Biologiya kafedrasi “dak ga tavsiya etaman” Tabiiy fanlar va geografiya fakulteti dekani dots. A. Nazarov


Download 498.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana17.06.2020
Hajmi498.93 Kb.
#119623
1   2   3   4   5
Bog'liq
biologiya darslarida oquvchilarning individual faoliyatini tashkil etishning pedagogik asoslari (1)


 Biologiyadan  o‘quv  darslarni    tashkil  etish  va  olib  borishda  foydalaniladigan 

samarali o‘quv-metodik vositalar.

 

Tadqiqotning  ilmiy  va  amaliy    axamiyati;  Biologiya    darslarida  o‘quvchilarni 

individual  mustaqil  faoliyatiga  mo‘ljallangan  o‘quv  metodik  ta‘minotning 

yaratilishi darslarda o‘quv faoliyatini dasturlash va boshqarish imkonini beradi 

Bitiruv  malakaviy  ishning  tarkibi  tuzilishi      Kirish,  ikki  bob,    xulosalar, 

adabiyotlar ro‘yhati, ..............sahifadan iborat. 



Adabiyotlar sharxi 

Fan-texnika rivojlanishining jadallashuvi jamiyatning ijtimoiy,  iqtisodiy, tizimi 

oldiga  muayyan  maqsad  va  vazifalarni  qo‘yadi.  O‘zbekiston  Respublikasining 

«Ta‘lim  to‘g‘risida»gi  Qonun    va  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi»da    o‘z 

aksini  topgan  bu  talablar  maqsadi  har  tomonlama  kamol  topgan,  bozor 

iqtisodiyoti  sharoitiga  moslashgan,  jamiyat,  davlat  va  oila  oldidagi  o‘z 

javobgarligini  his  etadigan  kishilarni  tarbiyalashdan  iborat.  Bu  talablarni 

amalga  oshirish  uchun  o‘qitishning  samarali  shakllari  va  vositalarini  ishlab 

chiqib,  ta‘lim  jarayoniga  tadbiq  etish,  ta‘limning  o‘quvchi  shaxsiga  qaratilgan 

demokratik  yo‘nalishlarini  rivojlantirish,  didaktik  va  axborot  vositalarining 

yuqori  samara  beradigan  yangi  avlodini  yaratish  va  ta‘lim  jaraniga  joriy  etish 

zarur.O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  hamda  «Ta‘lim  to‘grisida»gi 

Qonunda ta‘lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi 

ta‘lim jarayonining uzluksizligi, izchilligi, dunyoviyligi, bilim olishning hamma 

uchun  ochiqligi  yozilgan  .  Davlatimiz  tomonidan  biologiya  ta‘limi  sohasidagi 

oldinga  qo‘yilgan  vazifalarni  muvoffaqiyatli  hal  qilinishi  uchun  eng  avvallo 

uzluksiz  ta‘lim  tizimida  zoologiyadan  ta‘lim  va  tarbiyani  tashkil  etishning 

nazariy asoslari bo‘lgan didaktik tamoyillarni aniqlab olish zarur. 



 

11 


Pedagogik  adabiyotlarda  o‘qitish  tamoyillari  sifatida  ta‘lim  tizimining 

tuzilishi,  mohiyati,  qonuniyatlari,  didaktik  faoliyatni  tashkil  etishda  va   

boshqarishda      namoyon      bo‘ladigan      bilimlar      ta‘minoti  tushuniladi.      

Ta‘lim  tizimining  demokratik  tamoyillarini  rivojlantirish,  o‘quvchilarning 

mustaqil  ishlarini  faol  tashkil  etish  va  rag‘batlantirishga  imkon  beradi. 

Pedagogik adabiyotlarda o‘qitish tamoyillari sifatida ta‘lim tizimining tuzilishi, 

mohiyati,  qonuniyatlari,  didaktik  faoliyatni  tashkil  etishda      va      boshqarishda   

namoyon      bo‘ladigan      bilimlar      ta‘minoti

   

tushuniladi.  O.Mavlonov  va 



boshqalarning  ishlarida  laboratoriya  mashgulotlarida asosiy  metod o‘quvchilarning 

individual 

 

mustaqil 



ishini 

tashkil 


etish 

ekanligi 

tahkidlanadi. 

Mualliflar 

laboratoriya 

mashgulotlarida 

asosiy 

vaqtni  o‘quvchilarning  individual    mustaqil  ishlarini  bajarishga  sarflanishi 



lozimligi; 

mashg‘ulotlarni 

tarqatma 

materiallar 

yordamida 

olib 


borish 

imkoniyatlari;  tabiiy  holda  hayvonlarni  o‘rganishning  amaliy  ahamiyati 

haqida 

ma‘lumotlar 



berishadi. 

Amaliy 


jihatdan 

laboratoriya  

mashg‘ulotlari  hayvonlar  organizmini  chuqur  o‘rganishning  asosiy  yo‘li 

bo‘lsada,  umumiy  o‘rta  ta‘lim  maktablari  o‘quv  dasturida  ta‘limning  bu 

shakliga  katta  e‘tibor  berilmaydi.  Ko‘p  hollarda  o‘quvchilarning  vazifasi 

tirik  yoki  fiksirlangan  ob‘ektlardan  vizual  o‘rganish  va  rasmini  chizib 

olishdan;  o‘qituvchining  vazifasi  esa  laboratoriya  ishini  bajarishda 

o‘quvchilarga  maslahat  berish  va  ular  faoliyatini  nazorat  qilishdan  iborat 

ekanligi  tahkidlab  o‘tiladi.  Laboratoriya  mashg‘ulotlarining  bir  xil  usulda 

olib  borilishi  zerikarli  bo‘lib,  o‘quvchilarning  ijodiy  imkoniyatlarini 

cheklaydi.  Bu  holat  ularning  fanga  bo‘lgan  qiziqishlarini  so‘nishiga  olib 

keladi.«M.Allamuratov  va  boshqa  mualliflarning    o‘rta  maxsus  kasb-hunar  ta‘limi 

muassasalarida  laboratoriya  mashg‘ulotlarini  o‘tkazishga  oid  «Biologiya»  nomli 

uslubiy  qo‘llanmasida  o‘quvchilarning  faol  bilim  olish  jarayoniga  jalb  qilish 

maqsadida  laboratoriya  mashg‘ulotlarini  interfaol  usulda  tashkil  etish  yo‘llari 

ko‘rsatib berilgan. Mazkur qo‘llanmada umumiy o‘rta ta‘lim, akademik litsey va 

o‘rta  maxsus  kasb-hunar  kollejlarida  tabiiy  fanlar  o‘quv  dasturi  asosida 

tuzilgan  laboratoriya  ishlari  keltirilgan  bo‘lib,  «ELXOLDING»  MCHJ 



 

12 


tomonidan  ishlab  chiqarilayotgan  biologiya  fanidan  laboratoriya  jihozlarining 

bevosita  o‘quv  jarayonida  qo‘llashga  oid  ma‘lumotlar  beriladi.  Laboratoriya 

mashgulotlarida  biologik  obhektlarni  o‘rganish,  kuzatish,  tabiiy  obhektlardan 

keng  foydalanish  usulini  tatbiq  etish  ko‘zda  tutiladi.[M.Allamuratov.2001]        

O‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish masalalari respublika 

metodist  olimlarining  maktab  botanika,  zoologiya,  umumiy  biologiya  darslarida 

mahalliy materiallardan foydalanish muammosini yechishga qaratildi. O.Mavlonov, 

N.M.Verzilin, 

V.F.Shalaev 

Ye.M.Belg‘skaya, 

A.E.Suxarev, 

A.T.G‘ofurov,X.SHokirovlar  darsdan  va  sinfdan  tashkari  ishlarning  formalari  va 

ularga  oid  ishlarning  turlari  xaqida  o‘zlarining  qimmatli  fikrlarini  bayon 

qilganlar.[O.Mavlonov,2009-y.N.M.Verzilin,1991-y.V.F.Shalaev,1999-

y.Ye.M.Belg‘skaya,A.E.Suxarev,1995-y.A.T.G‘ofurov,X.Shokirov,1990-y.]. 

Shu 


bilan  bir  vaqtda  botanik,  zoologik  bilimlarni  maktab  tajriba  yer  uchastkasida  va 

tirik  burchakgida  darsdan  va  sinfdan  tashkari  mashg‘ulotlarda  olib  borilayotgan 

amaliy  ishlar  bilan  bog‘lash  masalalari  tadqiq  qilingan.  M.Jabborov,  T.Isxakov, 

X.SHokirovlar  tomondan  biologiyani  o‘qitishdagi  turli  mavzular  bo‘yicha  ilmiy 

tadqiqot ishlarni olib borishga imkon yaratdi. 

Metodist  olimlardan  I.A.Norbekov,  M.Maxkamov,  A.T.G‘ofurov  zoologiya 

fanidan  o‘tkaziladigan  darsdan  va  sinfdan  tashqari  mashg‘ulotlar 

ekskursiyalarning  xillari,  ularni  o‘tkazish  metodikasi,  unda  o‘quvchilar 

tomonidan olib boriladigan kuzatishlar, tajribalarni hal qildilar. 

Maktab  biologiya  kursini  o‗qitishga  bo‘lgan  didaktik  talablar,  biologiyadan 

darsdan  va  sinfdan  tashqari    darslarida  o‘quvchilarning  bilish  faoliyatini 

faollashtirish  masalalari  X.SHokirovning  ―Zoologiyadan  sinfdan  tashqari 

ishlar‘‘qo‘llanmasida  ifodasini  topdi.  M.Ortiqov  esa  o‘zining  maktablarda 

o‘tkazgan  tajribalari  ,  biologiya  darslarida  ekran  vositalari  o‘quv  filmlari, 

diafilmlardan 

foydalanish  o‘quvchilarda 

biologik  o‘kuv 

materialini 

o‘zlashtirishga  bo‘lgan  qiziqishini  orttirishiga,  ularning  bilimini  mustaxkam 

bo‘lishida aloxida axamiyatga ega ekanligini isbotlab berdi. J.Tolipova darslarni 

xilma  xillashtirish,  noan‘anaviy  arslar,  seminar,  konferentsiya,  muammoli 

munozarali  o‘tkazish  o‘quvchilarning  bilish  faoliyatini  faollashtirishda, 



 

13 


mustaqilligini  rivojlantirishda,  puxta  bilim  egallashlarida  katta  rol  o‘ynashini 

ko‘rsatib  berdi  Mahalliy  materiallarga  asoslangan  holda  sinfdan  tashqari 

mashg‘luotlarni  qanday  shaklda  mazmunda  o‘tkazish  kerakligi  A.T.G‘ofurov, 

S.K.Xabirovalarning 

«Biologiyadan 

sinfdan 


tashqari 

mashg‘ulotlar» 

qo‘llanmasida  yoritilgan.  Qo‘llanmada  ayrim  o‘quvchilar,  o‘quvchilar  guruxi 

hamda  ommaviy  ravishda  tashkil  etiladigan  sinfdan  tashqari  mashg‘ulotlarning 

xillari,  ularning  mazmuni  va  o‘zaro  bog`liqligi  maktablarda  o‘tkazilgan 

pedagogik tajribalar asosida ochib berilgan. 

Mustaqillik yillarida respublika metodistlarining diqqat e‘tibori o‘quvchilarning 

bilish  faoliyatini  faollashtirish  masalasiga  qaratildi.  Bu  o‘rinda    biologiyadan 

noan`anaviy  darslar  o‘tkazishga  qaratildi  va  J.Tolipova,  A.T.G`ofurovlar 

«Biologiya o`qitish metodikasi va texnologiyalari» qo`llanmasi yaratildi. 

 

Respublikamiz  metodistlari  biologiyaning  faqat  umumiy  o‘qitish 



metodikasi  bilan  emas,  balki  xususiy  metodikasi  bilan  ham    shug`ullana 

boshladi.T.G‘ofurov,M.Maxkamov 

«Botanikadan  ekskursiyalar  o‘tkazish 

metodikasi»  ,  R.A.Nizamov    va  boshqalarning  qancha  o‘quv  metodik 

qo`llanmalarni ko`rsatish  mumkin.Umumiy  o‘rta  ta‘lim  maktablari  darsliklarini 

yangi  avlodiga  qo‘yilgan  talablar,  D.Hodiyev,  R.G‘afarova,  M.Rixsiyevlar 

tomonidan  ishlab  chiqilgan,  umumiy  o‘rta  ta‘lim  maktablari  uchun  biologiya 

darsliklariga 

qo‘yilgan 

talablar 

borasida 

X.Shokirov, 

M.Jabborov, 

M.Nishonboyevalar tomonidan o‘rganilgan  biologiyani o‘qitish metodikasining 

takomillashtirish,  mazmunini  yangilash,  biologiya  ta‘limi  jarayoniga  yangi 

pedagogik  texnologiyalarni  joriy  etikh  borakida  A.T.G‘ofurov,  A.Zikiryayev, 

O.Mavlonov,  F.O.Tolipova,  K.Fayzullayev  kabi  olimlar  tadqiqot  ishlarida 

yoritildi



1.1 UMUMTA’LIM  MAKTABLARIDA  BIOLOGIYANI    O’QITISHNING  

MAZMUNI VA METODLARI 

 

Mamlakatimiz    Prezident  Islom    Karimov      rahbarligida    ta‘lim    va    tarbiya  



sohasida    katta    bunyodkorlik    ishlari  amalga    oshirildi.  Mamlakatimizda  

yurеboshimiz    tashabbuslari    bilan.    Kadirlar    tayorlash    milliy    dasturi    qabul  

qilinib,  qator    hukumat  qarorlari  asosida    amalgam    oshirilayotgan    sohalari  


 

14 


islohalar    natijasida,  dunyoda  ,,O‘zbek  modeli‖  deb    e‘tirof    etilgan,  tarbiya  

hamda  ta‘limni    uzviy    va  izchil    qo‘shib    olib    borishga    qaratilgan  mutlaqo  

yangi    tizim    yaratildi.,,2004—2009  yillarda    maktab    ta‘limini    rivojlantirish  

Davlat  Umummilliy  dasturi‖,  ,,Talim  tizimini  mazmunan  modernizasiyalash  

va    ta‘lim-tarbiya    samaradarligi    yangi    sifat    darajasiga  ko‘tarish    dasturi‖ 

zamirida  ham    ta‘lim    samaradorligini    maqsadi  etganligi    fikrimizni  

tasdiqlaydi.  Biologiya  mashg‘ulotlarida  o‘quvchilarning faolligini ta‘minlash, 

ularning  individual  ishlashlari  uchun    noqulay  sharoit  yaratish  ta‘lim  jarayoni 

samaradorligini ta‘minlovchi  asosiy  

omillardan  biridir. 

Respublikamizda  amalga  oshirilayotgan  umumta‘lim  maktablarini  isloh  qilish 

muammosi  umumtahlim  maktab  o‘qituvchisi  faoliyatini  o‘quvchining  bilim 

olishi,  uning  qobiliyatini  yanada  rivojlanishi  va  shaxs  sifatida  kamol  topishi 

uchun  zarur  bo‘lgan  sharoit  yaratib  berishga  yo‘naltirishni  talab  etadi. 

Buning  uchun  o‘qituvchi  har  doim  kimni  o‘qitish,  nimani  o‘qitish  va  qanday 

qilib  o‘qitish  kerak?  degan  savollarga  javob  izlashi  kerak  bo‘ladi  .  Bu 

savollarning to‘g‘ri yechimi topish uchun o‘qituvchi pedagogikaning asosiy 

qonun va qoidalarini, o‘quv predmetining mazmuni, maqsadi va  vazifalarini 

yaxshi  tushunib  olishi,  o‘qitish  metodlari  va  texnologiyalarini  chuqur 

o‘zlashtirgan  bo‘lishi  kerak.  Hozirgi  ijtimoiy  va  ma‘rifiy  islohatlar  davrida  

ta‘lim  muassasalarida  olib  boriladigan  ta‘lim-tarbiyaning  asosiy  maqsadi 

zamonaviy dastur asosida ta‘lim samarasini oshirish va yuqori malakali kadrlar 

tayyorlashdan  iborat.  Shundan  kelib  chiqib,  ta‘lim  muassasalarining 

vazifalari quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak: 

o‘qituvchilarda  o‘quv  jarayoni  samaradorligini  ta‘minlovchi  pedagogik 



malakalarni shakllantirish;

 

-o‘kituvchilarda ijtimoiy va iqtisodiy islohotlarni tushunib yetadigan yangi 



professonal fikrlashni shakllantirish; 

-  pedagogik 

bilimlarni  o‘qituvchi  faoliyatining  metodologik  asosi 

sifatida o‘zlashtirilishiga erishish; 

-  o‘qitish  texnologiyalarini  o‘qituvchilar  professonal  faoliyatining  eng 

yaqin vositasi sifatida o‘zlashtirilishiga erishish.

 


 

15 


Ta‘lim muassasalarida o‘qitishning shakl va metodlari o‘quv

 

jarayonini  yagona  didaktik  ta‘minotini  tashkil  etadi.  O‘qitish  shakllari  va 



metodlari mazmunan o‘zaro  bog‘langan quyidagi ikki faoliyat bilan bog‘liq:

 

- o‘qituvchining o‘quv jarayonini boshqarish v a tashkil etish bilan bog‘liq 



faoliyati;

 

-  o‘quvchilarning  ta‘lim  jarayonida  bilim  olish  bilan  bog‘liq  faoliyati. 



Umumta‘lim  muassasalarida  amalga  oshiriladigan  o‘quv  jarayoni  

shakllari dars darsdan tashqari mashg‘ulotlar sinfdan tashqari mashg‘ulotlar 

amaliy 

va 


laboratoriya 

mashg‘ulotlari, 

ekskursiyalar, 

uyga 


vazifa 

va 


ukuvchilarning 

mustaqil 

ishlaridan 

iborat.  Quyida  o‘quv  jarayonining  asosiy  shakllardan  darsdagi  maruzaning 

mazmuni tahlil qilib beriladi.

 

Ma‘ruza  biror  mavzuni  yoki  ilmiy  muammoni  to‘gri,  muayyan  mantiqiy 



izchillikda  va  aniq  izoxlab  berishdan  iborat.  Ma‘ruza  o‘qituvchi  shaxsining 

barcha  boyliklari:  ongi,  hissiyoti,  irodasi,  tuyg‘usi,  e‘tiqodi  orqali  o‘quvchilar 

ichki  dunyosi  bilan  muloqotda  bo‘lishning  eng  samarali  va  jonli  shaklidir  . 

Ma‘ruza  darslari  ta‘limning  yo‘naltirish,  axborot  berish,  metodologik  va 

tarbiyalash funksiyalarni amalga oshirishga yordam beradi. Ma‘ruza darslarining 

ta‘limni yo‘naltirish funksiyasi o‘quvchi diqqatini o‘quv materiallarining asosiy 

mazmuniga, uni o‘rganishni kelgusi kasbiy faoliyat uchun ahamiyatiga, bilimni 

o‘zlashtirish  metodlariga  jalb  qilishga qaratishdan iborat.  Ma‘ruzaning  axborot 

funksiyasi o‘qituvchi tomonidan asosiy ilmiy tushunchalar, qoidalar va xulosalar 

mazmun  mahiyatini  ochib  berish  orqali  amalga  oshiriladi.  Ta‘limning  metodik 

funktsiyasi tadqiqot metodlarini qiyoslashga, ilmiy izlanishlarning tamoyillarini 

va  ularga  yondashuvlarni  ochib  berishga  imkon  beradi.  O‘qitishning 

tarbiyaviy  funktsiyasiga  esa  ma‘ruza  jarayonida  o‘quv  materiallariga 

o‘quvchilarning  hissiy  munosabatini  uyg‘otish,  ularning  qiziqishini  oshirish, 

mantiqiy  fikrlashi  va  isbot  qilish  qobiliyatini  rivojlantirish  orqali  amalga 

oshiriladi.Ma‘ruza darslarida asosan quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

 

o‘quvchilarga 



muayyan 

maqsadda 

ilmiy 

bilim 


berishda 

Olima 


N.Azizxo‘jaevaning  ta‘kidlashicha  ma‘ruza  darslari  didaktik  maqsadiga  ko‘ra 

 

16 


tanishuv  [kirish],  tematik  va  umumlashtiruvchi  [yakuniy]  xillarga  ajratiladi  . 

Tanishuv  ma‘ruzasida  o‘quv  predmetining  o‘quv  fanlari  orasida  tutgan  o‘rni, 

o‘quv  materiallarini  amaliyotda  qo‘llash  yo‘llari,  predmetni  o‘rganish 

metodlari  yoritiladi.  Bunday  darslarda  o‘qituvchi  asosiy  masalani  umumiy 

tarzda u yoki bu tomondan yoritib beradi. Qo‘yilgan muammo keyingi darslarda 

to‘la - to‘kis yoritib beriladi [N.Azizxo‘jaeva, 2009].

 

 

 



 

 

      



Tematik  ma‘ruzalar  o‘quv  predmetidagi  biror  mavzuga  bag‘ishlangan 

bo‘lib, ularda mavzu bo‘yicha ilmiy tushunchalar va dalillar yoritiladi;  taxlil 

qilinadi  va  xulosalanadi.  Yakuniy  mahruzalarda  ilgari  o‘rganilgan  o‘quv 

materiallari  umumlashtiriladi  va  xulosalanadi.  Umumlashtiruvchi  ma‘ruza 

mazmuni  avvalgi  mahruzalardan  farq  qiladi.  Bunday  ma‘ruzalar  o‘quvchilar 

o‘zlashtirgan bilimlarni yuksak darajada abstraktsiyalashga, ular  olgan  bilimni 

chuqurlashtirishga  va  metodik  jihatdan  yaxshi  tasavvur  qilishga  yordam 

beradi.


 

Umum ta‘lim muassasalaridagi ta‘lim jarayoniga dars bilan bir qatorda amaliy -

laboratoriya  mashg‘ulotlari  har  bir  o‘quvchi  yoki  guruh  uchun  mo‘ljallangan 

mustaqil  ishlar  ham  kiradi.Amaliy  mashg‘ulotlar  keng  ma‘noda    laboratoriya 

mashg‘ulotlarini o‘z ichiga oladi. Amaliy mashg‘ulotlarda   o‘quv jarayoni

 

qatnashchilari birgalikda, ko‘pincha mustaqil faoliyat ko‘rsatishadi. Bunday



 

mashg‘ulotlar  vazifasiga  ko‘ra  ham  ma‘ruza  darslaridan  farq  qiladi.  Chunki 

ma‘ruza 

darslarida 

asosiy 

ilmiy 


bilimlar 

bayon 


qilinadi. 

Amaliy 


mashg‘ulotlarda 

esa 


avval 

o‘rganilgan 

bilimlar 

kengaytiriladi, 

chuqurlashtiriladi  va  aniqlashtiriladi.  Amaliy  mashg‘ulotlardan  o‘quvchilar 

bilimini sinash uchun ham foydalaniladi.

 

  

Biologiyadan laboratoriya mashg‘ulotlarining vazifasi darslarda bayon 



qilingan  nazariy  tushunchalarni  mustahkamlash,  olingan  bilimlarni 

amaliyotga  tadbiq  etishni  o‘rganish,  o‘quv  predmeti  bo‘yicha  o‘rganilgan 

bilimlarni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish, o‘quvchilarni ilmiy tadqiqot 

olib borish qobiliyatini rivojlantirishdan iborat.

 

Laboratoriya mashg‘ulotlari o‘quv predmetidagi ayrim mavzularni chuqur 



o‘rganish,  o‘quv  predmeti  yoki  mavzuning  eng  muhim  bo‘lgan  qismini 

 

17 


metodologik  jihatda  ishlab  chiqishga  bag‘ishlangan  bo‘ladi.Biologiyadan 

laboratoriya    mashg‘ulotlarida  o‘quvchi  bilan  o‘qituvchi  o‘rtasidagi  ikki 

tomonlama  aloqa  o‘rnatiladi.  O‘quvchilar  nisbatan  kichik  guruhlarga 

bo‘linib,  o‘zaro  jonli  mashg‘ulot  olib  borishadi,  fikr  almashinishadi,  o‘z 

qarashlarini  bayon  qilishadi.  Bunday  darslarda  o‘qituvchi  qo‘yilgan 

muammoning  muhokamasini  tashkil  etadi  va  boshqarib  boradi;  o‘quvchilar 

fikrini  muayyan  muammoga  jalb  etadi    O‘qituvchi  bu  vazifalarni  kirish

       


so‘zi 

orqali  aniq  va  qisqa  bayon  qiladi.  O‘qituvchidan  o‘quvchilarni  mustaqil 

fikrlashga  yo‘naltirish,  muhokamaga  tavsiya  etilgan  masalaning  mohiyati  va 

shaklini aniq bilish,  talab qilinadi.

 

O‘qituvchi  laboratoriya  mashg‘ulotiga  yakun  yasaganida  darsni 



zamonaviy  fan  yutuqlari  nuqtai  -  nazaridan  hal  etilganligiga,  ayrim 

o‘quvchilarning faolligi va tayyorgarlik darajasiga, fikrlash va o‘z fikrini bayon 

qilish madaniyatiga baho beradi. Laboratoriya mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning 

bilish  faoliyatini  faollashtirish  maqsadida  ular  uyda  o‘tkazilgan  mashg‘ulot 

yuzasidan  yozma  xisobot  yozishga  jalb  etiladi.  Laboratoriya  mashg‘ulotlari 

o‘quvchilarning 

mustaqil 

ish 


bajarishi 

va 


tajriba  o‘tkazishi  bilan  boshqa  darslardan  farq  qiladi.  Ularda  o‘quvchilar 

olgan  nazariy  bilimlarni  amaliyotda  qo‘llashni  va  ko‘rgazmali  vositalar 

yordamida  ishlashni  chuqurroq  o‘rganishadi.  Ularda  tadqiqot  o‘tkazish 

ko‘nikmalari  shakllanadi.  Laboratoriya  mashg‘ulotlari  orqali  o‘quvchilar  o‘quv 

predmetining  umumiy  metodikasini  egallashadi,  ilmiy  tushunchalarga 

ijodiy yondashuvni o‘rganishadi.

 

Laboratoriya mashg‘ulotlarining didaktik tamoyillariga quyidagilar kiradi:



 

- mashg‘ulotlarni rejalashtira olish va o‘tkaza olish; 

- mashg‘ulotlarning maqsadini aniq belgilab olish; 

- o‘quvchilarda  bilimlarni  chuqurlashtirishga  va  amaliyot    bilan  bog‘lashga 

qiziqish uyg‘otish; 

 

-  o‘quvchilarning  mustaqil  ishlashi  va  ish  natijasini  xulosalashiga 



imkon yaratish; 

-  o‘quvchilarning  mustaqil  ishlash,  olingan  natijalarni  xulosalash 



 

18 


ko‘nikmalarini shakllantirish; 

o‘quvchilarni mehnatsevarlikka o‘rgatish.



 

Ta‘lim  jarayonining  tubdan  qayta  qurish  va  uning  samarasini  oshirishda 

o‘quvchilarning  mustaqil  ishlari  muhim  ahamiyatga  ega.  O‘qitishning 

namoyish  qilish,  video,  illyustratsiya  metodlaridan  nazariy  va  laboratoriya 

mashg‘ulotlarida bir xil darajada foydalanish mumkin.

 

1.2.  BIOLOGIYANI    O’QITISHDA    O’QUVCHILARNING    ILMIY  DUNYOQARASHINI  



SHAKLLANTIRISH 

Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida  qayd  etilganidek,  ta‘lim  sоhasidagi 

davlat  siyosati  insоnni  intellektual  va  ma‘naviy-axlоqiy  jixatdan  tarbiyalash 

bilan  uzviy  bоg‘liq  bo‘lgan  uzluksiz  ta‘lim  tizimi  оrqali  barkamоl  shaxs  - 

fuqarоni  shakllantirishni  nazarda  tutadi.Ushbu  vazifalarni  hal  etish  uzluksiz 

ta‘lim  tizimining  barcha,  shu  jumladan  asоsiy  bo‘g‘inlaridan  biri  bo‘lgan 

umumta‘limda  o‘qitiladigan  barcha  o‘quv  fanlari  qatоri  biologiyani  ham 

zimmasiga yuklanadi. 

Biologiyani  o‘qitishda  avvalо,  o‘quvchilarning  ilmiy    dunyoqarashini 

shakllantirish  va  rivоjlantirish  uchun  biоlоgiyaning  asоsiy  g‘оya,  nazariya, 

qоnuniyatlari  va  tushunchalari,  amaliyot,  halq  xo‘jaligining  turli  tarmоqlarida 

tutgan  o‘rni?  biоlоgik  bilimlarni  o‘zlashtirishning  ahamiyati  bilan  tanishtirish 

nazarda  tutiladi  va  shu  оrqali  ularda  ilmiy  dunyoqarashni  shakllantirish  va 

rivоjlantirish, insоnning tabiat va jamiyatga оngli munоsabatini tarkib tоptirish, 

shuningdsk  kelgusidagi  kasbiy  faоliyati  bilan  uzviy  bоg‘langan  xоlda  ta‘lim-

tarbiyaviy  tizim  vujudga keltiriladi.Mazkur  tizim  o‘zida  o‘quvchilar  tоmоnidan 

o‘quv  fanlari  mazmunidagi  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarni  mustahkam 

o‘zlashtirishlari  barоbarida,  ilmiy  dunyoqarash  va  tafakkurni  shakllantirish  va 

rivоjlantirish masalalarini mujassamlashtiradi. 

Biologiya    o‘quv  kursini  o‘rganish  tabiatdagi  biоlоgik  оb‘ektlarning 

tuzilishi, rivоjlanishi va hayot faоliyati qonuniyatlarini tushunishga оlib keladi. 

Bu bilimlar o‘quvlarning ilmiy dunyoqarashi va e‘tiqоdlari tizimini tashkil etadi. 

O‘quvchilarning  ilmiy  dunyoqarashi  biоlоgik  qоnuniyatlarni  «tabiat-insоn-

jamiyat»  munоsabatlarining  tarixiy  rivоjlanish  nuqtai  nazaridan  tushunishga 



 

19 


asоslanadi.«Ilmiy 

dunyoqarash» 

tushunchasiga 

biоlоgiya 

o‘qitish 

metоdikasining turli manbalarida turlicha yondоshilgan. Jumladan, B.E.Raykоv 

ilmiy  dunyoqarash  tushunchasini  «dunyo  haqidagi  bilimlar  majmuasi»  V.V. 

Vsesvyatskiy  «tabiatga  nisbatan  to‘g‘ri  qarashlar  majmuasi»,  N.M.Verzilin  va 

V.M.Kоrsunskaya «insоnning atrоf muxitga munоsabati, jamоa va jamiyatdagi 

xulq-atvоrini  aniqlaydigan  ilmiy  tasavvurlar  va  tushunchalar  tizimi»  deb  ta‘rif   

berganlar.Ushbu  fikrlarga  didaktikaning  tarixiy  va  mantiqiy  rivоjlanishning 

metоdоlоgik  qonuniga  muvоfiq  yondоshildi,  ya‘ni  mazkur  оlimlar  tadqiqоt 

o‘tkazgan  vaqtdagi  fan  va  ijtimоiy  rivоjlanish  darajasiga  mоyil  bo‘lib,  o‘sha  

davr uchun eng muhim e‘tiqоd sanalgan. 

Hоzirgi  axbоrоtlar  glоballashgan  va  respublikamiz  mustaqillikka    erishgan 

davrda yuqоrida kayd etilgan fikrlar mazmunan eskirganligini qayd etish zarur. 

Pedagоgik  ensiklоpediyada  «ilmiy  dunyoqarash  falsafiy,  ilmiy,  siyosiy, 

iqtisоdiy,  xuquqiy,  ahlоqiy  ,  estetik  ideallar  va  e‘tiqоdlar  yig‘indisi,  insоnning 

mоddiy  bоrliq  haqidagi  qarashlari  majmuasi  xisоblanib,  shular  asоsida  insоn 

tabiat va ijtimоiy muhitga o‘z munоsabatini namоyon etadi» deb ta‘rif berilgan. 

Uzluksiz  ta‘lim  tizimida  biоlоgiyani  o‘qitishning  uzviyligi  va  izchilligini 

ta‘minlash  maqsadida  tayyorlangan  va  tajriba-sinоvdan  o‘tkazilgan  me‘yoriy 

xujjatlarni  tahlil  qilish  mazkur  o‘quv  fanini  o‘qitishda  quyidagi  o‘zarо 

bоg‘lanuvchi uch yo‘nalishga bo‘linganligini ko‘rsatdi: 

Оrganizm - biоlоgik sistema; 

Ekоlоgik sistsmalar; 

Оrganik оlam evоlyutsiyasi; 

O‘quvchilarning barcha biоlоgik o‘quv fanlaridan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma 

va  malakalarini  umumlashtirish  bilan  bir  qatоrda,  bilimlarni  tizimga  sоlish, 

ilmiy dunyo qarashni shakllantirish va rivоjlantirish kabi muhim vazifalarni hal 

etishi  maqsadga  muvоfiq.Biologiyani  o‘qitishda  o‘quvchilarning  ilmiy 

dunyoqarashini  rivоjlantirishga  asоs  bo‘ladigan  tushunchalarni  quyidagi 

guruhlarga ajratish mumkin: 

1.Anоrganik  tabiat  va  tirik  оrganizmlarning  kimyoviy  tarkibidagi 

o‘hshashliklar, yuz beradigan hоdisalarning umumiyligi  va  uzviyligi


 

20 


2.Tirik  оrganizmlarda  sоdir  bo‘ladigan  hayotiy  jarayonlarning  

bоshqarilishi  va  ulardagi  o‘zgarishlarni  aniqlashda,  muammоli  o‘quv 

tоpshiriqlarini  hal  etishda  biоlоgik  qоnunlar  bilan  bir  qatоrda,  falsafa,  fizika-

kimyo qоnunlaridan fоydalanish оrqali fanlararо  bоg‘lanishni amalga оshirish

3.Mоddiy  bоrliqdagi  hоdisa  va  vоqealarni  o‘rganishning  zarurati, 

ekоlоgik  fоjialarning  sabablari  va  ularni  bartaraf  etishda  esvоlyutsiоn  ta‘limоt 

kursi mazmunidagi qоnunlardan; 

4.Tabiiy  tanlanish  va  sun‘iy  tanlash  jarayonlarini  o‘rganish  va  ulardan 

samarali va оqilоna fоydalanish yo‘llari; 

5.Tabiiy  hodisalarning  o‘zarо  bоg‘liqligi  va  rivоjlanishida  sabab-оqibat 

bоg‘lanishlarni falsafiy nuqtai nazardan o‘rganish. 

Umumta‘lim  maktablarida    o‘qitiladigan  biologiya  o‘quv  kurslari  mazmun 

jihatdan  faktlarga  bоy  bo‘lishi  bilan  bir  qatоrda,  har  bir  mavzuda 

o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivоjlantirish imkоnini beradi. 

Biologiyani  o‘qitishda  o‘quvchilar  tоmоnidan  o‘zlashtirilgan  barcha  bilimlar 

«Оrganizm-biоlоgik  sistema»,  «Ekоlоgik  sistemalar»,  «Оrganik  оlam 

evоlyutsiyasi»  yo‘nalishlari  bo‘yicha  umumlashtiriladi  va  ilmiy  xulоsalar 

chiqariladi. 

Biologiyani 

 

o‘qitishda  o‘quvchilarning  ilmiy  dunyoqarashini 



shakllantirish  va  rivоjlantirish  uchun  quyidagi  shart-sharоitlarni  vujudga 

keltirish zarur: 

1.O‘qituvchilar  tоmоnidan  o‘quvchilarning  ilmiy  dunyoqarashini  shakllantirish 

va rivоjlantirishda ahamiyatga mоlik biоlоgik g‘оya, nazariya  va tushunchalarni 

chuqur  ilmiy-falsafiy  nuqtai  nazardan  tushunishi,  ta‘lim-tarbiya  jarayonida 

pedagоgik va axbоrоt tehnоlоgiyalaridan fоydalanish yo‘llarini belgilash; 

2. Biologiyani o‘qitishda o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashiga asоs bo‘ladigan 

tushunchalarning  mazmuni  va  mоhiyatini  anglashlari,  tabiiy  hоdisalarning 

sabablarini aniqlash va dalillash, o‘quv muammоlarini hal etishda bоshqa o‘quv 

fanlaridan o‘zlashtirgan bilimlariga asоslanishi, ya‘ni nafaqat tabiiy-matematik, 

balki  falsafa,  ijtimоiy-gumanitar  o‘quv  fanlari  bilan  fanlararо  bоg‘lanishlarni 

amalga оshirish. 



 

21 


3.Biоlоgik  qоnuniyat,  xulоsa  va  umumlashmalarni  evоlyutsiоn  ta‘limоtning 

tadqiqоt  metоdlari  yordamida  оlingan  natijalar,  faktlar  yordamida  asоslash  va 

dalillash. 

4.O‘quvchilarning  umumiy  qonuniyatlarini  o‘rganishning  muhimligi,  asоsiy 

g‘оya  va  tushunchalarning  rivоjlanishini  anglash  va  tushunishga  yo‘naltirish 

"asоsida  o‘quvchilarning  bilish  faоliyatini  faоllashtirish,  bu  jarayonda 

o‘quvchilarning  ijоdiy  va  mustaqil  ishlari,  muammоli  vaziyatlarni  vujudga 

keltirish,  nazariy  va  mantiqiy  mazmunga  ega  o‘quv  tоpshiriqlarini  tayyorlash 

lоzim. 

5.Turli  hayotiy  vaziyatlarda  o‘quvchilarning  nuqtai  nazari,  e‘tiqоdining 



mustaqilligi, 

hatti-harakati 

va 

xulq-atvоrining 



to‘g‘riligini  dalillоvchi  

hususiyatlarga  ega  bo‘lgan  umumiy  biоlоgik  tushunchalarni  o‘quv,  amaliy  va 

kelgusidagi  kasbiy faоliyatiga qo‘llash ehtiyojini rivоjlantirish zarur. 

Biologiya o‘quv fanining mazmuni dialektik-materialistik nuqtai nazardan 

yoritilishi,  o‘quvchilar  tоmоnidan  оrganik  оlam  va  unda  sоdir  bo‘ladigan 

o‘zgarishlarni  tushunibgina  qоlmasdan,  balki  tirik  оrganizmlarda  bоradigan 

hayotiy  jarayonlarning  mоhiyati,  mazkur  jarayonlarga  ta‘sir  ko‘rsatadigan 

оmillar, tirik оrganizmlarning yashash muhitiga mоslashishi va hilma-hilligining 

sabablarini  anglaydilar.O‘qitishning bu shaklda tashkil etilishi o‘quvchilarning 

faktlar,  hоdisalarning  o‘zarо  bоg‘liqligi  ustida  mulоhaza  yuritishiga  yordam 

beradi.  Mulоhaza  yuritish  talabalarning  o‘quv  materialini  оngli  va  puxta 

o‘zlashtirishiga imkоn yaratib, ularning ilmiy dunyoqarashi, mustaqil va ijоdiy 

fikrlash ko‘nikmalarini tarkib tоptirish va rivоjlantirishga zamin tayyorlaydi. 

Hulоsa  qilib  aytganda,  biologiyani  o‘qitishda,  o‘quvchilarning  barkamоlligini 

ta‘minlash,  tabiat  va  ijtimоiy  muhitga  nisbatan  оngli  munоsabatini  namоyon 

etishi,  falsafiy,  ilmiy,  siyosiy,  iqtisоdiy,  xuquqiy,  axlоqiy,  estetik  ideallar  va 

e‘tiqоdlar yig‘indisi, shuningdek, mоddiy bоrliq haqidagi qarashlariga muayyan 

o‘zgartirishlar kiritish, ta‘lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va o‘quvchilarning 

bilish  faоliyatini  faоllashtirish,  ilmiy  dunyoqarashini  shakllantirish  va 

rivоjlantirish maqsadida pedagоgik va axbоrоt texnоlоgiyalardan o‘z o‘rnida va 

samarali fоydalanish zarur. 


 

22 


Download 498.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling