Biologiya Nuqtalar o’rniga mos javobni toping
Download 447.47 Kb.
|
blok test
Ona tili
1.Mehr, sabr, sayr, aql so‘zlari tarkibida… A) bir xil undosh yonma-yon kelgan B) til oldi undoshlarigina mavjud C) ikki xil undosh yonma-yon kelgan D) faqat jarangli undoshlar mavjud 2. Mustahkam do‘stlik … - hayotda baxt va shodlikka erishishning ishonchli vositalaridan biri. Ushbu gapdagi ko‘p nuqta o‘rniga qaysi so‘zni qo‘llash uslubiy jihatdan to‘g‘ri sanaladi? A) bordi-keldilari B) masalalari C) muomalalari D) munosabatlari 3. Qaysi javobda “uzoq va jiddiy o‘ylamoq” ma’nosini bildiruvchi birlik ajratib ko‘rsatilgan? A) Bema’ni savollaring bilan boshimni qotirma. B) Bu azaliy jumboq ustida ne-ne allomalar bosh qotirmadi deysiz. C) Professor va nihoyat ishidan boshini ko‘tarib qaradi. D) Oxirgi paytlarda mening bosh qashishga ham vaqtim bo‘lmay qoldi 4. Qaysi javobdagi tutuq belgisi boshqalaridan vazifasi jihatidan farq qiladi? A) qal'a B) a'lo C) san'at D) sur'at 5. Ikkinchi qismi turdosh ot bo‘lgan joy nomlari qo‘shib yoziladi. Ushbu qoidaga mos keluvchi so‘z berilgan javobni belgilang. A) qimmatbaho B) cho‘lyalpiz C) oshxona D) Yangiyo‘l 6. Oda…lar o‘zlarining aqli va o‘zgalarning …oyligini ha…isha oshirib ga…iradilar. Berilgan gapdagi tushirib qoldirilgan tovushlar… A) jaramgli undoshlar B) jarangsiz undoshlar C) til undoshlari D) lab undoshlari 7. Qaysi gapda kelishik qo‘shimchasini qo‘llash bilan bog‘liq xatolik mavjud? A) Bistomiy hazratlarining ko‘zlari jiqqa yoshga to‘libdi. B) Tavbaning tomiri bilan istig‘forning yaprog‘ini aralashtir. C) Boyazid Bistomiy hazratlari jinnixonani yonidan o‘tayotganlarida bir tabibning hovonchada dori maydalayotganini ko‘ribdi. D) Tabib boshini ko‘tarib ulgurmasdan, jinnixona panjarasidan qarab turgan bir xasta javob beribdi. 8. Qaysi gapda “puxta bilib olmoq, egallamoq” ma’nosida qo‘llangan birlik mavjud? A) Tushingizni suvga ayting. B) Sirkasi suv ko‘tarmaydigan odamsizda, aka. C) Suvga tushsa, quruq chiqadigan juda quv, ayyor kishi edi. D) U bu kitoblarda yozilganlarni allaqachonlar suv qilib ichib yuborgan edi. 9. Quyidagi berilganlarning qaysi birida chuqur til orqa undoshi ma’no farqlash vazifasini bajargan? A) taraf – tarang B) iborat – ibodat C) qor – g‘or D) siqmoq – suqmoq 10. Qaysi gapda kelishik qo‘shimchalarining variantlari o‘rin ma’nosini ifodalagan? A) Sizning birorta gapingiz(-ga, -ni) tushunmadim. B) Men borganim(-da, -dan) boshlandi. C) Sifatli mahsulotlarni faqat bizning do‘kon(-da, -dan) topasiz, akasi. D) O‘z vaqtida yetib kelganing(-ga, -dan) xursand bo‘ldim. Download 447.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling