@UzBMBA


to‗planadi. Issiqqonli hayvonlarda moddalar almashinuvi jadalligi ortadi. Fiziologik moslanishlar
issiqlik
ajralish darajasining o‗zgarishi bilan bog‗liq, organizmning markaziy nerv sistemasi tomonidan reflektor
tarzda
boshqariladi. Yuqori haroratda poykiloterm va gomoyoterm hayvonlarda tana yuzasidan suv bug‗lanishi
hisobiga issiqlikning ajralishi kuchayadi. Sutemizuvchilarda termoregulatsiya teridagi qon tomirlarining
kengayishi va torayishi tufayli ta‘minlanadi. Sovuq haroratda hayvonlarda muskullarning beixtiyor
qisqarishi – titrash tufayli issiqlik hosil bo‗lishi kuchayadi. Ba‘zi hayvonlar qishda uyquga ketadi
(yumronqoziq, sug‗ur, tipratikan, ko‗rshapalak). Tana harorati doimiyligini saqlashda teri osti yog‗
qatlami katta ahamiyatga ega (pingvin, kurakoyoqlilar, kitsimonlar). Tana haroratini bir xil saqlashda
qushlar va sutemizuvchilarda to‗rt kamerali yurakning bo‗lishi, nafas olish organlarining takomillashuvi,
organizmning yetarli darajada kislorod bilan ta‘minlanishi orqali moddalar almashinuvida organizmlarning
hayotiy jarayonlarga sarf bo‗ladigan energiyaning hosil bo‗lishi muhim o‗rin tutadi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling