Biologiya hayot haqidagi fan


Tirik organizmlarning hususiyatlari


Download 21.33 Kb.
bet2/2
Sana08.01.2022
Hajmi21.33 Kb.
#236643
1   2
Bog'liq
Mavzulashtirilgan test 5-sinf

Tirik organizmlarning hususiyatlari.

1.Metobolizm nima?

A) Moddalar almashinuvi B) Assimilyatsiya.

C) Dissimilyatsiya. D) Oziqlanish.

2. Moddalar almashinuvi nechchi bosqichdan iborat?

A) 1. B) 2. C) 3. D) 4.

3. Energiya sarfi bilan boradigan bosqich qandey nomlanadi?

A) Moddalar almashinuvi B) Assimilyatsiya.

C) Dissimilyatsiya. D) Oziqlanish.

4. Energiya hosil bo’lishi bilan kechadigan jarayon qanday nomlanadi?

A) Moddalar almashinuvi B) Assimilyatsiya.

C) Dissimilyatsiya. D) Oziqlanish.

5. Assimilatsiya jarayoni qandey reaksiyalar to’plamidan iborat?

A) Parchalanish. B) Qaytarilish.

C) Oksidlanish. D) Sintez reaksiyalari.

6. Oddiy moddalardan murakkabini hosil qilish bilan kechadigan jarayonga nima deyiladi?

A) Moddalar almashinuvi B) Assimilyatsiya.

C) Dissimilyatsiya. D) Oziqlanish.

7. Tirik organizmlar oziqlanish usuliga ko’ra necha guruhga bo’linadi?

A) 1. B) 2. C) 3. D) 4.

8. Ozuqasini o’zi sintezlay oladigan organizmlarga nima deyiladi?

A) Avtotroflar. B) Geterotroflar.

C) Parazitlar. D) Avtohorlar.

9. Tayyor ozuqa bilan oziqlanadigan organizmlarga nima deyiladi?

A) Avtotroflar. B) Geterotroflar.

C) Parazitlar. D) Avtohorlar.

10. Avtotroflarga qaysi organizmlar kiradi?

A) O’simliklar. B) Ayrim bakteriyalar.

C) Hayvonlar. D) A va B javoblar to’gri.

11. Geterotroflarga qaysi organizmlar kiradi?

A) O’simliklar. B) Ayrim bakteriyalar.

C) Hayvonlar. D) A va B javoblar to’gri.

12. Geterotroflar berilgan qatorni ko’rsating?

A) Hayvonlar. B) Zamburug’lar.

C) Bakteriyalar. D) barchasi to’gri.

13. Kislorodni qabulqilib, karbonat angidrid ajratish jarayoniga nima deyiladi?

A) Oziqlanish. B) Ayirish. C) Nafas olish. D) Ta’sirlanish.

14. Organizm uchun zararli bo’lgan maxsulotlarni tashqi muhitga chiqarish jarayoniga nima deyiladi?

A) Nafas olish. B) Ta’sirlanish. C) Oziqlanish. D) Ayirih

15. Tirik organizmlarning ta’sirlanishi to’g’risida berilgan to’g’ri fikrni ko’rsating?

A) Organizmga biror nasa bilan tasir etganda qochish, qisqarish bilan javob qaytarishi.

B) atmosferadan kislorod olib, karbonat angidrid chiqarishi.

C) Tez yugurishi orqali dushmandan qochishi.

D) Faol harakatlanish orqali ozuqasini izlab topishi.

16. Tirik organizmlarning o’zidan nasl qoldirish jarayoniga nima deb ataladi?

A)Nafas olish. B)Ta’sirlanish. C)Oziqlanish. D)Ko’payish

17. Ko’payish necha xil ko’rinishda bo’ladi?

A) 1. B) 2. C) 3. D) 4.

18. Jinssiz ko’payish usullari berilgan qatorni ko’rsating?

A) Bitta organizm ishtirokida boradigan jarayon.

B) Asosan ikkiga bo’linish, kurtaklanish va spora orqali ko’payish ko’rinishida bo’ladi.

C) Ikkita organism ishtirokida kechadi, irsiy axborot almashinadi.

D) A va B javoblar to’g’.

19. Jinsiy ko’payish to’g’risida to’g’ri fikr berilgan qator qaysinisi?

A) Bitta organizm ishtirokida boradigan jarayon.

B) Asosan ikkiga bo’linish, kurtaklanish va spora orqali ko’payish ko’rinishida bo’ladi.

C) Ikkita organism ishtirokida kechadi, irsiy axborot almashinadi.

D) A va B javoblar to’g’.

20. Gameta deb nimaga aytiladi?

A) Hujayraning jinssiz ko’payish jarayonida hosil bo’gan ikkita yosh hujayralarga.

B) Jinsiy ko’payishda ishtirok etadigan hujayralarga.

C) Kurtaklanishdan hosil bo’lgan organga.

D) To’g’ri javob berilmagan.

21. O’sish deganda nima tushuniladi?

A) Organizmni sifat jihatdan o’zgarishiga.

B) Hujayralar miqdorining ozayishiga.

C) organizm miqdorini o’zgartirmagan holda hayot kechirishiga.

D) Organizm tuzulishni saqlagan holda miqdor jihatdan ortib borishiga.

22. Rivojlanish deganda nima tushuniladi?

A) Organizmni sifat jihatdan o’zgarishiga.

B) Hujayralar miqdorining ozayishiga.

C) organizm miqdorini o’zgartirmagan holda hayot kechirishiga.



D) Organizm tuzulishni saqlagan holda miqdor jihatdan ortib borishiga.


Download 21.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling