Biologiya (Odam va uning salomatligi) 2020 yangi
-$. Eshitish organlarining tuzilishi,eshitish gigiyenasi
Download 1.23 Mb.
|
Biologiya 2019-yil 8-sinf mavzulashgan test kitobcha
55-$. Eshitish organlarining tuzilishi,eshitish gigiyenasi.
1.Tovush va nerv impulslari o'tadigan yo'lni tartib bilan ko'rsating: a-sandoncha, b-oval tuynukcha,d-parda labirint,e-tashqi eshitish yo'li,f-bolg'acha,g-uzangicha, h-suyak labirint,i-nog'ora parda,j-retseptor,k-eshitish markazi,l-eshitish nervi. A)e,i,f,a,g,b,h,d,j,l,k B)k,l,g,j,h,b,a,f,i,e C)e,i,f,a,g,b,d,h,j,k,l D)e,f,i,a,g,b,h,d,j,l,k 2.Eshitish analizatori qismlarini ularga xos tuzilishi belgilari bilan birga juftlab yozing: a-tashqi, b-o'rta quloq, d-ichki quloq,e-eshitish markazi; 1-bolg'acha,sandoncha va uzangicha joylashgan,2-bo'shliqlar,yarimdoira kanalchalari va labirintdan iborat,3-yarimsharlar chakka qismida joylashgan,4-quloq suprasi va tashqi eshitish yo'lidan iborat. A)a-4,b-1,d-2,e-3 B) a-1,b-4,d-2,e-3 C) a-3,b-1,d-2,e-4 D) a-2,b-1,d-4,e-3 3.Eshitish analizatori qismlari va ular funksiyasini juftlab yozing: a-tashqi quloq,b-o'rta quloq,d-ichki quloq,e-eshitish markazi; 1-tovush signallarini qabul qilib,nerv impulslariga aylantiradi, 2-tovush signallarini kuchaytiradi va uzatadi,3-tovush signallarini tahlil qiladi,4-tovush signallarini kuchaytiradi va yo'naltiradi. A)a-4,b-1,d-2,e-3 B) a-1,b-4,d-2,e-3 C) a-3,b-1,d-2,e-4 D) a-4,b-2,d-1,e-3 4.Eshitish analizatorining qismlarini to'g'ri tartibda juftlang: a-markaziy qism; b-ishchi organ; c-o'tkazuvchi qism; d-periferik qism; 1-bosh miya yarim sharlari eshitish zonasi; 2-bosh miya yarim sharlari chakka qismi; 3-quloq; 4-eshitish nervlari; 5-ko'rish nervlari; 6-sezuvchi nerv tolasi. A)a-2; b-6; c-4; d-3. B)a-1; b-6; c-4; d-3. C)a-2; c-4;d-5. D)a-2;c-4; d-3. 5.Quloq hayvonot dunyosining qaysi sinfidan boshlab 3 ta ya'ni tashqi,o'rta va ichki deb ajratiladi? A)baliqlar B)odam va sutemizuvchilar C)qushlar sinfidan D)terili toshbaqa mansub sinfdan 6.Eshitish analizatorida eshitish retseptorlari va bosh miya katta yarimsharlaridagi eshitish markazi nima orqali bog'lanadi?A)ko'rish nervlari B)sezuvchi nervlar C)harakatlantiruvchi nervlar D)t.javob yo'q 7.Noto'g'ri bo'lmagan fiklarni aniqlang: 1-o'rta quloq nog'ora parda bilan tugaydi; 2-eshitish analizatorining retseptorlari chig'anoqda joylashgan; 3-chig'anoq o'rta quloqda joylashgan; 4-tashqi quloq nog'ora pardadan boshlanadi; 5-eshitish suyakchalarining ikkinchisi nog'ora pardaga yopishgan; 6-suyakchalarning birinchisi sandoncha deyiladi;7-suyakchalarning uchinchisi elastik pardaga yopishgan; 8-ichki quloqda joylashgan apparat bitta ovalsimon xaltacha va uchta naychalardan iborat; 9-tovushning xususiyati, kuchi va balandligi bosh miya katta yarim sharlaridagi chakka qismidagi eshitish markazida tahlil qilinadi; 10-o'rta quloq bo'shlig'i eshitish naychasi orqali halqum bilan tutashgan. A)1,3,4,5 B)10,9,8,7 C)2,7,9,10 D)2,3,9,6 8.Tovush tebranishlarini eshitish analizatorining qaysi qismi nerv impulslariga aylantirib beradi? A)o'rta quloqdagi eshitish suyakchalari B)ichki quloq eshitish nervchalari C)ichki quloq sensorlari D)tashqi quloqdagi nog'ora parda 9.Bolg'acha (a) va uzangicha (b) eshitish analizatorining qaysi qismlari bilan tutashgan: 1-elastik parda; 2-nog'ora parda; 3-sandonchaning bir tomoni; 4-sandonchaning ikkinchi tomoni; 5-halqum; 6-eshitish naychasi. A)a-1,3; b-2,6 B)b-2,1; a-3,4 C)a-2,3; b-4,5 D)a-2,3; b-4,1 10.Quyidagi rasmda 4-raqamda ifodalangan eshitish analizatori qismini aniqlang: A)nog'ora parda B)elastik parda C)eshitish suyakchalari D)chig'anoq 11.Nima uchun jangari kinofilmlarda qaxramonlar portlash vaqtida og'zini qattiq ochib turadi? A)ichki quloqqa ta'sir kamayadi B)o'rta quloqqa ta'sir kamayadi C)nog'ora pardaga ta'sir kamayadi D)elastik pardaga ta'sir kamayadi 12.Eshitish pasayishining sababi ko'pincha........................................ A)televizorni ovozini baland eshitish B)o'rta quloq yo'lida oltingugurt to'planib qolishi C)ichki quloq yo'lida oltingugurt to'planib qolishi D)to'g'ri javob yo'q 13.Kuchli shovqin quloqqa uzoq vaqt davomida ta'sir qilib turilsa.................... A)elastik pardaning tarangligi ortadi B)nog'ora pardaning tarangligi ortadi C)tashqi va o'rta quloqni ajratib turuvchi pardaning tarangligi pasayadi D)t,j,yo'q 14.Bo'shliq, yarimdoira kanalchalar va chig'anoqdan iborat.Ushbu ta'rif-_____________? A)tashqi quloq B)chig'anoq C)ichki quloq D)o'rta quloq 15.Chig'anoqdan keyin eshitish analizatorining qaysi qismi kelishini belgilang? A)yumaloq tuynukcha B)ko'rish nervlari C)eshitish nervlari D)oval tuynukcha Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling