Biologiya kafedrasi “dak ga tavsiya etaman” Tabiiy fanlar va geografiya fakulteti dekani dots. A. Nazarov


Zamonaviy   ta’lim  jarayonlarining   o’ziga  hos hususiyatlari


Download 498.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana17.06.2020
Hajmi498.93 Kb.
#119623
1   2   3   4   5
Bog'liq
biologiya darslarida oquvchilarning individual faoliyatini tashkil etishning pedagogik asoslari (1)


1.3.Zamonaviy   ta’lim  jarayonlarining   o’ziga  hos hususiyatlari 

O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, jahon hamjamiyatiga yuz 

tutishi,  rivojlangan  mamlakatlar  bilan  iqtisodiy,  madaniy-ma`rifiy,  diplomatik 

aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi barcha jabhalar kabi ta`lim tizimini isloh qilishni 

talab etdi. 

Shu  sababli  O‘zbekiston  Respublikasining  «Ta`lim  to‘g‘risida»gi  Qonunida  

ta`lim  mamlakatimizning  ijtimoiy  taraqqiyot  sohasida  ustuvor  yo‘nalish  deb 

e`lon qilingan. 

Mazkur hujjatda mamlakatimizning ta`lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy 

printsiplari etib, quyidagilar qayd etilgan: 

-  ta`lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; 

- ta`lim uzluksizligi va izchilligi

- ta`lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; 

- davlat ta`lim standartlari doirasida ta`lim olishning hamma uchun   ochiqligi

- ta`lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuv; 

bilimli bo‘lish va iste`dodni rag‘batlantirish; 

ta`lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish; 

Ma`lumki,  mamlakatimizning  ta`lim  sohasidagi  davlat  siyosatining  asosiy 

printsiplari  uzviy  ravishda  uzluksiz  ta`lim  tizimining  faoliyat  ko‘rsatish 

printsiplariga bevosita ta`sir ko‘rsatadi va ularni taqozo etadi. 

O‘zbekiston  Respublikasi    Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida  ta`lim  tizimini 

tubdan  isloh  qilish,  zamon  talablari  asosida  qayta  qurish,  uzluksiz  ta`lim 

tizimining  turlari,  ta`lim  muassasalari  oldidagi  vazifalar,  kadrlar  tayyorlash 

milliy  modelini  amaliyotga  tatbiq  etish  masalalari  bilan  bir  qatorda  uzluksiz 

ta`lim tizimining quyidagi faoliyat ko‘rsatish printsiplari qayd etilgan. 

     Ta`limning ustuvorligi – ta`lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etilishi va 

rivojlantirilishi  jamiyatimizdagi  ustuvor  yo‘nalish  sanaladi.  Ta`limning 

ustuvorligi  yuksak  ma`naviyatli,  bilimli  va  salohiyatli  barkamol  shaxsning 

shakllanishiga zamin yaratadi. 


 

23 


      Ta`limning demokratlashuvi – ta`lim va tarbiya uslublarini tanlashda, ta`lim-

tarbiya  jarayonini  tashkil  etish  va  boshqarishda  ustoz  va  tahsil  oluvchining 

hamkorligiga asoslanadi. 

     Ta`limning insonparvarlashuvi – inson qobiliyatlarini to‘liq ochilishi va bilim 

olishga  bo‘lgan  ehtiyojlarning  qondirilishi,  milliy  va  umuminsoniy  qadriyatlar 

ustuvorligining  ta`minlanishi,  inson,  jamiyat  va  atrof-muhitning  o‘zaro 

munosabatlarini uyg‘unlashtirishga asoslanadi. 

    Ta`limning ijtimoiylashuvi – ta`lim oluvchilarda ongli intizom, insoniy qadr – 

qimmat  tuyg‘usi,  yuksak  ma`naviyat,  ijtimoiy  normalarga  asoslangan  xulq-

atvor,  estetik  boy  dunyoqarash,  mantiqiy  va  ijodiy  fikrlashni  tarkib  toptirish 

nazarda tutiladi. 

     Ta`limning  milliy  yo‘naltirilganligi  –  ta`limning  milliy  tariximiz,  xalq 

an`analari  va  urf-odatlari  bilan  uzviy  uyg‘unligi,  O‘zbekiston  xalqlarining 

madaniyatini  saqlab  qolish  va  boyitish,  ta`limni  milliy  taraqqiyotning  o‘ta 

muhim  omili  sifatida  e`tirof  etish,  boshqa  xalqlarning  tarixi  va  madaniyatini 

hurmatlashni ta`minlaydi. 

       Ta`lim  va  tarbiyaning  uzviy  bog‘liqligi  har  tomonlama  kamol  topgan 

insonni shakllantirishni nazarda tutadi. 

        Iqtidorli  yoshlarni  aniqlash  –  ta`lim  jarayonini  differentsiallashtirish  va 

individuallashtirish,  iqtidorli  yoshlarga  ta`limning  eng  yuqori  darajasida,  izchil 

ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratishni 

ko‘zda 


tutadi.Respublikamizda 

olib 


borilayotgan 

ta`lim 


sohasidagi 

islohotlarning  muvaffaqiyati  uzluksiz  ta`lim  tizimining  barcha  turlarida  ta`lim-

tarbiya  jarayoni  tashkil  etiladigan  o‘qitish  printsiplari  ta`lim  sohasidagi  davlat 

siyosatining  asosiy  prinsiplari  va  uzluksiz  ta`lim  tizimining  faoliyat  ko‘rsatish 

printsiplariga  qanchalik  mos  kelishi  va  ularni  amaliyotga  joriy  etishga  safarbar 

etilganligiga bog‘liq. 

 

Ma`lumki, o‘qitish prinsiplari - o‘qitish tizimining tuzilishi, mohiyati, 



uning  qonunlari  va  qonuniyatlari  haqidagi,  shuningdek,  faoliyatni  tashkil 

etadigan,  amaliyotni  boshqarishda  namoyon  bo‘ladigan  bilimlar  majmuasi 

sanaladi. 


 

24 


Respublikamizdagi  ijtimoiy-iqtisodiy,  ma`naviy-ma`rifiy  o‘zgarishlar  biologik 

ta`lim jarayonida ilmiylik, sistemalilik, fundamentallik, izchillik, ko‘rgazmalilik, 

onglilik,  mustaqillik,  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishning  metodologik  prinsipi, 

nazariyani amaliyot bilan bog‘lash, samaradorlik, tushunarlilik, mantiqiy ketma-

ketlik,  uzviylik,    ta`limni  differentsiallashtirish  va  individuallashtirish, 

individual va guruhlarda o‘qitishni uyg‘unlashtirish, o‘qitish maqsadi, mazmuni, 

vositalari  va  shakllarining  ijtimoiy  muhitga  bog‘liqligi,  o‘qitish  maqsadi, 

vositalari va natijalar birligi, baholash va o‘z-o‘zini baholash prinsipi  bilan bir 

qatorda,  ta`limni  demokratlashtirish  va  insonparvarlashtirish  kabi    prinsiplarga 

ham amal qilinishi zarurligini ko‘rsatdi. 

      Ta`limni differentsiallashtirish va individuallashtirish esa o‘qitish 

jarayonida individual va guruhli yondashish printsipini talab etadi. 

O‘qitish printsiplari negizida o‘qitish qonunlari va qonuniyatlari yotadi. O‘qitish 

qonunlari  va  qonuniyatlari  o‘qitish  prinsipining  nazariy  asoslarini  ishlab 

chiqishga va pedagogik faoliyat amaliyotiga qo‘llashga zamin tayyorlaydi. 

Shuni  qayd  etish  lozimki,  o‘qitish  qonunlari  va  qonuniyatlari  uzluksiz  ta`lim 

tizimining oldiga qo‘yilgan davlat  va ijtimoiy buyurtmalar, jamiyatning ijtimoiy 

hayotidagi  ma`naviy-ma`rifiy  o‘zgarishlar,  ta`lim-tarbiya  jarayonining  maqsadi 

va  vazifalari,  fanning  rivojlanish  darajasiga  bevosita  bog‘liq  holda  o‘zgarib, 

yangilanib  turadi.O‘qitish  prinsiplari  avvalo  muayyan  davlatning  ta`lim 

sohasidagi  davlat  siyosatining  asosiy  prinsiplari,  uzluksiz  ta`lim  tizimining 

faoliyat ko‘rsatish prinsiplari, so‘ngra ta`lim tizimi oldidagi buyurtmalariga mos 

kelishi,  shuningdek,  jamiyatda  sodir  bo‘layotgan  ijtimoiy,  iqtisodiy,  siyosiy, 

huquqiy,  ma`naviy-ma`rifiy  o‘zgarishlarni  o‘zida  aks  ettirib  yangilanib, 

o‘zgarib, rivojlanib, o‘zgacha ahamiyat kasb etadigan jarayondir. 

1.4.BIOLOGIK 

TA’LIMDA 

INNOVATSION 

TA’LIM 

TEXNOLOGIYALARNING O’RNI 

Innovatsion  ҳisoblangan  interaktiv  metodlar  barcha  olimlar  tomonidan  ishlab 

chiqildi va uning anhanaviy metodlardan ko‘ra foydali ekanligi isbotlab berildi. 

―Interaktiv‖  so‘zi  inglizcha  ―interact‖  fe‘lidan  kelib  chiqqan  bo‘lib,    ―inter‖  –

o‘zaro ma‘nosini,  ―act‖ – esa harakat qilmoq, ta‘sir etmoq ma'nosini bildiradi. 


 

25 


Bundan    kelib  chiqib,  bu  metodlar  o‘quvchilarning  o‘zaro  bir  –  biriga  ta‘siri, 

fikri,  mulohazasi,  faolligi  orqali  mustaqil  muloqot  o‘rnatish  degan  ma‘noni 

beradi.Ta‘limda innovatsion metodlarning an‘anaviy metodlardan farqi shundaki, 

innovatsion  metodlar  o‘quvchining  mustaqil  holda  erkin  fikr  yuritishi  va 

o‘qituvchiga hamkor sifatida ishlashiga qaratilgan metoddir, an‘anaviy metodlar 

esa  o‘kuvchining  faktlarni  esda  saqlash  qobiliyati  va  uning  hajmiga  qaratilgan 

metoddir. Bu bilan ta‘limda an‘anaviy metodlarni chegaralab o‘qitishimiz kerak 

degan  xulosa  emas,  balki  faqatgina  o‘quvchilarning  bilish  faolligini  va  ta‘lim 

samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan effektiv usul va vositalarni qo‘llash 

kerak, xolos.

 

Innovatsion  ta‘lim  texnologiyalari  biologik  ta‘limni  yangicha  tashkil 



qilinishiga  asos  yaratadi.  Bunday  ta‘limda  pedagoglar,  kompyuter  dasturchilari 

va  mutaxassislari  yordamida  qalbi  pok,  mehridaryo  o‘quvchilar  uchun  yangi 

o‘qitish  kurslarini  yaratishlari  taqozo  etiladi.  Hozirda    ta‘lim  muassasalari 

innovatsion  kompyuter,  axborot  va  kommunikatsiya  texnologiyalari  asosida 

jihozlanmoqda.  Bu  o‘z  navbatida  pedagoglarning  o‘z  mehnat  faoliyatlariga 

yangicha  yondashuvlarini  talab  etadi.  Zero,  Prezidentimiz  I.A.Karimov 

ta‘kidlaganlaridek,  ―innovatsion  texnologiyalarning  joriy  etilishi  pedagogni 

o‘quv  jarayonida  ta‘lim  vositalari  asosida  faoliyat  doirasining  cheklanishiga 

emas,  balki  uning  vazifalari,  rolini  o‘zgarishiga,  pedagogik  faoliyatning 

mukammallashuviga olib keladi‖. 

 

 

 



 

26 


Innovatsion  ta’lim  texnologiyalarga  asoslangan ta’limning imkoniyatlari 

 

 

 



Ta‘lim  tizimida  zamonaviy  innovatsion  ta‘lim    texnologiyalaridan  foydalanish  

quyidagi afzalliklarni yaratadi: 

A)  o‘quvchilarga  keng  spektrdagi  imkoniyatlarni  taqdim  etadi,  ya‘ni 

o‘rganilayotgan ob‘ekt –predmetni multimediali tizimlar yordamida o‘rganish; 

B)  o‘zlashtirilayotgan  o‘quv  materiallarini  qayta  -  qayta  namoyish  qilish  va 

imitatsiya qilish imkoniyatini beradi

S)  maxsus kompyuter dasturi yordamida predmetning o‘lchami va ҳajmini, uni 

mukammalroq  o‘rganish  maqsadida,  kattalashtirish  yoki  kichiklashtirish, 

yaqiklashtirish yoki uzoqlashtirish imkoniyatini beradi; 

D)  virtual  tasvir  yordamida  oddiy,  tabiiy  holatda  yaratib  bo‘lmaydigan      

sharoitlarni ham kompyuter  yordamida tasvirlash va har xil o‘lcham hajmga ega 

bo‘lgan eksperiment natijalarni ekranda paydo qilish mumkin. 



 

Zamonaviy texnolagiyalarga 

asoslangan talim     

 

 



Nashr materiallari 

 

Interaktiv ma‘lumotlar bazasi 



 

Audio va vidyo materiallari

 

Kompyuter tarmoqlari orqali uzatiladigan 



boshqa o‘quv materiallar 

Elektron darsliklar va jurnallar 



 

27 


Yuqoridagi  fikrlardan  kelib  chiqqan  holda,  shuni  ta‘kidlash  mumkinki,  

ta‘limda  innovatsion  texnologiyalarini  qo‘llash  o‘quvchilarning  mustaqil 

fikrlashi va nutq  yuritishiga  karatilgan" metod ekanligiga amin bo‘ldik. Shuni 

ham  ta‘kidlab  o‘tmoq  joizki,  o‘qituvchi  darsga  tayyorlanayotganida  darsning 

maqsadiga  muvofiq  keladigan  turli  xil  interaktiv  va  innovatsion  o‘yin  - 

topshirikdarni  tanlash  lozimligini  unutmaslik  kerak.  Darsga  tayyorlanishda 

o‘qituvchi  o‘yin  -  topshiriqlarning  miqdorini,  uni  bajarishga  sarflanadigan 

vaqtini  ham  aniq  belgilab  olishi  lozim.  Ustma  —  ust  o‘quvchilarni  o‘yin  — 

topshiriqlar  bilan  band  qilib  qo‘yish  ta‘lim  samaradorligini  oshirishga  salbiy 

ta‘sir  ko‘rsatishi  mumkin.  Shuning  uchun  topshiriqni  bajarishga  ortiqcha  vaqt 

sarflash ham  o‘quvchilar faolligini  oshirishga putur yetkazib qo‘yishi mumkin. 

Shu sababli o‘yin - topshiriqlarni sharti o‘quvchilarning yosh xususiyati va real 

o‘quv imkoniyatlariga muvofiq kelishi lozim.

 

O‘qituvchi o‘yinda o‘quvchilar yo‘l qo‘yadigan xatolarni bartaraf etishni 



ham unutmasligi kerak. Ammo o‘yin davomida bu ishni amalga oshirish ancha 

murakkab. Shuning uchun o‘qituvchi o‘yinning oxirida o‘quvchilar kuchi bilan 

yo‘l qo‘yilgan  xatolarni izohlashi, uni bartaraf etishi choralarini ko‘rishi lozim. 

Shundagina u  ta‘limda innovatsion ta‘lim texnologiyalaridan to‘gri va oqilona 

foydalangan  bo‘ladi.  Bular  esa  yana  bir  bor  ta‘limda  innovatsion  ta‘lim 

texnologiyalarining qanchalik muhim ekanligini ko‘rsatib beradi.

 

II.ASOSIY QISM   

2.1  O’QUVCHILARNING  INDIVIDUAL  FAOLIYATINI  TASHKIL 

ETISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI 

O‘quvchilarda mustaql va ijodiy fikrlashni rivojlantirish yo‘llari. 

Biologiya  darsligida  o‘quvchilarning  o‘quv-bilish  faoliyatini  faollashtiradigan, 

mustaqil ishlashi va ijodiy fikr yuritish, o‘zlashtirgan bilimlarini nazorat qilishi 

va o‘z-o‘zini baholash, mantiqiy fikr yuritish operatsiyalarini bajarish natijasida 

biologik  bilimlarni  ongli  o‘zlashtirish  ko‘nikmalarini  egallashlariga  zamin 

tayyorlangan.O‘qituvchi 

biologik 

ta‘lim 

samaradorligiga 



erishish 

va 


o‘quvchilarning  bilish  faoliyatini  tashkil  etish  va  boshqarishi  uchun  ta‘lim 

 

28 


mazmunining  tarkibiy  qismlari  va  ularni  o‘quvchilar  tomonidan  o‘zlashtirish 

usullarini bilishi lozim. 



Ushbu usullar bilan tanishib chiqamiz: 

Ta‘lim  mazmunining  tarkibiy  qismi  bo‘lgan  bilimlar  o‘quvchilar  tomonidan 

o‘quv materialini sezgi organlari orqali qabul qilish, tasavvur qilish, abstrakt fikr 

yuritish,  o‘rganilgan  ma‘lumotlarni  yodda  saqlash,  bilimlarni  tanish  odatiy  va 

yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llash bosqichlari yordamida o‘zlashtiriladi. 

O‘quvchilarda faoliyat turlari - ko‘nikma va malakalarni shakllantirish ko‘nikma 

tarkibiga  kiradigan  ish  usullarni  aniqlash  va  ularni  bajarish,      ko‘rsatmaga 

binoan  shu  ish  usullarini  takror  mashq  qilish,  ko‘nikmalarni  tanish,  odatiy  va 

kutilmagan yangi vaziyatlarda ijodiy qo‘llash kabi bosqichlarni o‘z ichiga oladi. 

Ta‘lim  mazmunining  uchinchi  tarkibiy  qismi  bo‘lgan  ijodiy  faoliyat  tajribalari 

o‘quvchilarning  mustaqil  va  ijodiy  fikr  yuritishiga  zamin  tayyorlab,  uni 

o‘qituvchining  tayyor  axboroti  orqali  shakllantirish  mumkin  emas. 

O‘quvchilarda ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish uchun ular o‘ quv 

materialini  mustaqil  ravishda  o‘zlashtirishlari,  o‘quv  topshiriqlarini  bajarish 

jarayonida  muammolarni  idrok  etishi,  tasavvur  qilishi,  abstrakt  fikr  yuritishi, 

o‘rganilayotgan  ob‘ektlarni  tahlil  va  sintez  qilishi,  taqqoslashi,  o‘xshashlik  va 

umumiy  tomonlarini  aniqlashlari,  fikr  va  goyalarni  umumlashtirib,  xulosa 

yasash  orqali  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarini  yangi  kutilmagan  vaziyatlarda 

qo‘llashni o‘rganishlari lozim. 

Ta‘lim  mazmunining  to‘rtinchi  tarkibiy  qismi  hisoblangan  qadriyatlar 

tizimi  o‘qitish  jarayonida  ta‘lim-tarbiyaning  uzviyligi,  milliy  va  umuminsoniy 

qadriyatlarning  ustuvorligini  ta‘minlash,  o‘quvchilarda  tabiat va  butun borliqqa 

nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirishga xizmat qiladi. O‘quvchilar mazkur 

tarkibiy  qismni  o‘zlashtirishlari  uchun    avval  o‘zlashtirgan  bilim,  ko‘nikma  va 

malakalarni  yangi  kutilmagan  vaziyatlar  ijodiy  qo‘llashlari,  bir  so‘z  bilan 

aytganda  faol  o‘quv-bilish  faoliyati  talab  etiladi.Ta‘lim  mazmunining  tarkibiy 

qismlari  davlat  ta‘lim  standartlarining  asosini  tashkil  etadi.Davlat  ta‘lim 

standartlari ta‘lili uning quyidagi  tarkibiy qismlardan iboratligini ko‘rsatdi: 



 

29 


Asosiy  qism  –  ta‘lim-tarbiya  jarayonidan  ko‘zlangan  maqsad  va  vazifalarni 

amalga  oshirishga imkon beradigan biologik  bilim, ko‘nikma  va  malakalarning 

majmuasi sanaladi. Ta‘lim mazmunining asosiy qismi bilimlar, faoliyat turlari – 

ko‘nikma va malakalardan iborat bo‘ladi. 

1.  Kengaytiruvchi  tarkibiy  qism  –  o‘kuvchilarning  biologik  bilimlari  va 

mustaqil hayotga tayyorgarligini orttirishga imkon beradigan, shaxs yoki gurux 

qiziqishlarini  rivojlantirishga  yo‘nalti-rilgan  ta‘lim  mazmuning  bir  qismi.  Bu 

qism  ta‘lim  mazmunining  ijodiy  faoliyat  tajribalari  va  qadriyatlar  tizimini  o‘z 

ichiga oladi. 

2.  Yordamchi  qism  –  biologiya  kursining  mantiqiy  strukturasining  yaxlitligini 

ta‘minlovchi  ta‘lim  mazmuninining  ma‘lum  bir  bo‘limi.  O‘quvchilarning 

qiziqishlari,  istagi  va  ehtiyojlari  asosida  darsdan  va  sinfdan  tashqari  tashkil 

etiladigan mashgulotlarning mazmunini tashkil etadi. 

Biologiyani o‘qitishda tushunchalarni shakllantirish barobarida ko‘nikmalar ham 

tarkib  toptiriladi.  Ushbu  ko‘nikmalarning  eng  asosiylari  amaliy  va  o‘quv 

mehnati ko‘nikmalari jadvalda berilmoqda. 

-jadval 

Amaliy va o‘quv 

Mehnati ko‘nikmalari 

Ko‘nikmalar tarkibiga kiradigan usullar 

Laboratoriya  jihozlari  va 

asboblari 

bilan 

ishlash 


ko‘nikmalari 

O‘simliklardan 

gerbariy, 

ҳasharotlardan 

majmua 

tayyorlash ko‘nikmalari 



O‘simliklar  ustida  kuzatish 

va 


tajribalar 

o‘tkazish 

ko‘nikmalari 

Ob‘ektlarni 

tanish 

ko‘nikmalari 



O‘quv 

mehnati     

Kattalashtiruvchi  asboblar  bilan  ishlash,  mik-

ropreparatlarni  tayyorlash,  ularni  mikroskop 

yordamida  ko‘rish,  bakteriyalar  uchun  oziq 

muhitini  tayyorlash,  bakteriyalarni  klonlash, 

laboratoriya mashg‘uloti uchun kerakli jihozlarni 

tanlay olish va asrash. 

O‘simliklar  va  hasharotlarda  yashash  uchun 

kurash,  moslashishlar,  tabiiy  tanlanish  va 

idioadaptatsiyani  o‘rganish  bo‘yicha  o‘tkazilgan 

kuzatishlar  asosida  gerbariylar,  kollektsiyalar 

tayyorlash,  ularni  talab  darajasida  rasmiy-

lashtirish.  Hasharotlarda  moslashish,  yashash 



 

30 


ko‘nikmalari 

uchun kurashga oid majmualar tayyorlash va uni 

jihozlash. 

O‘simliklar  va  hayvonlarda  yashash  uchun 

kurash,  tabiiy  tanlanish  va  irsiyat  qonunlarini 

o‘rganish  bo‘yicha  kuzatish  va  tajribalar 

o‘tkazish. 

Evolyutsiya  dalillari,  oziq  zanjirini  tashkil 

etuvchi  organizmlar,  organizmlardagi  moslanish 

turlari,  transgen  o‘simliklar  va  gibridomalarni 

ajrata olish. 

Darslikda 

va 

boshka 


qo‘shimcha 

o‘quv 


adabiyotlardagi  matnni  mustaqil  o‘zlashtirish, 

asosiy goya va tushunchalarni ajrata olish, rasm, 

jadval,  sxemalarni  izoҳlash,  savollarga  javob 

topish,  o‘z  fikrini  qisqa  va  lo‘nda  bayon  etish, 

asoslash, misollar yordamida dalilay olish, o‘quv 

materialini  qayta  ishlash,  qisqa  matn  tuzish, 

ma‘ruza,  referat  tayyorlash  va  ularni  talab 

darajasida rasmiylashtirish. 

 

 

 



DTS  ning  ikkinchi  kengaytiruvchi  tarkibiy  qismi  o‘quvchilarda  ijodiy  faoliyat 

tajribalarini  shakllantirishga  mo‘ljallangan  bo‘lib,  mustaqil  va  ijodiy  fikr 

yuritishga asos bo‘lib xizmat qiladi. 

O‘qituvchi  yangi  mavzu  bo‘yicha  o‘quv  topshiriklarini  tuzganda 

o‘quvchilarning  o‘rganilayotgan  ob‘ektni  avval  o‘rganilgan  ob‘ektlar  bilan 

taqqoslashi, o‘xshashlik va farqlari, o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashi, mazkur 

ob‘ektlar  o‘rtasidagi  umumiylik,  o‘rganilayotgan  ob‘ektning  o‘ziga  xos 

tomonlari,  eng  muhim  jihatlarini  topishi  buning  uchun  avval  o‘zlashtirgan 

bilimlari va ko‘nikmalarini  yangi kutilmagan  vaziyatlarda  qo‘llab  yangi  mavzu 

mazmunini o‘zlashtirish imkoniyatini nazarda tutmogi lozim. 



 

31 


DTS  ning  uchinchi  tarkibiy  yordamchi  qismi  o‘kuvchilarning  biologiya  o‘quv 

faniga  bo‘lgan  qiziqishlari  va  ehtiyojlari  asosida  o‘qituvchi  tomonidan  olib 

boriladigan  darsdan  va  sinfdan  tashqari  mashg‘ulotlar    hamda  o‘quvchilarning 

mustaqil ta‘limini o‘z ichiga oladi. 

O‘quvchilarning mustaqil ta‘limi qo‘shimcha o‘quv adabiyotlari, internet, 

multimedialar  vositasida  muayyan  mavzularda  izlanishlar  olib  borishi,  ma‘ruza 

va  referatlar  tayyorlashi,  o‘simliklar,  hayvonlar  va  mikroorganizmlar  ustida 

kuzatish 

va 

tajribalar 



o‘tkazishi, 

ularning 

natijalarini 

izohlash 

va 

rasmiylashtirishlari,  respublikamizda  sog‘lom  turmush  tarzini  shakllantirish 



borasida  va  ekologik  muammolarni  hal  etishga  oid  tashkil  etiladigan  turli 

tanlovlar  uchun  materiallar  tayyorlash,  olimpiadalarga  tayyorgarlik  ko‘rish 

kabilarni o‘z ichiga oladi. 

Biologiyani o‘qitishda e‘tiborni qaratish zarur   bo‘lgan masalalar 

o‘quvchilarni aqliy, ahloqiy, estetik, mehnat, jinsiy, ekologik, iqtisodiy, gigienik 

va  jismoniy  jihatdan  yetuk  qilib  tarbiyalashda,  ularning  ilmiy  dunyoqarashini 

kengaytirish, shaxs kamolotining tabiat bilan uyg‘unligi, tabiatga nisbatan mehr-

muhabbat  tuyg‘usi  va  ongli  munosabatni  tarkib  toptirishda  tabiatning  tutgan 

o‘rni;Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha ma‘naviy–ma‘rifiy ishlarni olib borish, 

tabiat barcha san‘at turlarini rivojlantiruvchi manba ekanligi; 

Shaxs  kamolotining  tabiat  bilan  uyg‘unligi,  ishlab  chiqarish  va 

agrosanoatni  rivojlantirish,  xom  ashyodan  olinadigan  tovarlar,  ularni  ishlab 

chiqarishda  mikrobiologiya  usullaridan  foydalanish,  gen  daktiloskopiyasi  va 

genlar  spektri  yordamida  shaxsni  aniqlash  texnologiyasining  yaratilganligi, 

ekologik  muammolar,  suv,  ҳavo,  tuproq,  qishloq    xo‘jaligi,  odam  ekologiyasi, 

ularni  muhofaza  qilish  bo‘yicha  olib  borilayotgan  tadbirlar,  tabiiy  boyliklar  va 

ulardan  unumli  foydalanish  yo‘llari  va  chiqindisiz  texnologiyalarni  joriy  etish 

muammolari. 

Biosferada modda va energiyaning davra bo‘ylab aylanishi, ekologik toza 

manbalar  energiyasidan  foydalanish,  bionika  asoslari,  tabiiy  va  sun‘iy  xom 

ashyolardan  foydalanish,  atrof-muҳitni  muhofaza  qilish,  Yer  usti  va  osti  tabiiy 

boyliklari  va  ulardan  unumli  foydalanish  yo‘llari,  chiqindisiz  texnologiyalarni 



 

32 


joriy  etish  muammolari.  Sunhiy  tanlash  asosida  o‘simlik  navlari  hosildorligi, 

hayvon 


zotlari 

mahsuldorligini 

oshirish 

yo‘llari, 

mikrobiologiya 

va 


biotexnologiya  asoslaridan  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlarini  qayta  ishlashda 

foydalanish,  ikkilamchi  suv  va  ichimlik  suvini  tozalashda  suv  o‘tlaridan 

foydalanish,  biologik  bilimlarning  o‘simlikshunoslik,  chorvachilik,  asal-

arichilik,  o‘rmonchilik,  mo‘ynachilik  va  baliqchilikni  rivojlantirish,  bog‘, 

parklarni  barpo  etish,  ko‘kalamzorlashtirish,  o‘simliklarni  himoya  qilishdagi 

ahamiyati, qurilish, yo‘llar barpo etish, qurilish materiallarini tayyorlashda tabiat 

muvozanatini  asrash.Biologik  qonuniyatlar  qishloq  xo‘jaligining  ilmiy-nazariy 

asosi  ekanligi,  qishloq  xo‘jaligi  mahsulotlarini  yetishtirish,  saqlash  va  qayta 

ishlash, o‘simliklarni  himoya  qilish,  zootexnika va veterinariya,  o‘rmonchilikni 

rivojlantirishda  biologik  bilimlarning  ahamiyati,  tuproq  va  yer  osti  suvlari-dagi 

pestitsidlarni  parchalovchi  va  zararsizlantiruvchi  transgen  o‘simlik  yaratish, 

paxta  tolasi  sifatini  yaxshilashga  yo‘naltirilgan  biotexnologiya,  hayvonlarni 

klonlash, gibridomalar olish istiqbollari. 

Gen,  hujayra  injenerligi  usullarini  qo‘llab  qator  yuqumli  va  irsiy 

kasalliklarning 

gen 


injenerligi 

tashxisi 

biotexnologiyasi, 

irsiylanish 

qonuniyatlarini  o‘rganish  va  oldini  olish  borasida  olib  borilayotgan  izlanishlar, 

«asos» hujayralardan  «yangi» organlar yaratish texnologiyasi, «Sog‘lom avlod 

uchun» Davlat dasturi, onalik va bolalikni asrash va tibbiy yordam ko‘rsatishni 

yaxshilash  bo‘yicha  davlat  qarorlari.Turizm,  sport,  serviz,  ommaviy  bayramlar 

o‘tkazish,  xalq  ogzaki  ijodini  rivojlantirishda  tabiiyot  fanlarining  rolini 

ko‘rsatish lozim. 

Yuqorida qayd etilgan vazifalarni hal etish va anhanaviy ta‘lim tizimidagi 

kamchiliklarga  barham  berish,  ta‘lim-tarbiya  jarayonining  samaradorligini 

oshirish uchun o‘quvchilarning bilish faoliyatini yalpi o‘qitish bilan bir qatorda, 

individual va kichik guruhlarda o‘qitishni tashkil etish maqsadga muvofiq. 

O‘quvchilarning  bilish  faoliyati  individual  tarzda  tashkil  etilganda  o‘quvchilar 

o‘quv materialini mustaqil o‘zlashtiradilar, ularning aqliy rivojlanishi, qiziqishi, 

eҳtiyoji, iqtidori, bilimlarni o‘zlashtirish darajasi hisobga olingan holda tuzilgan 

o‘quv  topshiriqlarini  mustaqil  bajaradi  va  o‘z  bilish  faoliyatining  subhektiga 



 

33 


aylanadi.O‘quv  topshiriqlarini  individual  bajarish  jarayonida  o‘quvchilarning 

aqliy  faoliyati  jalb  etiladi,  o‘z  bilimi,  kuchi  va  qobiliyatiga  bo‘lgan  ishonch 

ortadi va har bir shaxs o‘z imkoniyati darajasida rivojlanadi. Shu tarzda tashkil 

etilgan bilish faoliyati orqali vaqtdan unumli foydalaniladi, samaradorlik ortadi. 

Biologiyaning  o‘qitishda  o‘kuvchilarning  bilish  faoliyatini  individual 

tarzda  tashkil  etish  asosan  dars  bilan  birgalikda  darsdan  va  sinfdan  tashqari 

ishlarda  ham  foydalaniladi.  Masalan,  o‘quvchilarning  uy  vazifasini  bajarishida 

ularga  tavofutlab  yondashish  imkoniyatlari  mavjud.  O‘quvchilarga  muayyan 

mavzular bo‘yicha krossvordlar tuzish, kuzatish va tajribalar o‘tkazish, mahruza 

va  referatlar,  turli  mavzularda  o‘tkaziladigan  tanlovlar  uchun  materiallar 

tayyorlash  shular  jumlasidandir.O‘quvchilarning  bilish  faoliyati  kichik 

guruhlarda tashkil etilganda guruhdagi har bir o‘quvchi iqtidori, qiziqishi, bilim 

saviyasi,  bilimlarni  o‘zlashtirish  darajasini  aniqlash,  o‘quvchilar  o‘rtasida 

hamkorlik,  o‘quv  muloqoti,  bahsi,  munozara,  o‘zaro  yordamni  amalga  oshirish 

ko‘zda tutiladi. 

Biologiya  darslarida  o‘quvchilarning  bilish  faoliyati  yalpi  o‘qitishni 

individual va kichik guruhlarda ishlash shakllari bilan shygunlashtirilganda juda 

yuqori  samara  beradi.Mustaqil  ish  o‘quvchilarni  darsda  olgan  bilim, 

ko‘nikmalarini  mustahkamlashda  ularga    katta  yordam  beradi.  Bu  ish  ularda 

ma‘lum  darajada  mehnat  sarf  qilib  o‘tilgan  materiallarni  talab  qiladi. 

O‘quvchilarda  bilimlarini    xotirada    uzoq    saqlab    qolish    ko‘nikmalarini 

shakllantirib  va  zarur    bo‘lganda    esa  ulardan  foydalanishda    katta    ro‘l  

o‘ynaydi. 

O‘quvchilarda  mustaqil  ish  orqali  aktivlik,  tashabbuskorlik  va  ijodkorlik 

tarbiyalanadi.  Mustaqil  ishda  o‘quvchilar  turli  fanlar  bo‘yicha  vazifalarni 

sistemali  bajarish,  boshlangan  ishni  oxiriga  yetkazish  sifatlarini  tarbiyalaydi. 

Eng muhimi ular o‘quvchilik burchi bo‘lgan bilim olishga to‘g‘ri munosabatda 

bo‘lishga odatlanadilar. 

Mustaqil  ishni  ongli  bajarishga  odatlanish  bolalarda  o‘qishga  bo‘lgan  havasni 

tarbiyalaydi.  Shu  sababli  o‘quvchi  dars  jarayonida  va  darsdan  tashqari  o‘qish 

mashg‘ulotlarida tashkilotchi sifatida ish tutib o‘quvchilarning bilish faoliyatini 


 

34 


ayniqsa, mustaqil ish faolligini ta‘minlovchi metodlardan mohirona foydalanishi 

kerak. 


O‘qituvchi  o‘z  shogirdlarining  mustaqil  ishlashga  ko‘proq  imkoniyat 

yaratib  bermog‘i  lozim.  O‘quvchini  tayyor  xulosalar  bilan  qurollantirishdan 

ko‘ra  uning  o‘ziga  to‘g‘ri  xulosalar  chiqarishni  o‘rgatish  kerak.Afsuski,  xalq 

ta‘limini  demokratiyalashitirish  keskin  qo‘yilgan  bir  sharoitda  ko‘pchilik 

o‘qituvchilarimiz o‘quvchilar mustaqil ishlariga yatarli e‘tabor bermayotirlar. 

Uzoq yillardan buyon olib boryotgan tadqiqotlarning natijasi shuni ko‘rsatadiki, 

o‘qituvchi  va  tarbiyachilar  programma  materialalrini  rejalashtirgan  va  har  bir 

dars  uchun  reja  tuzgan  vaqtlarida  o‘quvchilarning  mustaqil  ishlariga  kam  vaqt 

berayotirlar. 

Xozirgi zamon didaktikasining asosiy  masalalaridan biri o‘quvchilarning 

mustaqil  ishlari  aktivligini  oshirish  masalasi  bo‘lib  qolmoqda.  O‘quvchilarning 

mustaqil  ishlarini  uyushtirmay  turib  ularda  xech  qanday  ko‘nikma  va  malaka 

xosil qilib bo‘lmaydi. 

Mustaqillik – o‘quvchining muhim xislatlaridan biridir. Mustaqillik xislati 

shundaki,  olingan  bilimlarini  va  malakalarini  o‘quvchilarda  turmushda  albatta 

tadbiq  qila  bilish  qobiliyati  namoyon  bo‘ladi.    Mustaqil  ishlashda  egallangan 

bilim uzoq vaqt sedan chiqmaydi, bilim sifatli bo‘1adi. Bugungi sifatli bilim  – 

ertangi  yuksak  mehnat  samaradorligidir.  Qishloq  maktablarida  o‘rganilgan  har 

100 bolaning 55-60 nafari xozirgi kunda o‘qishga befarq qarayotganligi naqadar 

achinarli holdir. O‘quvchilarning o‘qishga befarq qarashini oldini olishning eng 

ma‘qul yo‘li ularda yoshligidan mustaqil ishlash ko‘nikmalarini hosil qilishdir. 

O‘quvchilarni  mustaqil  ishlashga  o‘rgatish  uchun  darsda  mustaqillikning  turli 

formalaridan keng foydalanish lozim. 

  -  Darslik  bilan  ishlash  mavzuga  oid  materiallarni  mustaqil  ishlab  chiqish, 

o‘rganish,  konspekt  olish,  darslikdagi  rasm,  diagramma,  sxemalardan 

foydalanish,  savollarga  javob  berish,  mashq,  masala  va  misollar  yechish, 

javoblari noto‘g‘riligini tekshirish ; 

   -  Fanni  o‘rganishda  uni  xususiyatlarini  hisobga  olgan  holda  turli  didaktik 

o‘yinlar tashkil qilish


 

35 


 - Tarqatma materillardan foydalanish; 

 - Yozma va og‘zaki konrtrol ishlar o‘tkazish; 

-  Darsda  o‘tkaziladigan  tajriba  ishlariga  o‘quvchilarni  yordamchi  sifatida 

ishtirok ettirish; 

Mustaqil ish o‘quvchidan o‘z fikri bilimini maktab va turmush tajribasiga 

tadbiq etish istagini qo‘zg‘atadi. Aqliy faoliyatga moyillik tug‘diradi, mehnatga 

muhabbat  tarbiyalaydi.  Mustaqil  ish  bajarish  bilan  o‘quvchialrning  psixologik 

qobilyatlari,  diqqat,  xotira,  fikrlash  o‘sadi.  O‘z  oldiga  qo‘ygan  maqsadga 

erishishda  qat‘iylik  ko‘rsatish  kabi  hikmatli  fazilatlar  tarbiyalanadi.  Shuning 

uchun  ham  pedagogik  jarayonda  o‘quvchining  ongli  mehnat  qilish,  aqliy 

qobiliyatini eng murakkab va aktual masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. 

Ilg‘or  o‘qituvchilar  dars  sifatini  oshirish  evaziga  darsdan  tashqari  uy 

yumushlarini  qisqartirish  mumkin  deb  hisoblaydilar,  ammo  butunlay  uy 

vazifasini  qisqartirish  mumkin  emas.  O‘quvchilar  darsda  mustaqil  ishlash 

sohasida bilim malaka va ko‘nikmala hosil qilganlarida ham o‘quv materillarini 

ongli  ravishda  mustaqil  ishlash  malakasini  egallash  va  olgan  bilimlarini 

turmushga tadbiq etishlari uchun dars mashg‘ulotlarining o‘zigina yetarli emas, 

darsdan tashqari mustaqil ishlarining bog‘liqligi amaliy ishlar tarzida bo‘lmog‘i 

kerak. 

O‘quvchilar  uchun  uy  vazifasini  bajarish  ancha  murakkab  hisoblanadi. 



O‘quvchi  uy  vazifasini  bajarmay  o‘z  ustida  mustaqil  ishlamay,  fanni  puxta 

o‘zlashtira  olmaydi.  Uyga  berilgan  vazifani  sistemali  ishlash  natijasida 

o‘quvchida  mustaqillik  paydo  bo‘ladi,  o‘qishga  to‘g‘ri  munosabatda  bo‘ladi, 

berilgan  vazifani  mas‘uliyat  bilan  bajarish  xissini  vujudga  keltiradi.  Mustaqil 

dars  tayyorlash  jarayonida  o‘quvchi  fanni  tartibli  bajarish,  o‘qiyotgan 

materialning  muhim  tomonini  ajratish,    materialning  mazmunini  fikrlay  olish, 

o‘tgan mavzularga bog‘lash, taqqoslash kabi ishlarda malaka hosil qiladi. 

O‘quvchilarga mustaqil tayyorlash uchun berilgan vazifalar mazmunli, qiziqarli, 

bolalarning iroda sifatini [chidamlilik, qat‘iylik] tarbiyalaydigan bo‘lishi kerak. 

Shunday  ekan  o‘quvchilarning  birir  maqsadga  muvofiq  mustaqil  ishlar  olib 

borish,  ularni  bajarish  orqali  yangi  bilim  va  malakaga  ega  bo‘lishlari  uchun 


 

36 


bajargan ishlarini mustaqil ish desak, yanglishmagan bo‘lamiz. 

Metodik  kitob  va  qo‘llanmalarda  aytilganiga,  hamda  ko‘p  yillik  tajriba 

natijalariga  ko‘ra  o‘quvchilarning  mustaqil  ishlari  mazmuniga  bog‘liq  holda  u 

gruppaga bo‘linadi : 

a) 

dars protsessida bajariladigan mustaqil ishlar



b) 

darsdan tashqari vaqtda bajariladigan mustaqil ishlar ; 

c) 

sinfdan tashqari vaqtda bajariladigan ishlar; 



O‘quvchilar darsdan va sinfdan tashqari bajariladigan har qanday mustaqil ishini 

o‘qituvchi  raxbarligida  olib  boradilar.  O‘qituvchi  o‘quvchilarga  mustaqil  ishni 

bajarishda,  taqqoslashda,  kuzatishlardan  xulosa  chiqarishda  aniq  yo‘llanmalar 

beradi. 


O‘qituvchi  o‘quvchilarga  mustaqil  ishni  topshirgach,  uni  qanday 

bajarilishidan  xabardor  bo‘lib  turishi  maqsadga  muvofiqdir.  O‘qituvchi 

o‘quvchilarni  mustaqil  ishlarini  qanday  bajarayotganlarini  kuzatib  borishi, 

mustaqil  ishlar  qanday  bajarilayotganligi  haqida  aniq  tasavvurga  ega  bo‘lishi, 

ish  noto‘g‘ri  bajarilayotgan  bo‘lsa,  ularga  qanday  bajarish  haqida  qayta 

yo‘llanmalar berishi, o‘quvchilarning ruxan rag‘batlantirish natijasida aktivligini 

orttirib  borishi,  bajarayotgan  ishlariga  mas‘uliyat  bilan  munosabatda  bo‘lishini 

oshiradi.O‘quvchilar zoologiya kursi yuzasidan sinfda olgan nazariy bilimlarini 

sinfdan  tashqari  vaqtda  hayvonlar  hayotini  kuzatish,  turli  tajribalar  qo‘yish, 

hayvonlarni  boqish  va  parvarish  qilishdagi  amaliy  ishlarni  bajarish,  qishloq 

xo‘jalik  zararkunandalariga  qarshi  kurashish,  foydali  hayvonlarni  muhofoza 

qilish kabi amaliy ishlar bilan bog‘lab olib borish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 

O‘quvchilar  aktivligini  oshirishdagi  va  sinfdagi  darsni  sinfdan  tashqari  ishlar 

bilan 


bog‘lashdagi 

bajariladigan 

mustaqil 

ishlardan 

yana 

bittasi 


kuzatuvchanlikdir. 

Kuzatish  –  o‘simlik  va  hayvon  organizmining  rivojlanishida  tashqi 

faktorlar  ta‘sirini  aniqlash  uchun  o‘qituvchi  rahbarligida  o‘quvchilarning  ongli 

yondoshishlaridan iboratdir. 

O‘quvchilar  turli  kuzatishlar  olib  borib,  fanga  nisbatan  qiziqish  va  havaslari 

ortib,  olgan  bilimlarini  uzoq  muddat  esda  saqlab  qoladilar.  Ko‘p  yillik  tajriba 



 

37 


shuni  ko‘rsatadiki,  zoologiya  kursini  o‘quvchilarning  mustaqil  kuzatish  ishlari 

bilan  bog‘lab  o‘qitishda  hamma  o‘quvchilarga  bir  xil  kuzatish  ishlari 

topshirishdan  ko‘ra  ularning  istagiga  qarab  ish  topshirish  yaxshi  natija  beradi. 

Shuningdek,  bir  o‘quvchisini  hamma  kuzatish  ishlariga  jalb  etish  ham  yaxshi 

natija  bermaydi.  Bu  ishning  yuzaki  bajarilishiga  va  o‘quvchilarning  ortiqcha 

band  qilib  qo‘yishga  sababchi  bo‘ladi.  Shunday  qilib,  kuzatish  ishlarini 

o‘quvchilarga  topshirishda  faqat  bitta  yoki  ikkita  topshiriq  bilan  chegaralanib, 

uning  natijasini  kuzatish  kifoya  qiladi.O‘quvchilar  sinfda  olgan  nazariy 

bilimlarini  kuzatish  bilan  ayrim  hayvonlarning  hayot  kechirish,  ko‘yishi  va 

rivojlanishi  haqida  to‘liq  tasavvurga  ega  bo‘ladilar.  Masalan,  ipak  qurtini 

kuzatish natijasida o‘quvchilar, lichinkaning tuxumdan chiqishi va u to‘rt marta 

―uxlab‖  besh  yoshga  kirishi,  pilla  o‘rashi  [  g‘umbakka  aylanishi],  nixoyat  uni 

undan  ucha  olmaydigan  kapalak  chiqishigacha  kuzatib  to‘liq  tasavvurga  ega 

bo‘ladilar.  Natijada  o‘quvchilar  ipak  qurtining  ko‘yishi  va  rivojlanishini 

bilibgina  qolmay,  balki  ularning  hayoti  uchun  qanday  muhit  zarurligini,  ularni 

boqish va parvarish qilish haqida malakaga ega bo‘ladilar.Shuningdek ekinlarga 

zarar  yetkazuvchi  hashorotlarninh  hayot  kechirishi,  ko‘payishi  va  rivojlanishi 

hamda  zararini  o‘quvchilar  kuzatish  orqali  aniqlaydigan,  hamda  ularga  qarshi 

kurashish choralarini amaliy ravishda bajara oladigan malakaga ega bo‘ladilar. 

Bu  yoshlarni  kelgusida  qishloq  xo‘jaligining  biror  tarmog‘ida  ishlashga  havas 

o‘rgatish  uchun  zamin  tayyorlaydi.O‘quvchilarning  mustaqil  tajriba 

[eksperiment] ishlar olib borish bilan ham fanga bo‘lgan qiziqishlari ortadi. 

Tajriba  –  o‘quvchilarning  kuzatishga  nisbatan  birmuncha  murakkabroq  bo‘lib, 

o‘quvchilarni mehnat qilish va fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. 

Tajriba  o‘quvchilarning  maktab  oddiy  ilmiy  harakterda  bajaradigan  mustaqil 

ishlari bo‘lib, bunda hayvonlar ikki xil sharoitda boqilib, bir-biriga taqqoslanadi, 

ya‘ni  eksperiment  variant  bilan  kontrol  variant  taqqoslanadi.  Eksperiment 

variantda hayvonlarni boqish va parvarish qilish, kontrol variantdagiga nisbatan 

farq  qiladi.  Variantlar  bilan  taqqoslangan  tajriba  ishlari  yakunlanib,  u 

o‘quvchilar orasida xisobot tariqasida eshitiladi. 

Hayvonlarga oid tajribalar qo‘yilganda o‘quvchilarning kuzatishlari talab 


 

38 


etiladi.  Tabiatda  hayvonlarni  yashash  mauhitida  kuzatish  bilan  tajribada 

kuzatish,  ularning  yashash  sharoiti,ozuqa  moddalarning  turi,  normasi 

o‘quvchilarni 

mehnatga 

ko‘proq 

jalb 


qilishi 

bilan 


farq 

qiladi. 


Shuningdek,o‘quvchilarni ko‘proq fikrlashga majbur etadi. 

O‘quvchilarning  sinfdagi  darsni  mustaqil  ishlari  bilan  bog‘lab  kuzatish 

olib  borishlari,tajribalar  qo‘yishlari,shuningdek  ularning  amaliy  ishlari  muhim 

rol  o‘ynaydi.Chunki  o‘quvchilar  kuzatish  va  tajriba  ishlar  kabi  amaliy  ishlarni 

ham  mustaqil  bajaradilar.  Masalan,  tufelkani  ko‘paytirish,ipak  qurtini  boqish, 

maktab  o‘quv-tajriba  ychaskasidagi  qishloq  xo‘jalik  zararkunandalariga  qarshi 

kurashish kabi ishlarda.O‘quvchlarning amaliy ishlari boshqa mustaqil ishlardan 

farq qilib, hech qanday kuzatish yoki jarayonlar o‘tkazishni talab qilmaydi. Ular 

sinfda  olgan  nazariy  bilimlari  asosida  amaliy  ishlarni  mustaqil  bajaradilar. 

Masalan,  tufelkani  ko‘paytirish,ipak  qurtini  boqish,  maktab  o‘quv-tajriba 

uchastkasidagi  qishloq  xo‘jalik  zararkunandalariga  qarshi  kurashish  kabi 

ishlarda.O‘quvchilarning  amaliy  ishlari  boshqa  mustaqil  ishlardan  farq 

qilib,xech  qanday  kuzatish  yoki  jeperiment  o‘tkazishni  talab  qilmaydi.Ular 

sinfda  olgan  nazariy  bilimlari  asosida  amaliy  ishlarni  mustaqil  bajaradilar. 

Bunda o‘quvchilar amaliy ishlarni bajarish bilan sinfda olgan nazariy bilimlarini 

mehnatda  mustahkamlaydilar.Masalan,o‘quvchilar  sinfda  olgan  ipak  qurti 

boqishi va parvarish qilish haqidagi nazariy bilimlari asosida ipak qurtidan turli 

amaliy  ishlarni  bajaradilar,jumladan:qurt  xonaning  tempiraturasi  va  namligini 

normal  holda  ushlash,  kichik  va  katta  yoshdagi  qurtlarga  barg  solish,bargni 

tozalash va asrash, qurtlarni ko‘chishi va hokazo. 

Shuningdek,o‘quvchilar  maktabda  tirik  burchakdagi  tovuq  quyonlarni 

boqish,  parvarish    qilish,  kolxoz  va    sovxoz  parrandachilik  yoki  chorvachilik 

firmalarida  turli  amliy  ishlarni  bajarish,  maktab  o‘quv  –  tajriba  uchastkasida 

qishloq  -xo‘jalik  zararkunandalariga  qarshi  kurashish  kabi  amliy  ishlarni 

bajaradilar.O‘quvchilarni  individual  faoliyatini  faqatgina  kuzatish,  tajriba, 

amaliy  ishlar  bilan  chegaralanib  qolmay  ko‘rgazmali  qurollarlar  yasashni  ham 

o‘z  ichiga  oladi.  Bu  esa  biologiya  kabinetini  boyib  borishiga  va  o‘quvchilar 

aktivligini ortib borishiga imkoniyat yaratidi. 



 

39 


Download 498.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling