Biologiya kafedrasi “dak ga tavsiya etaman” Tabiiy fanlar va geografiya fakulteti dekani dots. A. Nazarov


O’quvchilarni  mustaqil va ijodiy  fikrlashni rivojlantirish yo’llari


Download 498.93 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana17.06.2020
Hajmi498.93 Kb.
#119623
1   2   3   4   5
Bog'liq
biologiya darslarida oquvchilarning individual faoliyatini tashkil etishning pedagogik asoslari (1)


2.2.O’quvchilarni  mustaqil va ijodiy  fikrlashni rivojlantirish yo’llari. 

 

Fan-texnika  rivojlanishining  jadallashuvi  jamiyatning  ijtimoiy,  iqtisodiy, 

mahnaviy, madaniy, ilmiy-texnikaviy extiyojlaridan kelib chiqqan holda ta‘lim 

tizimi  oldiga  muayyan  maqsad  va  vazifalarni  qo‘yadi.  O‘zbekiston 

Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonun [2] va «Kadrlar tayyorlash milliy 

dasturi»da  [3]  o‘z  aksini  topgan  bu  talablar  maqsadi  har  tomonlama  kamol 

topgan, bozor iqtisodiyoti sharoitiga moslashgan, jamiyat, davlat va oila oldidagi 

o‘z  javobgarligini  his etadigan  kishilarni  tarbiyalashdan iborat. Bu talablarni 

amalga  oshirish  uchun  o‘qitishning  samarali  shakllari  va  vositalarini  ishlab 

chiqib,  ta‘lim  jarayoniga  tadbiq  etish,  ta‘limning  o‘quvchi  shaxsiga  qaratilgan 

demokratik  yo‘nalishlarini  rivojlantirish,  didaktik  va  axborot  vositalarining 

yuqori  samara  oeradigan  yangi  avlodini  yaratish  va  tahlim  jaraniga  joriy  etish 

zarur.O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasi  hamda  «Ta‘lim  to‘g‘risida»gi 

Qonunda ta‘lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi 

ta‘lim jarayonining uzluksizligi, izchilligi, dunyoviyligi, bilim olishning hamma 

uchun  ochiqligi  yozilgan  [1;  2].  Davlatimiz  tomonidan  biologiya    ta‘limi  

sohasidagi  oldinga  qo‘yilgan vazifalarni muvoffaqiyatli  hal qilinishi uchun  eng 

avvallo  uzluksiz  tahlim  tizimida  biologiyadan  ta‘lim  va  tarbiyani  tashkil 

etishning nazariy asoslari bo‘lgan lidaktik tamoyillarni aniqlab olish zarur.

 

Pedagogik  adabiyotlarda  o‘qitish  tamoyillari  sifatida  ta‘lim  gizimining 



tuzilishi,  mohiyati,  qonuniyatlari,  didaktik  faoliyatni  tashkil  etishda      va   

boshqarishda   namoyon   bo‘ladigan   bilimlar   ta‘minoti

 

tushuniladi.  O‘quvchilarning  bilish  faoliyatini  tashkil  etish  va  boshqarish 



masalalari  Yu.K.Babanskiy  ,  A.Abg‘shkasg‘shova  ,  Dj.U.Baysalov  , 

V.P.Bespalg‘ko,  Yu.G.Tatur  ,  V.V.Davg‘vdov  ,  V.S.Konyushko  , 

V.A.Napyorov  ,  R.A.Nizamov    va  boshqalarning  ishida  yoritilgan.  Pedagogik 

olima  J.O.Tolipova    biologiyani  o‘qitish  tamoyillarini  biologiya  ta‘limi 

mazmunini  va  ta‘lim-tarbiya  yo‘nalishini  belgilaydigan  guruhlarga  ajratadi. 

Birinchi  guruҳga  ilmiylik,  tizimlilik,  ko‘rgazmalilik,  nazariyani  amaliyot 

bilan  bog‘lash,  mantiqiy  ketma  -  ketlik,  samaradorlik  tamoyillari;  ikkinchi 

guruhga  pedagogik  jarayonni  demokratlashtirish,  ta‘limni  individuallashtirish, 



 

40 


differentsialashtirish,  ta‘limga  turlicha  yondashuv  bilan  bog‘liq  tamoyillar 

kiritilgan.Mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan  ta‘limni  tubdan  isloh 

kilishning  bosh  maqsadi  yuqorida  ko‘rsatib  o‘tilgandek  har  tomonlama  kamol 

topgan,  jamiyat  hayotiga  moslashgan,  ta‘lim  va  kasb-xunarni  ongli  va  puxta 

o‘zlashtirgan, jamiyat va oila oldida javobgarlikni his etadigan, mutaqil za ijodiy 

fikrlay oladigan kishilarni tarbiyalashdan iborat. Bu jarayonda biologiya fanlari 

juda  muxim  ahamiyatga  ega.  Chunki  biologiya  fanlaridan  olingan  bilimlar 

yoshlarning  atrof  muhitga  va  umuman  organik  dunyoga  nlmiy  qarashlarini 

to‘gri  shakllanishiga  yordam  beradi;  ona  tabiat  go‘zalligini  his  etish  va  uni 

sevishga  o‘rgatadi.Biologiya  tahlimining  didaktik  maqsadi  o‘quvchilarga 

biologiyaning    qonuniyatlarini  o‘rgatish,  ularda  aqliy,  ahloqiy,  ma‘naviy, 

mehnat    ma‘lum  darajada  kasbiy  ko‘nikmalarni  shakllantirishdan  iborat. 

Biologik  ta‘limning  tarbiyaviy  maqsadi  o‘quv  jarayonida  yuksak  ma‘naviy  va 

ma‘rifiy  fazilatlarga  ega  bo‘lgan,  o‘z  xalqi  va  yurtini,  milliy  hamda 

umuminsoniy  qadriyatlarni  hurmat  qiladigan,  Vatanga  sodiq  bo‘lgan,  yurtimiz 

tabiatini sevadigan, uni asrab avaylaydigan vatanparvar,  mjtimoiy barkamol 

shaxsni  tayyorlashdan  iborat.  Biologik  ta‘limning  rivojlantiruvchi  maqsadlari 

esa  ta‘lim  oluvchining  atrof  muhitga,  tariklik        to‘grisidagi        ilmiy,    

mahnaviy,        ahloqiy        dunyoqarashini

     


shakllantirish,    uning    bilimlarni  

o‘zlashtirish    va    mustaqil    ijodiy

 

fikrlash  qobiliyati,  nutq,  muomala 



madaniyatini  rivojlantirishdan  iborat.Yuqorida  keltirilgan  maqsadlarga  erishish 

uchun  ta‘limning  barcha  bosqichlarida  ta‘lim  oluvchining  dasturiy  bilim, 

tasavvur  va  ko‘nikmalari  asosida  ularning  mustaqil  faoliyati  samarasini 

oshirish,  uning  ilmga  va  o‘quv  faniga  qiziqishini  kuchaytirish,  unga  mustaqil 

faoliyat  ko‘rsata  olishi,  bugungi  axborot  oqimidan  oqilona  foydalanishi 

uchun zarur imkoniyat va shart-sharoit yaratib berishdan iborat.

 

Biologiya fanlarini, jumladan biologiyani o‘qitishning samarasini keskin 



oshirish uchun quyidagi mummolarni hal etish zarur:

 

-    o‘qitishning  barcha  shakllari  -  dars  va  sinfdan  tashqi  mashgulotlar 



uchun  ta‘lim  va  tarbiyaning  samarali  zamonaviy  vositalarini  ishlab  chiqish 

sa ta‘lim jarayoniga joriy etish;

 


 

41 


-  biologiyani 

mustaqil 

o‘rganishning  samarali  metodlarini  ishlab 

chiqish va joriy etish; 

-  bilim    olishni    individuallashtirish,    o‘qitishni    o‘quvchilarning 



kobiliyati va tayyorgarlik darajasiga binoan tabaqalashtirish; 

-  o‘qitishni  zamonaviy  pedagogik  va  axborot  texnologiyalar  asosida 

tashkil etish; 

,

 



o‘quv-metodik 

adabiyotlarning 

ilgor 


pedagogik 

va 


axborot 

texnologiyalariga  moslangan  yangi  avlodini  yaratish  va  o‘quv  jarayoniga 

tadbiq etish;

 

-  biologiya  tahlimida  xalqimizning  boy  mahnaviy  va  ilmiy  mehrosidan 



keng foydalanish;

 

biologik  ta‘limni  ukuvchilarning  faol  mustaqil  faoliyatiga  asoslanib 



tashkil etishga imkon beradigan vositalarni ishlab chiqish;    :

 

-  o‘quvchining    o‘z      bilimini    o‘zi      baholashi      va      nazorat      qilishi 



texnologiyasini  o‘quv  jarayoniga  tadbiq  etish  orqali  uning  mehnatini 

engillashtiradigan        va      ragbatlantiradigan  demokratik  tamoyillarini 

:rivojlantirish;

 

- o‘qitish jarayonida o‘quvchilar ongiga milliy istiqlol goyalarini



 

singdirish.Pedagogik 

jarayonning 

demokratik 

tamoyilda 

qayta 


qurish, 

rivojlantirish 

o‘quvchilarning  mustaqil  faoliyatini  rag‘batlantirish  va 

belgilangan 

maqsadga 

yo‘naltirish; 

ularning 

individual 

faoliyatini 

cheklamaslik,  mashg‘ulotni  o‘quvchilar  hohishi  va  istaklariga  qarab  tashkil 

etishni taqozo etadi. 

\        

 

Yuqorida  keltirilgan  tamoyillarni  amalga  oshirish  ta‘limni  davlat  va 



ijtimoiy talablarga mos holda qayta qurish va rivojlantirishni talab etadi. Buning 

uchun  o‘qitishning  barcha  shakllari  -  darslar,  dars  va  sinfdan  tashqari  ishlar, 

ekskursiyalardan  hamda  o‘qitish  vositalari  va  metodlaridan    samarali 

foydalanish,  pedagogik  va  axborot  texnologiyalaridan  foydalanishning 

metodik  asoslarini  ishlab  chiqish,  ta‘lim  tarbiyaning    uzviyligini ta‘minlash 

zarur  bo‘ladi.  Ta‘lim  tarbiyaning  uzviyligi  o‘quv  jarayonini  aqliy,  ahloqiy, 

vatanparvarlik,  jismoniy,  gigienik,  mehnat,  iqtisodiy,  estetik,  ekologik  tarbiya 


 

42 


bilan birga olib borish orqali ta‘minlanadi.

 

Ta‘limni  isloh  qilish  bilan  birga  o‘quv  jarayonida  shakllanadigan 



yangi  pedagogik  munosabatlar  har  bir  o‘quvchiga  individual  yondashuv,  yahni 

gahlim 


jarayonini 

differentsiallashtirish 

asosida  o‘qitishning  shaxsga 

mo‘ljallangan 

texnologiyasini 

qo‘llashni 

taqozo 

etadi. 


Differentsiallashgan yondashuv o‘rtacha o‘zlashtiradigan o‘quvchiga mo‘ljallab 

tashkil  etishdan  voz  kechishdan  iborat.  Pedagogikadagi  «bilimlarni  to‘liq 

o‘zlashtirish»,  «har  xil  darajali  o‘qitish»,  «guruh  bo‘lib  o‘qitish»,  «modulli 

o‘kitish»  va  boshqa  texnologiyalar  o‘quv  jarayonini  har  bir  o‘quvchining 

shaxsiy  xususiyatlari,  o‘qitish  mazmunining  har  xil  murakkablik  darajasi 

za  o‘quv  muassasasining  o‘ziga  xos  xususiyatlariga  moslab  tashkil  etishga 

yordam  beradi.

:

       



;

O‘quv  jarayonini  individuallashtirish  va 

ixtisoslashtirish  o‘tuvchilarda  bilim  olishga  qiziqishning  paydo  bo‘lishiga 

bog‘liq.O‘quv maqsadlarining yuqorida qursatilgan  B.Blum tomonidan ishlab

 

chiqilgan  klassifikatsiyasi  xorijiy  mamlakatlarda  o‘qitish  natijalariga  baho 



berishda  keng  foydalaniladi  .  Mazkur  klassifikatsiya    o‘quv  yurtlariga 

o‘quvchilarni bilish faoliyati maqsadiga ham mos keladi.

 

O‘qitishni o‘quvchi shaxsiga qaratilgan individual o‘qitish orqali bilimni 



to‘liq  o‘zlashtirish  texnologiyasini  tadbiq  qilinishi  an‘anaviy  o‘qitish 

sistemasidan  voz  kechish  va  uni  tubdan  isloh  qilishni  taqozo  etadi.  Mazkur 

sistemani  o‘quvchilar  soni  ko‘p  bo‘lgan  ma‘ruza  o‘qiladigan  guruhlarda 

foydalanish  imkoni  bo‘lmaydi.  Bir  muncha  kichikroq  10-15  o‘quvchi 

o‘qiydigan  laboratoriya  mashg‘ulotlarida  mazkur  texnologiyani  ko‘llash 

uchun 


muayyan 

imkoniyatlar 

mavjud. 

Buning 


uchun 

laboratoriya 

mashgulotlaridan  o‘quvchilarning  individual  qobiliyati  va  o‘zlashtirish 

darajasiga  mos  keladigan, murakkablik darajasi  har   hil bo‘lgan o‘quv-metodik 

ta‘minot ishlab chiqish zarur.

 

2.3.  Uzluksiz  ta’lim  tizimida  biologiyani  o’qitishni  tashkil  etishning 



pedagogik shart-sharoitlari  

 

Bologiyadan 



laboratoriya 

mashg‘ulotlarida 

o‘quvchilarning 

faolligini 

ta‘minlash,  ularning  individual  ishlashlari  uchun  qulay  sharoit  yaratish 


 

43 


ta‘lim  jarayoni  samaradorligini  ta‘minlovchi  asosiy  omillardan  biridir. 

individuallik 

(lotincha 

ajralmas, 



o‘ziga  xos)  -  har  bir  inson 

ruhiyatining  takrorlanmas  o‘ziga  xosligi,  o‘z  faoliyatini  jamiyat-tarixiy 

madaniyatlari 

rivojlanishining 

sub‘ekti 

sifatida 

amalga 

oshiradi 



Insonning  individualigi  uning  o‘zi  uchun  xos  bo‘lgan  intellektual, 

motivatsion,  irodalilik,  emotsional,  amaliy,  o‘z-o‘zini  boshqarish, 

 va boshqa xususiyatlarini qamrab oladi.

 

Intellektual xususiyatlar bilish jarayonlari [ diqqat, idrok, tasavvur,



 

Xotira],  fikrlash  turlari  [ijodiy,  bilish,  nazariy,  emperik,  patogen  va 

boshqalar],  tafakkur  [  tahliliy  fikrlash

 

doirasi,      obrazli,      ko‘rgazmali-

obrazli      tafakkur],      aqliy      sifatlari  [uddaburonlik, mustaqillik, tanqidiylik], 

fikrlash 

operatsiyalari 

[tahlil,sintez, 

tizimlashtirish, 

abstraktlash, 

formallashtirish, aniqlashtirish,interpritatsiya va h.k.] orqali tavsiflanadi .

 

pedagogik  jarayon  yaxlit  tizim  sifatida  didaktikaning  asosiy  printsiplari 



ta‘limni  va  tarbiyani  individuallashtirish  o‘zaro  bogliqligini  tadqiq  etadi. 

O‘quv-tarbiya jarayoni bilim va ko‘nikmalarni  o‘zlashtirishni ta‘minlash bilan 

birga ijtimoiy muhitda tarbiyalanishni ham ta‘minlaydi. Individual yondashuv - 

metodikaning  bir  printsipi  bo‘lib,  unda  o‘qituvchi  o‘quvchilarning  shaxsiy 

xususiyatlari,  qiziqishlari,  ehtiyojlarini  hisobga  olib,  individual  model  asosida 

o‘quv  faoliyatini  tashkil  etadi;  ular  bilan  muloqotda  yuksak  madaniyatni 

namoyon  qiladi  va  hamkorlikka  kirishadi.Laboratoriya  mashg‘ulotlarida 

o‘quvchilarning  individual  ishlarini  faol  tashkil  etishda  tabaqalashgan 

ta‘lim  texnologiyasidan  keng  foydalaniladi.  Tabaqalashgan  ta‘lim 

texnologiyasi  o‘quv  jarayonining  muayyan  qismining  didaktik  maqsadini 

amalga  oshirishga  imkon  beradigan  mazmun,  vosita  va  shakllar  tahminotsidan 

iborat .Mazkur texnologiyaning afzalliklari quyidagilardan iborat:

 

-  o‘qituvchining  o‘quvchilar    bilan    faol    va    individual    muloqoti 



ta‘minlanadi:      kuchsiz    o‘quvchilarga    yo‘llanma,      qobiliyatli    o‘quvchilarga 

e‘tibor berish imkoniyati vujudga keladi; 

-  o‘quvchilarning  bilimlarni  mustahkamlash  imkoni  va  kasbiy  mahorati 

ortadi. 


 

44 


-  qobiliyatli  o‘quvchilarning  o‘z  bilimlarini  namoyon  qilishga,  o‘rta 

o‘zlashtiradigan o‘quvchilarning bilim olishga qiziqishi ortadi

o‘quvchilarda  laboratoriya  mashgulotiga  qiziqish  va  ehtiyoj  tug‘iladi. 



Tabaqalashgan ta‘lim - o‘qitish shakli va o‘qitish jarayonini tashkil

 

etish modeli bo‘lib, unda o‘qituvchi  har bir o‘quvchi bilan individual  ishlaydi. 



O‘quvchilar o‘zlarining  shaxsiy  xususiyati, qobiliyati, qiziqishi   va

 

ehtiyojiga 

moslab  tuzilgan  o‘quv  to‘shiriqlarini  bajarishadi,  ya‘ni  o‘qitish  vositalari 

[darslik,  ko‘rgazmali  va  didaktik  materiallar,  kompgpyuter]  bilan  yakka 

tartibda ishlashadi.

 

Individual  ta‘limning  asosiy  afzalligi,  o‘quvchi  o‘quvchilarning  o‘quv 



faoliyatini  tashkil  etish,  ta‘lim  mazmuni,  vositalari  va  metodlarini 

tanlashda  ularning  shaxsiy  xususiyatlari  va  faolligini  hisobga  oladi.  Shu 

sababdan    mazkur    jarayonni    jadallashtirish,  o‘quvchini  o‘quv  topshiriqlarini 

bajarishda  mo‘ljalni  to‘gri  olishiga  va  tezroq  moslashishiga,  o‘z  

imkoniyatlari  darajasida  bilim  va  ko‘nikmalarni  egallashlariga  imkon 

yaratiladi.Biz  ishlab  chiqqan  metodika  asosida  individual  ishlarni  tashkil 

etishda har bir o‘quvchiga alohida to‘shiriq  beriladi. Topshiriqlarni o‘quvchilar 

bir-birlarining 

yordamisiz 

mustaqil 

bajarishlari 

zarur. 


Laboratoriya 

mashg‘ulotini  bunday  usulda  tashkil  etish  uchun  har  bir  o‘quvchiga  o‘quv-

metodik ta‘minot tarqatib berilishi zarur bo‘ladi.

 

Individual ish shakli ayniqsa, ta‘lim oluvchilarning individual 



qobiliyati va imkoniyatini inobatga olingan holda o‘quv jarayonini tashkil etilsa 

maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shuningdek, o‘quv-metodik ta‘minotda  keltirilgan 

to‘shiriqlarni asosan o‘quvchilar mustaqil bajarishadi, ya‘ni mashg‘ulot asosan 

o‘quvchilarning  individual  mustaqil  faoliyatiga  asoslanadi.  Shu  o‘rinda 

mustaqil bajariladigan ishlar xususida ham to‘xtalib o‘tmoqchimiz.Mutaxassislar 

tayyorlash tizimini tubdan qayta qurish, o‘quv-tarbiya jarayonining ahamiyatini 

oshirishda  o‘quvchilarning  mustaqil  faoliyatiga  asoslangan  laboratoriya 

mashg‘ulotlarini  tashkil  etish  va  o‘tkazish  muhim  o‘rin  egallaydi.  Tahlillar 

shuni ko‘rsatadiki,  o‘quvchilar mustaqil  faoliyatiga asoslangan laboratoriya 

mashgulotlarida  bilim  olishi  bilan  birga,  ularda  ko‘nikma  va  malakalarini 



 

45 


shakllanishiga imkoniyat tugiladi.

 

Pedagog  olima  N.N.Azizxo‘jaevani  fikricha,  amaliyotda  xususiy  -didaktik   



maqsadlarga muvofiq mustaqil ishlarning 4 ti‘i (bosqichi)

 

amalga  oshiriladi.  O‘quvchilarning  mustaqil  faoliyatiga  asoslangan 



mustaqil 

ishlar 


xususiy-didaktik 

maqsadining 

birinchi 

tipi 


sirtdan 

qaraganda  faoliyatning  algoritmik  ma‘lumotlari  va  vazifalar  sharoitidan, 

ya‘ni  dastlabki  bilimlarni  [  birinchi  bosqich]  o‘zlashtirilishi  omillari 

asosida  o‘quvchilar  ongida  tushunchalarning  shakllanish  va  malaka  hosil 

bo‘lishdan  iborat.  Bu  maqsadga  erishish  uchun  o‘quvchilar  tomonidan  idrok 

kilinadigan vazifalarni yechish zarur. 

I

 

Mustaqil  ishlar  xususiy  -  didaktik  maqsadining  ikkinchi  tipi  -



o‘zlashtirilgan  axborotlarni  xotirada  qayta  ishlash,  tipik  vazifalarni,  ya‘ni 

bilishning ikkinchi bosqichini bajarishga qaratilgan bilimlarning shakllanishidan 

iborat.  Bu  maqsadga  idrok  qilinadigan  masalalarni  yechish  chogida 

o‘quvchilardan  tanlab  olingan  dalillarni  tavsiflash  asosida  ob‘ektlar  va 

hodisalarni  aniq  bayon  qilish  yoki  o‘rganilayotgan  ob‘ekt  va  hodisalarning 

o‘zgarishi  sababini  asoslash  va  uni  ifodalash  orqali  erishish  mumkin.  Ikkala  

holda  ham  o‘quvchilar  ilgari  egallagan,  shakllangan  bilimlar  tizimini    to‘g‘ri  

jalb  qila  olish va faollashtira olish asosida bajarishlari lozim.  O‘quvchilarning 

bilish [ idrok qilish] faoliyati avval o‘zlashtirilgan o‘quv axborotining mazmuni 

va  tuzilmasini  qayta  ishlash,  qisman  qayta  loyihalash  va  yangilashdan  iborat 

bo‘ladi.  Bunday  qayta  loyihalash    yangilash  tavsif  qilinayotgan  ob‘ektni  tahlil 

qilish,  berilgan  vazifani  turli  yo‘llar  bilan  bajarish,  ulardan  eng  to‘gri  yoki 

mantiqiy izchiligini to‘ish va yechish usullarini tanlash orqali amalga oshiriladi. 

O‘quvchilar  mustaqil  faoliyatiga  asoslangan  ishlarning  bu  tipida  mansub 

ishlarda  Vazifalarning  hal  qilinish  g‘oyasi  e‘lon  qilinib,  o‘quvchilardan  ushbu 

g‘oyani rivojlantirish va konkret sharoitga tatbiq etish talab qilinadi.O‘quvchilar 

mustaqil  faoliyatiga  asoslangan  ishlar  xususiy-didaktik  maqsadining  uchinchi 

tipi  -  tipik  bo‘lmagan  vazifalarni  bajarish  davrida  shakllanadigan  bilimlardan 

iboratdir. 

Bu 


bosqichga 

o‘quvchilardan  o‘rganilayotgan  ob‘ektdagi 

o‘zgarishlar  sabablarining  algoritmik  asoslarini  tuzishni  talab  qiladigan  [  idrok 


 

46 


qilish]  masalalarini  yechish  jarayonida  erishish  mumkin.  Mustaqil  ishlarning 

uchinchi tipi bajarishdagi bilish

 

faoliyati umuman olganda bilim, malaka, ko‘nikmalarni ko‘chirishni 



amalga  oshirish  yo‘li  bilan  avval  o‘zlashtirilgan  va  qolipga  tushgan  [muayyan 

algoritmik  harakatlar]  tajriba  asosida  yangi  faoliyat  tajribasini  to‘plash  va 

namoyon  qilishdan  iborat  bo‘ladi.  Bu  tipdagi  ishlarning  mohiyati  izlanish, 

yechimlar  goyasini  ifoda  qilish,  amalga  oshirishdan  iborat.  Bunday  ishlar 

qolipga  tushgan  tajribalar  doirasidan  doimo  chetga  chiqadi.  Fikrlashning  jonli 

jarayonida 

o‘quvchilardan  to‘shiriqlarni  avval  o‘zlashtirilgan  o‘quv 

axborotlari,  ularga  yangi  nuqtai  -  nazardan  yondashish  orqali  amalga  oshirish 

talab etiladi.O‘quvchilar mustaqil faoliyatiga asoslangan ishlar xususiy-didaktik 

maqsadining to‘rtinchi tipi ijodiy faoliyatga omillar yaratishdan iborat.  Bunday 

ishlarni  bajarishda  o‘quvchilarning  bilish  faolligi  ularning  muhokama 

qilinayotgan ob‘ekt mohiyatiga tobora chuqur kirib borishi, zarur

 

bo‘lgan  yangi,   oldindan   noma‘lum   bo‘lgan   g‘oyalarni  topish  va  yangi



 

axborotlarni  yuzaga  keltirish  uchun  zarur  bo‘lgan  yangi  munosabatlarni 

o‘rnatishdan  iborat.  Bunda  o‘quvchi  qo‘yilgan  vazifalarni  bajarishning  har  bir 

bosqichida  o‘zi  yaratishi  lozim  bo‘lgan,  uning  uchun  yangi  bo‘lgan 

harakatlarning  mohiyati,  u  yoki  bu  axborot  xarakteri  ustida  bosh  qotirishga 

majbur  bo‘ladi.Pedagogikaga  oid  adabiyotlarda  keltirilgan  ma‘lumotlarga  

asoslanib  zoologiyadan  laboratoriya  mashg‘ulotlarida  o‘quvchilarning 

mustaqil faoliyatiga asoslangan ishlarni quyidagi shakllarga ajratish mumki :

 

-  namunalar bo‘yicha mustaqil ishlar; 



-  rekonstruktiv-variativ mustaqil ishlar; 

-  evristik [ qisman, ijodiy] xarakterdagi mustaqil ishlar; 

-  ijodiy tadqiqot xarakterdagi mustaqil ishlar. 

Namunalar  bo‘yicha  mustaqil  ishlar  tipik  vazifalarni,  turli  xil 

mashqlarni namuna asosida yechishdan iborat. Bunday mustaqil ishlar o‘quv

 

materialini  o‘zlashtirish  uchun  imkon  yaratadi,  lekin  o‘quvchilarning  ijodiy 

faolligini o‘stirishga yordam bermaydi. Bu tipdagi mustaqil ishlarga odatda 

laboratoriya  mashgulotlarida  foydalaniladgan  darslik  va  o‘quv  materiallari 



 

47 


asosida  obhektning  rasmini  chizish,  o‘rganilayotgan  obektnning  sistematik 

o‘rnini aniqlash kabi to‘shiriqlarni kiritish mumkin.Ijodiy tadqiqot xarakterdagi 

mustaqil  ishlarda  muammoli  vaziyatning  yuzaga  kelishini  taqozo  qiladigan 

sharoit  yaratish  vazifa  qilib  qo‘yiladi.          O‘quvchi    o‘z    faoliyatida    tayyor  

namunalardan    foydalanmasdan  masalaning  hal  qilinish  yo‘llarini  qidiradi  va 

tadqiq qiladi. Bunday  ishlar sirasiga eksperiment qo‘yish, jihozlar, maketlar  va 

dastgohlarni  loyihalash  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  to‘shiriqlarni  kiritish 

mumkin.  Laboratoriya  mashg‘ulotlarida  ijodiy  tadqiqot  xarakteridagi  ishlar 

vaqt  cheklanganligi

 

tufayli  kam  o‘tkaziladi.  Bunday  ishlar  qatoriga  qon 



aylanish,  ҳazm  qilish,harakatlanish  organlari,  nerv  sistemasi  funktsiyasi  [ 

reflekslar]ni  o‘rganish  bilan  bogliq  bo‘lgan,  o‘quvchilardan  ijodiy 

yondashuvni  talab  qiladigan  eksperimental  tipdagi  topshiriqlarni  kiritish 

mumkin.Shunday  qilib,  mustaqil  ishlar  o‘qitishning  eng  muhim  metodi  bo‘lib, 

ularda  mashg‘ulotlarga  tayyorlanish,  olingan  bilim,  malaka  va  ko‘nikmalarni 

mustahkamlash  jarayonida  o‘quvchilarning  individual  faolligi  oshadi. 

O‘quvchining  laboratoriya  mashg‘ulotlarini  samarali  tashkil  etishning 

asosiy shartlari quyidagilardan iborat:

 

-  o‘quvchilar  mustaqil  faoliyatining  ilmiy  asoslanganligi  va  ularning 



tadqiqiy xarakteri;

 

-  o‘quvchilarda  o‘z  bilimlarini  mustaqil  oshirib  borishga  bo‘lgan  



ehtiyojning shakllanishi;

 

mustaqil  ishlar  bo‘yicha  qo‘yiladigan  topshiriqlarning  ividuallashtirilganligi;



 

 - 


mustaqil 

ishlarni 

tashkil 

etishga 


metodik 

rahbarlik 

qilinishi. 

O‘qituvchi  laboratoriya  mashg‘ulotlarida har bir o‘quvchining mustaqil

 

faoliyati  uchun  zarur  bo‘lgan  sharoitni  yaratib  berishi  lozim.  Individual  va 



mustaqil  faoliyat  natijasida  har  bir  o‘quvchi  aqliy  va  amaliy  ish  uslublarini 

o‘zlashtiradi;  o‘z  yutugi  va  faoliyatini  baholashni  o‘rganadi;  barcha 

imkoniyatlarni ishga soladi.

 


Download 498.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling