Biologiya online maktab deb qidiring muqaddima-1


-SINF 2018 BOTANIKA DARSLIGI BO’YICHA


Download 0.57 Mb.
bet8/37
Sana03.12.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1799602
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Bog'liq
2020 yil botanika kitobcha

6-SINF 2018 BOTANIKA DARSLIGI BO’YICHA


20-22 Gul –o’simliklarning generativ organi
GUL
1. Flora nima?
A) O’simliklarni sistemaga solish bilan shug’ullanuvchi botanikaning bo’limi
B) Ma’lum bir hududda tarqalgan hayvonlar populatsiyasi
C) O’simliklarining gul tuzilishini o’rganuvchi fan
D) Ma’lum bir davlatning o’simliklar dunyosi

2. Gul yopiq urug’li o’simliklarning jinsiy ko’payish organi bo’lib, . . .


A) Shakli o’zgargan bargdir
B) Shakli o’zgargan novdadir
C) Shakli o’zgargan poyadir
D) B va C javoblar to’g’ri

3. Gul asosan necha qismdan tashkil topgan?


A) 4 qismdan B) 3 qismdan C) 5 qismdan D) 2 qismdan

4. . . . – guldagi gulkosachadan ichkarida joylashgan gulqo’rg’on qavati.


A) Ostgulkosacha B) Urug’chi C) Gultoj D) Changchi

5. Changchi iplarining soni va shakli gulga bog’liq. Shunga ko’ra, changchi iplari . . . gulo’rniga joylashadi.


A) Alohida-alohida bo’lib B) Qo’shilib yoki juft bo’lib
C) Tutam hosil qilib D) Barcha javoblar to’g’ri

6. Urug’chi qismlari to’g’ri ko’rsatilgan javobni belgilang.


A) Tuguncha, changdon, changchi ipi
B) Tumshuqcha, ustuncha, tuguncha
C) Gulkosacha, gultoj, ustuncha
D) Gultoj, changdon, tumshuqcha

7. . . . – urug’chining kengaygan pastki qismi. Uning ichida urug’kurtak joylashgan.


A) Tuguncha B) Tumshuqcha C) Ustuncha D) Changdon

8. Gulning qaysi qismidan meva hosil bo’ladi?


A) Tumshuqchadan B) Gultojdan
C) Tugunchadan D) Gulkosachadan

9. Urug’chining qaysi qismi changlarni ushlab turish uchun xizmat qiladi?


A) Ustuncha B) Tumshuqcha C) Tuguncha D) Gulband

10. Gulqo’rg’on bo’laklarining rangi asosan bir xil bo’lsa uni . . . deyiladi.


A) Gul diagrammasi B) Oddiy gulqo’rg’on
C) Kuchala to’pgul D) Murakkab gulqo’rg’on

11. Oddiy (I) va murakkab gulqo’rg’onli (II) o’simliklarni belgilang.


1) chuchumoma 2) g’o’za 3) olma 4) gulsafsar 5) olcha 6) nok 7) lola
A) I-1,4,7, II-2,3,5,6; B) I-1,3,5,7, II-2,4,6;
C) I-1,5,7, II-2,3,4,6; D) I-2,4,6, II-1,3,5,7;

12. Qaysi javobda gulqo’rg’on bo’laklari qo’shilgan (I) va qo’shilmagan (II) gullar to’g’ri ko’rsatilgan? a) o’sma b) lola d) qo’ypechak e) olma f) nok g) karnaygul h) g’o’za


i) marmarak j) boychechak
A) I-a,d,f,h,j, II-b,e,g,i; B) I-a,b,e,f,h,i, II-d,g,j;
C) I-d,g,j, II-a,b,e,f,h,i; D) I-b,e,g,i, II-a,d,f,h,j;

13. Gulining gulqo’rg’oni yo’qolib ketgan yoki tangachaga aylangan o’simliklari aniqlang.


A) Sachratqi, tol, terak, safsan
B) Chinor, tut, yong’oq, kashtan
C) Kashtan, chinor, sachratqi, safsan
D) Yong’oq, tol, terak, tut

14. Gul tuzilishining sxema bilan ifodalanishiga . . . deyiladi.


A) Gul formulasi B) Gul diagrammasi
C) Oddiy gulqo’rg’on D) Murakkab gulqo’rg’on

15. Achambiti gulining formulasi to’g’ri berilgan qatorni belgilang.


A) Gk4Gt4Ch4+2U(2) B) Gk0Gt(5)Ch(5)U(2)
C) Og3+3Ch3+3U(3) D) Gk4Gt4Ch4U1

16. Quyidagi gul formulalarning qaysi biri sachratqi o’simligiga tegishli?


A) Gk4Gt4Ch4U1 B) Og3+3Ch3+3U(3)
C) Gk0Gt(5)Ch(5)U(2) D) Gk4Gt4Ch4+2U(2)

17. Gulda faqat urug’chi yoki changchining o’zi bo’lsa, bunday gul . . . deyiladi.


A) Changchili gul B) Ikki jinsli gul
C) Urug’chili gul D) Bir jinsli gul

18. Bir jinsli (I) va ikki jinsli (II) o’simliklar berilgan qatorni belgilang.


1) qayin 2) shaftoli 3) tut 4) gilos 5) o’rik 6) gazanda 7) tol 8) olma
A) I-1,3,6,7, II-2,4,5,8; B) I-1,3,5,7, II-2,4,6,8;
C) I-2,4,6,8, II-1,3,5,7; D) I-2,4,5,8, II-1,3,6,7;

19. Agar o’simliklarning bitta tupida ham changchi, ham urug’chi gul alohida-alohida joylashsa, bunga . . . o’simlik deyiladi, agar bir turdagi o’simlikning changchili gullari bir tupda va urug’chili gullari boshqa tupda joylashsa u . . . o’simlik deyiladi.


A) Ikki uyli/bir uyli B) Bir uyli/ikki uyli
C) Bir jinsli/ikki jinsli D) Ikki jinsli/bir jinsli

20. Qaysi qatorda bir jinsli, ikki uyli o’simlik berilgan?


A) Makkajo’hori B) Na’matak C) Gazanda D) Gladiolus

21. Agar gulqo’rg’on ikkitadan ortiq teng bo’lakka ajralsa, u . . . deyiladi, agar gul faqat teng ikki bo’lakka ajralsa yoki umuman teng bo’lakka ajralmasa, u . . . deyiladi.


A) Bir jinsli gul/ikki jinsli gul B) Qiyshiq gul/to’g’ri gul
C) Ikki jinsli gul/bir jinsli gul D) To’g’ri gul/qiyshiq gul

22. Qaysi qatorda to’g’ri gulli o’simliklar berilgan?


A) Suvyig’ar, behi, na’matak, qo’ng’iroqgul, lola
B) Olma, shaftoli, rayhon, lola, angishvonagul
C) Gunafsha, marmarak, isfarak, behi, suvyig’ar
D) Gladiolus, olma, na’matak, nastarin, parpi

23. Faqat qiyshiq gulli o’simliklar berilgan javobni aniqlang.


A) Gladiolus, nastarin, isfarak, rayhon, na’matak
B) Gunafsha, parpi, angishvonagul, lola, suvyig’ar
C) Kiyiko’t, beda, loviya, burchoq, gunafsha
D) Burchoq, angishvonagul, qo’ng’iroqgul, parpi, beda

24. Quyidagi berilgan o’simliklarning qaysi biri bir uyli o’simlik hisoblanadi?


A) Gazanda B) G’o’za C) Makkajo’hori D) Lola

25. Quyidagi berilganlardan ostgulkosachaga ega bo’lgan o’simlikni belgilang.


A) Kiyiko’t B) Burchoq C) Angishvonagul D) G’o’za

26. To’pgullar oddiy gullarga nisbatan qanday biologik afzalikka ega?


A) To’pgulli o’simliklar boshqa o’simliklarga nisbatan serhosil bo’ladi
B) Gul qismlari gulqo’rg’on ichida yaxshi himoyalangan
C) To’pguldagi gullar oddiy gullarga qaraganda yaxshi changlanadi
D) Yuqoridagi javoblarning barchasi to’g’ri

27. Oddiy qalqonsimon to’pgulli o’simliklar berilgan qatorni belgilang.


A) Olcha, nok, gilos, olma
B) Olma, o’rik, shaftoli, bodom
C) Olxo’ri, bodom, olcha, gilos
D) Tok, nok, o’rik, shaftoli

28. Zubturumning mayda gullari uzun gulpoyada bandsiz joylashadi. Bunday to’pgul . . . deb ataladi.


A) Oddiy shingil B) Oddiy boshoq
C) Murakkab shingil D) Murakkab boshoq

29. Quyidagi berilgan o’simliklar ichidan oddiy shingil (I), murakkab soyabon (II) va murakkab boshoq (III) to’pgulga ega bo’lgan o’simliklarni belgilang.


1) shashir 2) jag’-jag’ 3) arpa 4) bug’doy 5) sabzi
6) karam 7) petrushka 8) bug’doyiq 9) ukrop 10) bodiyon 11) qurttana 12) javdar 13) rediska 14) qashqarbeda
A) I-2,6,7,11, II-1,5,9,10,13,14, III-3,4,8,12;
B) I-2,4,6,8, II-1,3,5,7,9,11, III-10,12,13,14;
C) I-1,2,13,14, II-5,10,6,11,7,12, III-3,4,8,9;
D) I-2,6,11,13,14, II-1,5,7,9,10, III-3,4,8,12;

30. Murakkab shingil to’pgulli o’simliklar berilgan qatorni belgilang.


A) Tok, sholi, qamish, nastarin, kelin supurgi, otquloq, shuvoq
B) Kelin supurgi, otquloq, qamish, karrak, sholi, oqqayin,
C) Rovoch, sholi, tok, kelin supurgi, nastarin, otquloq, qamish
D) Bodiyon, jag’-jag’, qamish, kelin supurgi, tok, qashqarbeda

31. Quyidagi berilgan o’simliklar ichidan kuchala to’pgul (I) va savatcha to’pgulga ega bo’lgan o’simliklarni ajrating. a) kungaboqar b) shuvoq d) tol e) kartoshkagul f) karrak g) yong’oq h) bo’tako’z i) sachratqi j) oqqayin k) ermon


A) I-d,g,j, II-a,b,e,f,h,i,k; B) I-d,g,i, II-a,b,e,f,h,j,k;
C) I-a,b,e,f,h,i,k, II-d,g,j; D) I-a,b,e,f,h,j,k, II-d,g,i;

32. Qaysi qatorda guli ko’zga uncha tashlanmaydigan o’simlik berilgan?


A) Tol B) Anjir C) Terak D) Oqqayin

33. Changlanish deb nimaga aytiladi?


A) Urug’kurtak ichidagi tuhum va markaziy hujayralarning yetilish jarayoniga
B) Chang naychasini urug’chidagi tumshuqcha hamda ustuncha ichiga o’sib kirishiga
C) Changchi va urug’chidagi jinsiy hujayralarning qo’shilish jarayoniga
D) Changdonda yetilgan changlarni urug’chi tumshuqchasiga tushishiga

34. Hasharotlar yordamida changlanadigan o’simliklar berilgan qatorni belgilang.


A) Olma, o’rik, nok, bodom, go’za, yong’oq, shaftoli
B) Kartoshka, olxo’ri, pista, makkajo’hori, tok, anor
C) Oqquray, olma, o’rik, g’o’za, nok, beda
D) Tarvuz, qovun, rayhon, tol, kungaboqar, na’matak

35. Guli ko’rimsiz, mayda va hidsiz bo’lgan o’simliklar qanday yo’l bilan changlanadi?


A) O’z-o’zidan changlanadi
B) Shamol yordamida changlanadi
C) Sun’iy changlanadi
D) Hasharotlar yordamida changlanadi

36. Shamol yordamida (I) hamda o’z-o’zidan (II) changlanadigan o’simliklarni ajrating.


1) na’matak 2) terak 3) tol 4) nok 5) sholi 6) suli 7) olma 8) bug’doy 9) arpa 10) yong’oq
A) I-2,3,5,6,8,9,10, II-1,4,7; B) I-1,2,3,5,6,8,9, II-4,7,10;
C) I-1,4,7, II-2,3,5,6,8,9,10; D) I-4,7,10, II-1,2,3,5,6,8,9;

37. . . . shamol yordamida changlanadigan o’simlikdir. Uning guli ikki jinsli. Uning gullari murakkab boshoqda o’rnashgan bo’lib, changchilari boshoqdan tahsqarida osilib turadi.


A) Sholi B) Tok C) Bug’doy D) Yong’oq

38. Agar bir tup o’simlik changchisidagi chang shu guldagi urug’chining tumshuqchasiga kelib tushsa bunday changlanishga nima deb ataladi?


A) Hasharotlar yordamida changlanish
B) O’z-o’zidan changlanish
C) Shamol yordamida changlanish D) Sun’iy changlanish

39. Changlanishning qaysi usulidan hosildorlikni oshirishda va asosan yangi navlarni yaratishda foydalaniladi?


A) O’z-o’zidan changlanish
B) Hasharotlar yordamida changlanish
C) Chetdan changlanish D) Sun’iy changlanish

40. Urug’lanish deb nimaga aytiladi?


A) Changchi va urug’chidagi jinsiy hujayralaning qo’shilish jarayoniga
B) Changdonda yetilgan changlarni urug’chi tumshuqchasiga tushishiga
C) Urug’kurtak ichidagi tuhum va markaziy hujayralarning yetilish jarayoniga
D) Chang naychasini urug’chidagi tumshuqcha hamda ustuncha ichiga o’sib kirishiga
41. Har bir chang donachasi mayda-yirik ikkita hujayradan tuzilgan. Ana shu hujayralarning yirigi . . . hujayra, maydasi . . . hujayra deb ataladi.
A) Vegetativ/markaziy B) Generativ/vegetativ
C) Vegetativ/jinsiy D) Generativ/tuhum

42. Chang donachasining . . . hujayrasi o’sib, uzun va ingichka naycha hosil qiladi, . . . hujayrasi ikkiga bo’linib ikkita sperma hosil qiladi.


A) Generativ/vegetativ B) Markaziy/jinsiy
C) Mayda/yirik D) Yirik/mayda

43. Urug’langan tuhum hujayradan . . . , urug’langan markaziy hujayradan esa . . . rivojlanadi.


A) Endosperm/murtak B) Murtak/endosperm
C) Urug’kurtak/murtak D) Endosperm/urug’kurtak

44. Endosperma bilan murtak birgalikda . . . hosil qiladi, tuguncha va gulning boshqa qismlaridan esa . . . hosil bo’ladi.


A) Meva/urug’kurtak B) Urug’kurtak/urug’ po’sti
C) Urug’/meva D) Urug’/urug’ po’sti

45. Agar tugunchada faqat bitta urug’kurtak bo’lsa, u urug’langandan keyin bir urug’li meva rivojlanadi ( masalan, . . . ). Bordi-yu, tugunchada ko’p urug’kurtak bo’lsa, u holda chang naychalari ularga ko’plab o’sib kiradi, buning natijasida bir necha urug’li meva


hosil bo’ladi ( masalan, . . . )
A) O’rik, shaftoli, g’o’za/olcha, gilos, lola
B) Olcha, gilos, lola/o’rik, shaftoli, g’o’za
C) Lola, g’o’za/shaftoli, olcha, o’rik, gilos
D) Shaftoli, olcha, o’rik, gilos/ lola, g’o’za

46. Raffleziya Arnoldi nechanchi yilda, qaysi oroldan topilgan?


A) 1818-yilda, Sumatra orolidan
B) 1818-yilda, Kanar orolidan
C) 1918-yilda, Sumatra orolidan
D) 1918-yilda, Kanar orolidan

47..Kuchala to’pgul boshoq to’pguldan qanday farq qiladi?


A)asosiy gulpoyasining osilib turishi bilan
B)changchilarini osilib turishi bilan
C)urug’chisini qo’shilib o’sganligi bilan
D)to’pgul hosil qilmaydi

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling