Biologiya fanini oʻqitishda ilgʻor xorijiy tajribalar


Download 50.37 Kb.

Sana09.06.2018
Hajmi50.37 Kb.

 

 

Biologiya fanini oʻqitishda ilgʻor xorijiy tajribalar. 

Buyuk Britaniya maktab biologik ta’limining oʻziga xos jihatlari.   

Buyuk  Britaniyada  5  yoshdan  16  yoshgacha  ta’lim  olish  majburiy  hisoblanadi. 

Ammo, chet ellik oila farzandlari 7 yoshdan maktabga qabul  qilinadi. Ta’lim bosqichlari: 

maktabgacha  ta’lim  (3-5  yosh);  boshlangʻich  ta’lim  (5-11  yosh);  oʻrta  ta’lim  (11-16 

yosh); oliy ta’lim.   

Ta’lim tizimi 2 tarmoqqa ajratilgan:  davlat byudjeti hisobidan bepul ta’lim (state 

school) bolalarning  93% i;  xususiy,  pullik ta’lim (private school)  - bolalarning 7%i 

oʻqiydi.  

7-11 yoshli bolalar boshlangʻich maktab (junior school yoki preporatory school) da 

oʻqishadi. Maktabda matematika, ingliz tili, geografiya, tarix, musiqa va san’at oʻqitiladi.   

Asosiy oʻqitilayotgan fanlardan Common Entrance Examination (CEE) – umumiy 

kirish imtihonini test sinovlari koʻrinishida va IQ topshiriladi.   

11 yoshdan 16 yoshgacha davlat yoki xususiy maktablarda oʻqitish oʻquvchilarning 

GCSE  (General  Certificate  of  Secondary  Education)  -  oʻrta  ma’lumot  haqidagi 

shahodatnoma yoki GNVQ (General National Vocational Qualification) - kasbiy malaka 

haqidagi milliy guvohnomani olishga qaratilgan. 14  yoshdan 16 yoshgacha oʻquvchilar, 

odatda, 7-9 ta fandan imtihon topshirishga  va oʻrta ma’lumot haqidagi sertifikat GCSE 

ni olishga tayyorlanishadi.  

Britaniya maktablarining asosiy vazifalaridan biri ijodiy, oʻziga ishongan, mustaqil 

insonni  tarbiyalashdir.  Oʻquvchilar  ta’limning  maxsus  umumiy  tsiklini  oʻtib  boʻlgach, 

imtihon  (Common  Entrance  Examination)  topshirishadi.  Imtihondan  muvaffaqiyatli 

oʻtish yuqori maktabga oʻtishning majburiy sharti sanaladi.    

Majburiy  ta’limdan  soʻng  16  yoshli  oʻsmirlar  ish  boshlashlari  yoki  universitetga 

oʻqishga kirish uchun oʻqishni davom ettirishlari mumkin.   

Maktabda  biologik  ta’limning  maqsadi  oʻquvchilar  biologiya  fanidan  egallagan 

bilim, malakalarini maktab ta’limining oxirgi bosqichida namoyish eta olishidir. Barcha 

fanlardan oʻquv maqsadlari ortib boruvchi qiyinlik darajasi bilan ifodalanadi.   

Buyuk Britaniya biologik ta’lim tizimida  oʻqitish natijasining muhim jihatlaridan 

biri  fanni  oʻzlashtirganlik  darajasi  sanaladi.  Bu  oʻquvchilarning  fanni  nafaqat  oʻqish 

jarayonida,  balki  biologiya  kursini  tugatganlaridan  soʻng  ham  ilmiy  tadqiqotlarni 

oʻtkazishda  tadqiqot  metodlarini  toʻgʻri  tanlash  muhimligini  anglaydilar.  Oʻquvchilar 

maktab  davrida  oʻz  oʻquv  tadqiqotlarining  kuzatish  natijalari  yuzasidan  hisobot 

tayyorlaydilar, maktab biologiya kursidan oʻrin olgan biologik hodisalarning dalillariga 

tanqidiy  fikr  bildiradilar,  mazkur  dalillarga  qoʻshimcha  dalillarni  mustaqil  topish 

imkonini  beradigan  usullarni  tushuntirishga  harakat  qiladilar.  SHuningdek,  Buyuk 

Britaniyada  biologiya  kursini  oʻqitishda  interfaol  oʻqitish  shakllari  va  metodlardan 

foydalaniladi.  Zoologiya  va  botanikadan  laboratoriya  ishlarini  oʻtkazishda  kompyuter 

texnologiyalari qoʻllaniladi, chunki tajribalar oʻtkazishda tirik preparatlardan foydalanish 

qonun tomonidan ta’qiqlangan.  


 

 

Finlyandiyada biologik ta’lim. 15 yoshli maktab oʻquvchilarining tabiiy fanlardan 



savodxonligini  oʻrganuvchi  PISA  xalqaro  dasturining  2012  yilgi  natijalariga  koʻra, 

Finlyandiya Xitoy, Singapur, Yaponiyadan keyin 4-oʻrinni egallagan.  

Finlyandiya  Konstitutsiyasida  mamlakatning  har  bir  fuqarosi  7  yoshdan  17 

yoshgacha majburiy ta’lim olishi belgilangan.   

Fin  ta’limining  asosiy  jihatlari:  oʻrta  maktabda  tabaqalashtirilgan  sinflarning 

ta’qiqlanganligi:  teng  yoshdagi  barcha  oʻquvchilarga  fanlar  bir  xil  oʻqitiladi, 

ixtisoslashtirilgan, maxsus sinflar yoʻq.  

individual  yondashuv  (Finlyandiyada  har  uchta  oʻquvchining  bittasi  alohida 

fanlardan u yoki bu shaklda maxsus yordam oladi). Bu esa kuchli va kuchsiz oʻquvchilar 

oʻrtasidagi tafovutlarni qisqartirishga imkon beradi.   

Oʻqitishning  umumiy  maqsadi  -  jamiyatning  ma’naviy  javobgar  a’zosini 

shakllantirish.  Kundalik  hayotda  zarur  boʻlgan  bilim,  koʻnikmalarga  alohida  e’tibor 

qaratiladi.  

ta’limning  milliy  maqsadlarini  va  har  bir  fanni  oʻqitishga  ajratilgan  soatlarni 

hukumat belgilab beradi. Barcha pedagoglar yagona milliy dasturni amalga oshiradilar. 

Ammo  oʻqitish  metodlari,  usullari,  vositalari,  oʻquv  qoʻllanmalarini  tanlashda  ularga 

chegara qoʻyilmagan.  

Finlyandiyada majburiy ta’lim ikkita bosqichda amalga oshiriladi:  

boshlangʻich  maktab  (Elementary  school)  1-6-sinflar  va  asosiy  umumiy  ta’lim 

(Lower Secondary School) 7-9 sinflar.  

Asosiy  maktabni  tamomlagach,  oʻquvchilar  tugallangan  umumiy  oʻrta  ta’lim 

beradigan gimnaziyada (3 yil) yoki kasbiy-texnik oʻquv yurtida oʻqishlari mumkin.  (1-4 

yil).  Maktabda  ta’lim  oʻrtacha  oʻquvchiga,  gimnaziyada  esa  oʻquv  dasturi  murakkab 

boʻlib, kuchli oʻquvchilarga moʻljallangan.    

Gimnaziyani tamomlashda oʻquvchilar ona tilidan (fin yoki shved tili), davlatning 

ikkinchi tili chet tili, shuningdek, matematika yoki ijtimoiy fanlardan davlat imtihonlarini 

yozma holda topshiradilar.  

Fin oʻqitish tizimining yutuqlarini neyropedagogika printsiplariga mos kelishi bilan 

ham bogʻlash mumkin.   

Bolalarni turli manbalar (internet, kitoblar)dan bilimlarni  - egallash‖ga oʻrgatiladi, 

shuningdek, tadqiqot va loyihalash ta’limining turli shakl va metodlaridan foydalaniladi.  

Asosiy maktabda biologiyani oʻqitish quyidagicha amalga oshiriladi:  

1-4-sinflarda biologiya fani asoslari “Atrof olam va tabiiy fanlar” (“Environmental 

and Natural Studies”) doirasida oʻqitiladi. Bu integrativ kurs boʻlib, geografiya, fizika, 

kimyo  fanidan  tushunchalarni  va  sogʻliqni  saqlash  yuzasidan  tavsiyalarni  oʻz  ichiga 

olgan. Kurs inson va tabiatning barqaror taraqqiyoti asoslarini oʻrganishga yoʻnaltirilgan. 

Muammoli va tadqiqot darslarini oʻtkazish tavsiya etiladi. Kurs va uning modullarining 

maqsadi  oʻquvchilarni  ularni  oʻrab  turgan  olam  bilan  tanishtirish,  tabiat  va  inson 

oʻrtasidagi  munosabatlarni  tushunishdir.  Oʻquvchilarning  atrof-muhit,  oʻzlarining 


 

 

salomatliklari haqida egallagan bilimlarini kundalik hayotda qoʻllay olishlariga alohida 



e’tibor qaratiladi. Oʻquvchilar baholanmaydi.  

5 – 6 - sinflarda biologiya alohida fan sifatida oʻqitiladi (haftasiga 1 soat). Hayot va 

uning hodisalari oʻrganiladi. Tadqiqot loyihasini bajarilish  sifatiga koʻra baholanadi.   

7  –  9  -  sinflarda  biologiya  va  geografiya  fanlari  har  yarim  yilda  navbat  bilan 

oʻqitiladi. 7- va 9-sinflarda haftasiga 2 soat, 8-sinfda – 3 soat. Fakultativ sifatida haftasiga 

qoʻshimcha  2  soatdan  oʻtilishi  ham  mumkin.  Fanning  mazmuni  modul  tuzilishga  ega. 

Fanni  oʻqitish  oʻrganish  va  pragmatik  modellarning  xususiyatlarini  oʻzida 

mujassamlashtirgan.  

Mazkur  modelga  koʻra,  oʻqituvchi  ta’lim  oluvchilarni  ilmiy  faktlar  (ba’zan  turli 

ilmiy soha ma’lumotlari) dan tashkil topgan darslarda qatnashishga chorlaydi, savollar 

beradi va bu savollarga javob oladi, shuningdek, laboratoriya ishlari oʻtkaziladi.  

Yuqori sinflarda alohida fanlar oʻqitilmaydi. Tabiiy-ilmiy fanlar bloki bir-biri bilan 

bogʻliq modullar koʻrinishiga ega. Oʻquvchilar biologiyani oʻrganishda ikkita majburiy 

va  ikkita  ixtiyoriy  modullarni  oʻzlashtirishlari  zarur. Bitta  modulni  oʻrganish  5  haftani 

tashkil etadi.  

Maktabdan tashqarida oʻqitishga katta e’tibor qaratiladi. Bolalar ilmiy-koʻngilochar 

markazlarga  masalan,  Xelsinkidagi  “Evrika”ga  boradilar.    “Evrika”dagi  barcha 

ekskursiyalar va maxsus loyihalar umumiy ta’lim dasturlarini toʻldiradi. Buning uchun 

pedagoglar  hamkorlikda  ishlaydilar:  sinfdan  tashqari  mashgʻulotlarning  rejasini 

birgalikda tuzadilar va mavjudlariga tuzatishlar kiritishadi. Ta’lim amaliy yoʻnaltirilgan: 

bolalar qiziqarli oʻyin shaklida axlatlarni saralashni  oʻrganishadi,  muzliklarning erishi 

qanday  oqibatlarni  keltirib  chiqarishini  koʻrishadi,  hayvonlarda  shartli  reflekslarning 

hosil boʻlishini kuzatishadi va h.k.   

AQSH ta’lim tizimlari. XX asrning 80-yillaridan boshlab AQSHda umumiy oʻrta 

ta’limning mazmuni qaytadan koʻrib chiqilmoqda, “strategik fanlar” (matematika, kimyo, 

fizika,  kompyuter  texnikasi)  ni  oʻqitishga  kuchli  e’tibor  qaratilmoqda.  Maktablarda 

yagona  dastur  mavjud  emas.  Boshlangʻich  maktab  6  yillik,  unda  fizika,  kimyo, 

geografiya, astronomiya, botanika, fiziologiya fanlarining ma’lumotlarini qamrab olgan 

tabiatshunoslik haftasiga 2 soatdan oʻqitiladi.  

Boshlangʻich  maktabning  oʻziga  xosligi  oʻquv  materialining  kompleks 

tuzilganligidir.  Pedagogikada  bilimlarning  integratsiyasi  markaziy  oʻrinni  egallaydi. 

Oʻquv  materialining  fan  koʻrinishidagi  tuzilmasi  mavzular  majmuasi  yoki  amaliy 

vazifalar koʻrinishida dastur bilan uygʻunlashgan.  Dasturlar spiral tuzilishiga ega, ya’ni 

bir xil mavzular har bir sinfda murakkablashgan holda oʻqitiladi.   

Barcha  sinflarda  tabiatshunoslik  kursining  mavzulari  roʻyxati:  tirik  tabiat 

(oʻsimliklar,  hayvonlar);  yer  (havo,  suv,  ob-havo);  osmon  (quyosh,  oy,  yulduzlar); 

energiya  shakllari  va  mashinalar  (issiqlik,  tovush,  yorugʻlik  va  rang,  magnitlar,  elektr 

toki, mashinalar); odam (salomatlik, xavfsizlik).  



 

 

Gigiena va jismoniy tarbiyaga katta e’tibor qaratiladi: tanani parvarishlash, toʻgʻri 



ovqatlanish,  yuqumli  kasalliklar,  sanitariya,  dam  olish  va  uyqu,  qad-qomat,  kiyim, 

xavfsizlik.  

Umuman olganda, oʻquv materialining tor amaliy yoʻnalganligi va yengilligini qayd 

etish mumkin.  

Kichik oʻrta maktabda (7-9-sinflar) yagona oʻquv rejasi, dasturlar, darsliklar mavjud 

emas,  biroq  tabiatshunoslik  majburiy  fanlar  qatoriga  kiradi.  Biologiya,  umumiy 

tabiatshunoslik 9-sinfda tanlov oʻquv fanlariga kiritilgan. Kollejda oʻqimoqchi boʻlganlar 

9-sinfda  biologiya  yoki  “Er  haqidagi  fan”,  “Salomatlik  va  jismoniy  tarbiya”  fanlarini 

oʻqiydilar.  

Yuqori oʻrta maktab (10-11-sinflar) ixtisoslashtirilgan, unda uchta oʻqitish dasturi 

boʻladi:  umumiy,  akademik  va  kasbiy.  Umumiy  tabiatshunoslik  bir  yil  davomida 

majburiy fan sifatida oʻqitiladi.   

Akademik maktablarning 10-sinfida umumiy biologiya oʻqitiladi:  

sistematika  va  ekologik  muammolar  koʻrib  chiqiladi,  turli  hayvonlar  va  oʻsimlik 

turlari, odam biologiyasi, shuningdek, irsiyat va tabiiy resurslarni muhofaza qilish haqida 

ma’lumotlar beriladi. Evolyutsiya va hayotning paydo boʻlishi oʻqitilmaydi.   



PISA xalqaro tadqiqoti natijalari. 

Ta’lim sifatini oshirish uchun uning holati va rivojlanish tendensiyalarini uzluksiz 

monitoringini  olib  borish  va  oʻquvchilarning  oʻquv  yutuqlarini  ob’ektiv  va  adekvat 

baholashni  amalga  oshirish  zarur.  Bu,  ayniqsa,  oʻquvchilarning  keyingi  shaxsiy 

rivojlanishi  va  fuqarolik  rivojlanishi  uchun  zamin  yaratadigan  umumiy  oʻrta  ta’lim 

darajasida muhim ahamiyatga ega.   

PISA  (Programme  for  International  Student  Assessment)  -  oʻquvchilar  bilimini 

baholash xalqaro dasturi, 15 yoshli bolalarning matematika, tabiiy fanlar va ona tilidan 

hayotiy koʻnikmalarni egallaganligini oʻrganishga qaratilgan tadqiqot.  

PISA  tadqiqotlari  2000  yildan  boshlangan  va  uch  yillik  davrda  oʻtkaziladi. 

Oʻrganishning  davriyligi  ishtirokchi  mamlakatlar  oʻquvchilari  ta’lim  yutuqlari,  ta’lim 

tizimida  oʻzgarishlar,  oʻrta  ta’lim  islohotining  asosiy  yoʻnalishlarini  shakllantirish  va 

ularni  amalga  oshirish  uchun  toʻsiqlarni  aniqlash  natijalari  dinamikasini  kuzatish  va 

tahliliy ishlarni amalga oshirish imkonini beradi.  

Xalqaro  PISA  tadqiqotining  maqsadi  15  yoshli  oʻquvchilarning  biologiya,  tabiiy 

fanlar boʻyicha hamda oʻqish savodxonligini baholashdan iborat. Tadqiqot maktab oʻquv 

dasturlarini ishlab chiqish darajasini belgilashga emas, balki oʻquvchilar hayot sharoitida 

oʻqitish  jarayonida  olingan  bilim  va  koʻnikmalarni  qoʻllash  qobiliyatini  baholashga 

qaratilgan.  Tadqiqotning  asosiy  masalasi:  «Boshlangʻich  ta’limni  olgan  15  yoshli 

oʻquvchilar  jamiyatda  toʻliq  foydalanishi uchun  zarur boʻlgan bilim  va  koʻnikmalarga 

egami?». Koʻpgina mamlakatlarda majburiy maktabni tamomlagan bu yoshlik davrida 

oʻquvchilar  zamonaviy  dunyoga  muvaffaqiyatli  moslashish  uchun  zarur  boʻlgan 

bilimlarni qoʻllash qobiliyatini baholash muhimdir.  

  


 

 

PISA: 2012 yil natijalari  

  


 

 

 



Shu  bilan  birga,  tadqiqotda  ishtirok  etgan  mamlakatlar  oʻquvchilarining 

natijalaridagi  farqlarni  tushuntiruvchi  omillarni  oʻrganadi.  Bu  ta’lim  jarayonini  tashkil 

etishdan oilada bolani rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishgacha boʻlgan 

bir  qator  masalalarni  baholashdir.  PISA  ishi  bir  vaqtning  oʻzida  bir  nechta  zamonaviy 

innovatsion  gʻoyalarni  amalga  oshirdi:  funktsional  savodxonlikni  baholash,  oʻrganish 

uchun qiziqish va qiziqishni oʻrganish.  

 

 


 

 

PISA ish uskunalar toʻplami quyidagilarni oʻz ichiga oladi:  



 

topshiriqlar bilan test risolalar;  



 

ta’lim muassasalari oʻquvchilari uchun soʻrovnomalar;  



 

ta’lim tashkilotlarini boshqarish uchun soʻrovnomalar;  



 

test va soʻrov oʻtkazgan shaxs uchun qoʻllanma;  



 

ta’limni tashkil etish koordinatori uchun qoʻllanma;  



 

test topshiriqlarini, ma’lumotlarni kiritish va qayta ishlashni baholash 



boʻyicha qoʻllanma.  

Tadqiqot  natijalarini  statistik  ishlov  berish  natijasida  har  bir  oʻquvchi  uchun  alohida 

1000-balli tizim bilan baholanadi.  

 



atrofdagi  haqiqatda  yuzaga  keladigan  muammolarni  aniqlash  va 

biologiyadan foydalanib hal qilish;  

 

bu muammolarni biologiya tilida ifodalash



 

biologik faktlar va usullarni qoʻllash orqali ushbu muammolarni hal 



qilish; 

 



ishlatilgan usullarni tahlil qilish;  

 



muammoni hisobga olgan holda olingan natijalarni tushuntirish;  

 



hal etish natijalarini shakllantirish va qayd etish.  

         Oʻquvchilarga taqdim etilgan topshiriq namunasi.  

1.

 

Fuji togʻiga koʻtarilish.  Yaponiyadagi Fuji togʻi “uyqudagi” vulqoni bilan mashhur 



togʻ hisoblanadi. Fuji togʻi faqat 1 iyuldan 27 avgustgacha boʻlgan davrda odamlar uchun 

ochiq. Taxminan 200  ming kishi hozirgi vaqtda Fuji togʻiga chiqmoqda. Oʻrtacha har 

kuni Fuji togʻiga qancha odam koʻtariladi?  

PISA tadqiqotlaridan kelib chiqadigan saboqlar: 

 



aksariyat oʻquvchilar XXI asrda yashashga tayyor emaslar, ya’ni zamonaviy 

jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqqan kompetentsiyalariga toʻlaqonli ega emaslar;  

 

maktab  ta’limi  koʻp  jihatdan  bu  kompetentsiyalarni  shakllantirishga 



yoʻnaltirilmagan.   

 



oʻquvchilar  egallagan  bilim  va  koʻnikmalarini  qayerda  ishlatilishini 

bilishmaydi. 

 

hali ham koʻp maktablarda eskicha usullarda ta’lim berilmoqda, ya’ni tayyor 



bilimlar  berilayapti.  Aslida  maktab  oʻquvchilarni  “oʻrganishga  oʻrgatishi”  lozim, 

ya’ni mustaqil bilim olishga oʻrgatishi kerak boʻladi.  



 

darsliklar    va  undagi  oʻquv  topshiriqlari  mazmuni  ham  bunday  vazifani 



bajarishga moʻljallanmagan. 


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling