Unda 5-6 sinflarda “Botanika” fani bo‘yicha uzviylashtirilgan o‘quv dasturi asosida tuzilgan taqvim-mavzu reja, o‘quvchilarning har bir dars oxirida o‘zlashtirishi zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalari, o‘tkaziladigan nazorat ishlari bo‘yicha namunaviy test topshiriqlari, amaliy mashg‘ulotlar namunalari keltirilgan. Uslubiy ko`rsatmada shuningdek nazorat test topshiriqlarining o`quvchi va o`qituvchilar uchun javob namunalari keltirilgan.
Uslubiy ko`rsatmada keltirilgan nazorat ishlari namunaviy bo‘lib o‘qituvchi unga ijodiy yondoshgan holda tegishli o‘zgartirishlar kiritishi yoki alternativ variantlarini ishlab chiqishi mumkin. Uslubiy ko`rsatmada keltirilgan namunaviy nazorat materiallarini baholash mezonlaridan joriy nazorat o‘tkazishda ham foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |