Biologiya: oqsil,yogʻ, uglevod


Download 9.18 Kb.
Sana11.03.2023
Hajmi9.18 Kb.
#1258478
Bog'liq
Biologiya oqsil


Biologiya: oqsil,yogʻ, uglevod
1.Bir kecha kunduzdagi ovqat tarkibida, oqsil, yogʻ, uglevod umumiy 330 g ni tashkil qiladi. Oqsildan ajralgan energiya 328 kkal ga teng boʻlsa, yogʻ va oqsildan ajralgan energiya farqi 583 kkal ga teng boʻlsa, ovqat tarkibidagi uglevod miqdori(g)ni hisoblang.
J:130
2. Shoxruxning bir kecha kunduzdagi ovqat ratsionida oqsil miqdori uglevod miqdoridan 2,5 barobar kam, yogʻ miqdori esa, oqsil miqdoridan, 1,25 barobar koʻpligi ma’lum boʻlsa, qoʻshimcha va tushki ovqatidan ajralgan energiya 1142,9 kkal ga teng boʻlsa, Shoxruxning ovqat ratsionida uglevod va oqsillarning umumiy miqdorini (g) toping. (Ratsional ovqatlanishni yuqori foiziga amal qilingan)
J:280
3. Feruzaningning ovqat ratsionida oqsil, uglevod, yogʻning massa nisbati 1:1:1 nisbatda boʻlib, qoʻshimcha ovqatlanishidan ajralgan energiya 315 kkal ga teng boʻlsa, Feruzaning ovqati tarkibidagi biopolimerlardan ajralgan energiyani kJ da hisoblang. (Ratsional ovqatlanishning yuqori foiziga amal qilingan)
J: 4224 kj
4. Obidjonning ovqat ratsionida, oqsil va yogʻdan ajralgan energiya umumiy ovqatdan ajralgan energiyadan 2255 kkal ga kam, uglevod miqdori ovqat tarkibidagi oqsil va yogʻning umumiy miqdori(g) dan 300 g koʻpligi ma’lum boʻlsa va oqsil miqdori yogʻ miqdoridan 50 g koʻp boʻlsa, Obidning ovqati tarkibidagi yogʻ va uglevodni massa nisbatini aniqlang.
J: 1:5,5
5. Jaxongirning tana massasi 70 kg boʻlib, bir kunlik iste’mol qilgan uglevoddan hosil boʻlgan jami energiya 2050 kkalga teng. Ozuqadagi kunlik oqsil va yogʻ miqdori teng boʻlib, uglevod miqdori ulardan 2,5 marta koʻp. Ovqat hazm qilishga va bir kecha kunduzda bajarilgan ishga sarflangan energiya miqdorini aniqlang.
J: 1710 kkal
6. Maloxatning ovqat ratsionida oqsil, yogʻ va uglevodning umumiy miqdori 700 g boʻlib, oqsildan ajralgan energiya 410 kkal ni tashkil qiladi. Agar ovqat tarkibidagi yogʻdan hosil boʻlgan energiya oqsilni parchalanishidan hosil boʻlgan energiyadan 520 kkal koʻp boʻlsa, bir kecha kunduzgadi hosil boʻlgan jami energiyaning qanchasi (kkal) tushki ovqatlanishdan hosil boʻlgan? (Ratsional ovqatlanishning yiqori foiziga amal qilingan)
J: 1356 kkal
7. Shoxrux yugurganda, 1 daqiqa 30 kJ energiya sarflaydi. Unda 150 gr uglevod zaxirasi sifatida boʻlsa, necha daqiqadan soʻng, yogʻ parchalanadi?
J: 88 daqiqa
8. Alisherning bir kunlik ovqati tarkibidan ajralgan energiya 4280 kJ ni tashkil etib oqsildan ajralgan energiya foizi yogʻ va uglevoddan ajralgan energiyadan 28% ga kamligi, uglevoddan ajralgan energiya 2% ga koʻpligi aniq bolsa, bir kunlik istemol qilgan yogʻ miqdorini(g) toping.
J: 33 g
9. Ma’lum bir odam bir kun davomida, iste’mol qilgan organik moddasi (oqsil, uglevod, yogʻ) 650 gr boʻlsa, va oqsil va yogʻ miqdori oʻzaro teng, uglevod miqdori oqsil miqdoridan 4,5 martta koʻp boʻlsa, ovqat tarkibidagi uglevoddan ajralgan energiyani hisoblang. (Umumiy energiya miqdori 3185 kkal ga teng)
J: 1845 kkal
10. 60 kg odam tushki ovqatidan ajralgan energiya, bir kecha kunduzdagi asosiy moddalar almashinuvini ta’minlashga sarflangan energiyani 75 % ni tashkil qilsa, oqsil va yogʻdan ajralgan energiyani miqdorini (kJ) aniqlang. (Oqsil yogʻdan 15 g koʻp, uglevoddan 20 gr kam)
J: 3089 kj
11. Tana haroratini saqlash uchun, 1269 kJ energiya sarflangan boʻlsa, biopolimerlardan ajralgan energiya miqdorini aniqlang. (Oqsil uglevodning 25% nitashkil qilsa, yogʻ esa, oqsil miqdoriga teng)
J: 2640kj
12. Marhaboning ovqatlanishidan hosil bolgan energiyaning 1130 kkal miqdori tana haroratining doimiyligini saqlash uchun sarflandi. Marhabo istemol qilgan oziq tarkibida oqsil miqdori uglevod miqdoridan 5 barobar kamligi malum bolsa, uglevoddan ajralgan energiya miqdorini (kkal) aniqlang. (Ovqat tarkibida yogʻning miqdori 100gr)
J: 2050 kkal uglevoddan ajralgan energiya
13. Oʻquvchilardan birining bir sutka davomida, qabul qilgan ovqat ratsionida, yogʻ va oqsil miqdori teng ulardan ajralgan energiya farqi 2130 kJ ga teng. Agar ushbu oʻquvchi tana haroratini saqlash uchun 1130 kkal energiya sarflansa, uning ovqat ratsionidagi uglevodni miqdorini g toping.
J: 500g uglevod
14. Aziza 340 gr oqsil, yog, uglevod va tuz istemol qildi, shu jarayonda 1895 kkal energiya ajraldi. Agar uglevoddan ajralgan energiya oqsildan ajralgan energiyadan 41 kkal ga koʻp boʻlsa, bir kunlik energiyani qancha qismini maksimal tushlikdan ajralgan oqsil energiyasi tashkil etadi. Ozuqada 30 gr tuz bor.
J: 147,6 kkal


Download 9.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling