Biologiya (Odam va uning salomatligi) 2020 yangi


-mavzu: Nafas olishning boshqarilishi, nafas olish organlari kasalliklari


Download 1.23 Mb.
bet23/54
Sana18.12.2022
Hajmi1.23 Mb.
#1030799
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54
Bog'liq
Biologiya 2019-yil 8-sinf mavzulashgan test kitobcha

25-mavzu: Nafas olishning boshqarilishi, nafas olish organlari kasalliklari.

1.Aksirishda nerv impulslari o'tadigan organlarni tartib bilan yozing: a-nafas olish markazi, b-nafas chiqarish muskullari, d-retseptorlar, e-harakatlantiruvchi nervlar, g-kuchli nafas chiqarish.


A) d,f,e,a,b,g B)d,f,a,e,b,g
C) g,f,a,e,b,d D) d,f,a,g,b,e
2.Sun'iy nafas olish tadbirlarini tartib bilan joylashtiring: a-issiq choy berilib,shifoxonaga jo'natiladi, d-og'zini ochib, orqasiga qo'l bilan uriladi, e-og'zi yoki burni orqali havo puflanadi, f-uni oyoq soni ustiga qorni bilan yotqiziladi, g-orqasiga yotqiziladi, h-nafas yo'llaridan suv chiqariladi, j-ko'z qorachig'i torayib, terisiga qizillik yugurishi uning o'ziga kelganini bildiradi.
A)f,d,g,h,e,j,a B) f,e,h,g,d,j,a C) f,d,h,g,e,j,a D) f,d,h,g,j,e,a
3.Odam har bir nafas olish harakatida 500 cm3 havoni o'pkasidan o'tkazadi. Nafas olingan havoda 21% nafas chiqarilgan havoda 16% kislorod bo'ladi.Agar sinfda 40 ta o'quvchi bo'lsa, bir soat dars davomida (40 minut) har bir o'quvchi 1 minutda 18 martadan nafas olgan bo'lsa, har bir o'quvchi va sinfdagi barcha o'quvchilar iste'mol qilgan kislorod hajmini hisoblab chiqing?
4.Bir litr havoda 210 cm3 kislorod bor. Odam 1 minutda 6 litr kislorod iste'mol qiladi. 8 soatlik ish kunida uning o'pkasi orqali qancha havo o'tadi?
5.Bir kecha -kunduzda o'pka orqali 1700 litr qon o'tadi.Qon organizm massasining 7% ini tashkil etadi. Agar o'quvchi tanasining massasi50 kg bo'lsa, qon uning o'pkasi orqali necha marta o'tishini hisoblab toping?
6.Asosan ayrim ovqatlar ta'sirida paydo bo'ladigan nafas olish sistemasi kasalligini to'g'ri belgilang?
A)botulizm B)sil C)zotiljam D)eshakyemi
7.Har xil hidli moddalar ta'sirida paydo bo'ladigan nafas siqish ____________?
A)allergiya B)astma C)eshakyemi D)sil
8. ......... kasalligida bemorning qo'ltig'i ostidagi va bo'yndagi limfa bezlari biroz yiriklashadi, u yo'talganida balg'am chiqadi?
A)allergiya B)astma C)eshakyemi D)sil
9. Nafas olish organlarini yalig‘lanish kasalliklarini juftlab yozing
a) faringit b) angina s) laringit d) rinit e) zotiljam
1) Hiqildoq shilliq qavatining yalig‘lanishi 2) Tomoq shilliq qavatining yalig‘lanishi 3) Burun ichki shilliq qavatining yalig‘lanishi 5) Bodomchasimon bezning yalig‘lanishi 4) O‘pka to‘qimasining yalig‘lanishi
A) a-2, b-1, s-5, d-3, e-4 B) a-2, b-5, s-1, d-3, e-4 C) a-4, b-2, s-3, d-1, e-5 D) a-1, b-5, s-2, d-3 e-4
10. Qaysi kasallikda kasal odam boshqalar bilan gaplashganida og'zi va burnini 4 qavat dokadan tikilgan bog'ich bilan yopib olishi lozim?
A)sil B)gripp C)tumov D)zotiljam
11. Odam nafas olgandagi havoda kislorod 16 % ga teng. Agar bir daqiqada o’pka orqali 6 l havo o’tsa, bir sutkada o’pka qancha kislorodni o’zidan o’tkazadi?
A) 960 l B) 1382,4 l C) 124567 l D) 96000 ml
12. Is gazi kislorodga nisbatan gemoglobinga 300 marta tezroq birikadi. Nima sababdan is gazi bilan zaharlangan kishining boshi qattiq og'riydi?
A) is gazi CO2 ni qonga o'tishiga to'sqinlik qiladiB)is gazi oziq moddalarning qonga o'tishiga to'sqinlik qiladi
C)is gazi karbonat kislorodni qonga o'tishiga to'sqinlik qiladi D)is gazi azotni qonga o'tishiga to'sqinlik qiladi
13.Quyidagi kasalliklardan qaysi biri nafas olish sistemasining kasalligi emas?
A)rinit B)sil C)difteriya D)t.j.yo'q
14.Tamaki tutuni tarkibidagi uch mingdan ortiq zaharli moddalar qaysi organlar shilliq pardasiga o'tib, ularni yallig'lanishiga sabab bo'ladi?
A)o'pka alveolalari B)nafas yo'llari C)og'iz bo'shlig'i D) A,B,C javoblar to'g'ri
15.Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga qaraganda har yili Yer yuzi aholisinidan ____________ga yaqini chekish tufayli hayotdan ko'z yumadi?
A)3,5 million B)3ming C)2 ,5 million D)2 ming

Download 1.23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling