Biologiya ta`lim yo`nalishi bo`yicha bakalavr darajasini olishi uchun


Download 1.07 Mb.
bet8/14
Sana14.02.2023
Hajmi1.07 Mb.
#1197347
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
НЕМАТОВА ДУРДОНА лотин вариант 1

3- rasm. Leukaniyalar:
а — Leucania vitelline Hb.; бLeucania loreyi Dup.; вMythimna (Hyphilare Leucania.), г — Аlbum L.; e —Cirphis zeae Dup. f. indistincta chr.
kul rang sariq loy tusli. Qanotlarining old burchagidan ichkari tomon ketgan qiyshiqroq to`q yo`li bor, ammo bu yo`l orqa chekkasigacha davom etmaydi. Qanotining o`rta qismida kichikroq noaniq dog’ bo`lib, buning yonida bitta kichik oq dog’cha bor. Qanotining tashqi chekkasida to`q qo`ng’ir dog’chalar va to`q tusli yo`l bo`ylab joylashgan qoramtir nuqtachalar aniq ko`rinib turadi. Butun qanot ustida ukdamunda qora tomirchalar bo`ylab oqish tangachalar sochilib yotadi. Orqa qanotning tagi oqish, och kul rang sariq tusli bo`lib, tashqi tomondan juda to`q rangda ko`rinadi, ammo popukchasi ancha yaqinroq, tomirchalari to`q tuslidir.
Eto`q qurt yirik, yalang’och bo`ladi. Boshi kichik, sarg’ish qo`ng’ir, jag’lari esa qoramtir bo`ladi. Tanasi umuman to`q ko`qishsariq, lekin orqa tomoni to`qroq, qorin tomoni ochroq tuslidir. Umumiy rangi deyarli qora tusdan to xira ko`qish sariq ranggacha o`zgarib turadi. Eto`q qurtning bo`yi 33-36 mm gacha etadi.
Mytimna (Hyphilare, Leucania) 1 - album L. Kapalagining bo`yi qanoti yozilganda qariyb 40 mm ga boradi. Old qalotlari qo`ng’irsimon kul rang bo`lib, uzunasiga ketgan kichik oq yo`li va uning tag tomonida kichik yoyiq dog’i bor. Ostki chekkasi bo`ylab bir necha qator to`q yo`llar o`tadi, undan qanot tepasiga qarab tomirlar yonidan beshta oq yo`l ketadi.
Qurti och qizil rangli, orqa tomoni bo`ylab to`q qo`sh chiziq o`tgan, oyoqlari telasida to`q yashil yon chiziqlari bor. Bo`yi 35 mm.
Cirphis zeae Dup. f. indistincta chr. (Leucania, Sideridis zeae Dup.).Qanoti yozilganda 30-35mm keladigan kapalak. Oldingi qanotlari och kul rang, orqa qanotlari oq tusli. Qurt loy sariq rangli bo`lib, tanasida oqish yo`llar o`tadi. Bo`yi 30-33 millimetrcha keladi.
Bu tunlamlar makkajo`xoriga iyun’ oyi oxiridan boshlab, ekin 7-9 bargli bo`lgandayoq tushadi. Qurtlar yosh o`simliklarning markaziy bargini va naysimon buralgan barglarning taglarini zararlab, kattakatta teshiklar hosil qiladi, barglarning chetlarini kemiradi. Makkajo`xori ro`vak chiqarib gullagan davrida gul va ro`vaklarni eb bitiradi, so`talar rivojlanayotgan davrda esa so`ta popuklarini va so`ta uchlarini g’o`za tunlamining qurtlari singari shikastlaydi.
Kurash choralari. Don va urug’lik uchun ekilgan makkajo`xori uchastkalari sevinaning 50% li ho`llanadigan poroshogi (gektariga 5 kg hisobida) purkaladi. Dorilash hosil yig’ishtirishdan kamida 30 kun ilgari o`tkaziladi.
Makkajo`xori kapalagi (Pyrausta nubllalis Hb.). Makkajo`xori kapalagi makkajo`xorini qattiq zararlaydi. Bu zararkunanda tushgan dala xuddi poda o`tgandek holga keladi.
Zararlangan uchastkalarda hosil kamayishi va uning sifati pasayishidan tashqari, mashinalar bilan o`rish ham qiyin bo`ladi, chunki makkajo`xori poyalari va so`talari sinib uzilib tushadi. Zararlangan poyalar fuzarioz bilan tez kasallanadi.
Kapalak qanotlarini yozganda 27-28 mm keladi. Ustki qanoti uzunroq, erkak kapalaklarning qanoti sarg’ish kul rang tusda, unda och sariq rangli to`lqinli ko`ndalang yo`llar va oqish hoshiya bor. Urg’ochi kapalak qanotlarida esa ko`ndalang tushgan to`lqinli qoramtir yo`llar bo`ladi. Keyingi qanotlari oldingi qanotlariga qaraganda ochroq, zrkak kapalaklarda esa ko`ndalang yo`li bor.
Tuxumi yalpoq, cherepitsaga o`xshash birbirining ustiga yotgan bo`ladi. Kapalak qurtining bo`yi 25 mm gacha boradi, oq yoki qoramtir sarg’ish rangli; orqa tomoni bo`ylab to`q yo`l o`tgan; har qaysi bo`g’imining oldingi qismida to`rttadan, keyingi tomonida ikkitadan kichik xitinli qora dog’lar bor. Birinchi bo`g’imida yirik qoramtir qalqon bo`ladi. Boshi qo`ng’ir rangli. Soxta oyoqlarining tovonlari yumaloq, unda ilmoqchalar ham bor.
G’umbagi qo`ng’ir rangda, uzunchoq, bo`yi 20 mm cha keladi. Orqa tomoni uchlik bo`lib, unda to`rtta ilmoqcha bo`ladi.
Makkajo`xori kapalagi qurtlik davrida qo`ytikan, shuvoq, qiyoq, olabo`ta, nasha, makkajo`xori, oqjo`xori poyalarida va tariq ang’izida qishlaydi.
Kuzda oziqlanib to`ymagan qurtlar bahorda rivojlanishni tugallaydi. Oziqlanishdan to`xtaganlari esa poyalarda yumshoq o`ralgan pilla ichida g’umbaklanadi. Qurt g’umbaklanish oldidan poyani kemirib, kapalak uchib chiqadigan teshik hosil qiladi. Кemirib ochgan te

shikka bo`lak parazit va nam kirmasligi uchun uni o`rgimchak iplari bilan to`ldirib qo`yadi.


G’umbaklanish stadiyasi 10-25 kunga boradi. G’umbakdan kapalak chiqqanidan so`ng, bir necha kun o`tgach tuxum qo`ya boshlaydi. Kapalak tuxumlarini o`simlik barglari orqasiga, so`talar ustiga, makkajo`xori va oqjo`xori ro`vaklariga bir nechtadan to 50 tagacha to`p to`p qilib tashlab ketadi. Bitta urg’ochi kapalak hammasi bo`lib 250-350 ta tuxum qo`ya oladi.
Kapalak 3-8 hafta yashaydi, u kunduz kuni barg ostida va yoriqlarda yashirinib yotadi, kechki paytda uchib chiqadi.
Tuxumlardan 3-15 kun ichida kapalak qurtlari chiqadi. Qurtlar o`simlik bargi bilan oziqlanadi. Ular uchinchi yoshga kirganida poya va hosil organlariga teshib kiradi (makkajo`xori hamda boshqa g’allasimon o`simliklarda poyaning bo`g’im oraligi yaqinidan teshib kiradi), bu erda qurt yana ikki marta tullab, rivojlanishi tugallanadi. Shu tariqa qurt jami besh yoshni kechiradi. Qurtlarning ba`zilari bir necha poyani zararlaydi. Yozgi bo`g’in qurtlarining rivojlanishi 2-3 hafta davom etadi.
O`rta Osiyoda makkajo`xori kapalagi yiliga ko`pi bilan ikki-uch avlod beradi.
Kurash choralari. 1. Siloslanganda qurtlar ko`plab o`lishini e`tiborga olib, birinchi galda eng qattiq zararlangan daladagi makkajo`xori silosga bostiriladi.
2. Hosil qoldiqlarini unda qishlab chiqqan qurtlar bilan birga yo`qotiladi.
3. Begona o`tlar, ayniqsa, yirik poyali o`tlar yo`qotiladi.
4. Chuqur kuzgi shudgor o`tkaziladi.
5. Makkajo`xori, jut, kanop va boshqa kasal tekkan ekinlar yig’ishtirilganda poyalar kalta qoldirib o`riladi.
O`simliq bitlari. Makkajo`xori va oqjo`xoriga o`simlik bitlarining bir necha turi - oddiy g’alla biti, makkajo`xori, to`qli makkajo`xori biti va qayrag’och g’alla bitlari tushadi.
Oddiy g’alla biti — Shizaphis graminum Rond (Toxoptera graminum Rond (5-rasm). Och yashil, yashil, sarg’ish-yashil ranglarda bo`ladigan qanotsiz bu bitning ko`zlari qizil tuslidir. Mo`ylovi qoraroq, ba`zan sarg’ish-qo`ng’ir rangda bo`ladi. Tanasi oval shaklli cho`ziqroq. Mo`ylovi uzun bo`lib, gavdasining yarmidan oshadi. SHira naychalari tsilindr shaklda bo`lib, dumiga qaraganda 1,5 baravar uzun, tana uzunligining qariyb 1/6 yoki 1/9 qismiga boradi. Bitning bo`yi 1,4-2 mm keladi.

5- rasm. G’allasimon o`simliklar biti
a- o`lg’aygan qanotli bit, b - ulg’aygan qanotsiz bit, v- lichinkasi, g - nimfasi.
Qanotlari, o`rta va keyingi ko`krak to`q qo`ng’ir, qorin qismi esa yashil rangda bo`ladi. Boshqa joylarining rangi xuddi qanotsizlarnikidek. Tanasi ancha cho`ziq, naychalari ancha qisqa (tanasining Vs—Vio qismiga boradi), mo`ylovi qanotsizlarnikiga nisbatan xiyla uzun. Tanasining bo`yi 1,2-2,0 mm.
Makkajo`xori (oqjo`xori) biti - Aphis maidis Fitch (Rhopalosiphum maydis Fitch). Qanotsiz, och yashil tusli, ko`zlari qora, boshi va anal bo`g’ini qo`ng’ir rangli, naychalari va quyrug’i xira, qora yoki qo`ng’ir rangli, oyoqlar'i qoramtir qo`ng’irg lekin boldirining o`rta qismini tusi ochroq, mo`ylovi qo`ng’ir rangli bo`ladi. Tanasi uzunasiga cho`zilgan, naychalari kalta, sal bo`rtib ko`rinib turadi, quyruqchasi barmoqsimon, naychalarga qaraganda qisqaroq; marginal bo`rtiklari mayda, mo`ylovi tanasiga nisbatan 2 - 2,5 baravar qisqa bo`ladi. Tanasining uzunligi 1,04 - 2,18 mm keladi.
Qanotlilarining boshi, ko`kragi, mo`ylovi, naychalari va quyruvi qo`ng’ir tusli, ko`zlari qizil, qorin qismi esa sarg’ish-yashil bo`lib, marginal plastinkalari bor.
To`qli makkajo`xori biti -Sipha maydis Pass. Qanoti yo`q, to`q qo`ng’ir, deyarli qora, yaltiroq. Murtchalari (mo`ylovi) sariq, sonlari qora, boldirlari sariq, panjalari qoraroq, naychalari sariq rangli. Tanasi oval (tuxumsimon) shaklda bo`lib, zich to`qchalar bilan qoplangan. Murtchalari tanasining 7 qismidan uzunroq bo`ladi. SHira naychalari juda kalta va deyarli oddin hoshiyaga o`xshagan va o`zining asosidan 2 - 3 marta kengroq bo`ladi. Quyrug’i yo`q. Tanasining uzunligi 1,6 - 2,0 mm ga boradi.
Qanotligi to`q qo`ng’ir tusli, yaltiroq ko`zlari va shira naychalari qora, murtchalari qo`ng’ir tusli bo`lib, qora rangli qorin tomonida yirik marginal dog’lar bor. Murtchalari tana uzunligining V2 qismiga boradi. Naychalari qanotsizlariga qaraganda qisqaroq, quyrug’i yo`q. Tanasining uzunligi 1,6 -2,0 mm.
O`simlik bitlari makkajo`xori barglarida va poyalarida yashirinmay ochiq yashayveradi, lekin oddiy g’alla biti eng uchki bargning qiniga kirib olib, aka shu buralgan barglar ichida rivojlanadi. Bitlarning so`rishi oqibatida barg ustlarida (xususan oqjo`xorinikida) mayda qizil dog’lar paydo bo`ladi. Qattiq zararlangan barglar sarg’ayadi, quriydi, bunday ekinning doni nimjon, engil bo`lib qoladi.
Bitlarni makkajo`xorida, u 4-6 barg chiqargan paytdan boshlab butun yoz davomida uchratish mumkin.
O`simlik bitlari bahorda va kuzda ko`payadi, yozning issiq kunlarida kamayadi. Bitlar yoz davomida 10 va undan ziyodroq bo`g’in berib urchiydi. So`nggi bo`g’indan boshqa hamma bo`g’inlarda bitlar tirik lichinka tug’adi. So`nggi kuzgi bo`g’inida ikkala jins (erkak va urg’ochi) bitlar rivojlanadi. Qishlaydigan tuxumlarni bitlar kuzgi g’alla ekiniga va g’allasimon o`simliklarga qo`yadi.
Qayrag’och g’alla biti - Byrsocrypta gallarum Gmel makkajo`xori ildizlarida to`p-to`p bo`lib yashaydi.
Kurash choralari. 1. Makkajo`xori ekinlaridagi hamda ular atrofidagi begona o`tlar yo`qotiladi.
2. ekinlar quyidagi preparatlarning biri bilan dorilanadi: a) 0,1% li anabazin yoki nikotin eritmasiga 0,2% kirsovun qo`shiladi; b) 2,5% li anabadust yoki nikodust bilan changlanadi (dori tarkibida ta`sir etuvchi qismi 40% bo`lganda). O`simlik biti, o`rgimchakkana va kemiruvchi zararkunandalar bir yo`la tushganida don uchun ekilgan makkajo`xori maydonida va urug’lik uchastkalarda tuyilgan oltingugurt aralashtirilgan anabadusti ishlatiladi (I bo`limning 1bobiga qarang); v) 40% li rogor (gektariga 1,5 kg normada) purkaladi, bunda har gektarga 300 l suyuqlik sarflanadi. Dorilash hosil yig’ishtirishga kirishishdan kamida 20—25 kun oldin o`tkaziladi; g) 30% li tiofos kontsentratining 0,05% li eritmasi purkaladi, ekinga bir vaqtda bit va o`rgimchakkana tushganida esa tiofosga 3% li efirsul’fonatning ho`llovchi poroshogi ham qo`shiladi.
Tripslar. Makkajo`xoriga tripslarning bir necha turi: trips pustotsvetniy (Haplothrips aculeatus Fabr.), ingichka murtli (Frankliniella tenucornis vzel.), Haplothrips halepensi lakh va jo`xori tripsi (Anaphothrips flavicinctus Karny) tushadi.
Trips pustotsvetniy (Haplothrips aculeatus Fabr.) - 1,4 -1,7mm keladi, qora yoki to`q qo`ng’ir, sakkiz bo`g’inli murtchalarning uchinchi bo`g’ini oqishroq. Old ko`kragi orqa tomonga qarab kengaygan, tanasi ing’ichka va cho`zinchoq. Qorin qismining’ oxirgi segmenti paysimon cho`zilgan, bu naychaning tagi uchiga qaraganda ikki baravar kengaygan. Naychaning tagiga nisbati 2:1 ga to`g’ri keladi. Qanotlari tiniq, tomirchalari yo`q, uzun hoshiyali.
Eto`q urg’ochi trips dalalarda o`simlik qoldiqlari orasida, tuproq kesaqlari tagida va yovvoyi g’allasimon o`simliklar ichida, asosan dala atroflaridagi to`kilgan barg xazonlari orasida qishlab chiqadi.
Tripslar erta ko`klamda uchib chiqib yovvoyi va madaniy g’alla o`simliklariga qo`nadilar, barg qo`ltiqlariga hamda boshoqlariga kirib boradilar, trips begona o`tlardan g’umay, ajriq va itqo`noqlarni yaxshi ko`radi. Tripsning ikkinchi bo`g’ini makkajo`xoriga tushadi.
Ingichka murtli trips (Frankliniella tenuicornisvel) - 1 - 1,4 mm keladi. Murtchalari uzun, ingichka. Murtcha uchinchi bo`g’inining uzunligi eniga nisbatan 3,3 baravar oshadi, to`rtinchi bo`g’ini uchinchisidan, beshinchi bo`g’in to`rtinchisidan qisqaroq, oltinchi bo`g’inining uzunligi uchinchisi bilan teng yoki uzunroq.
Urg’ochi tripsning rangi och qo`ng’ir tusdan to qora qo`ng’irgacha bo`ladi. erkak trips sariq rangli. Bu zararkunanda asosan donli o`simliklarni: bug’doy, arpa, suli, qora bug’doy, oqso`xta (timofeevka), mushukquyruq, oqjo`xori, makkajo`xorini shikastlaydi.
Haplothrips halepensi (Jakh) oqjo`xorida ko`proq, makkajo`xori, raygras, erkak o`t va begona o`tlarda kamroq uchraydi. Bu zararkunanda begona o`tlardan g’umayni juda yoqtiradi.
Jo`xori tripsi (Anaphothrips flavicinctus Karny.) - 0,99-1,2 mm keladigan cho`zinchoq, qo`ng’ir tanali mayda hasharot, qorin qismidagi uchinchi, to`rtinchi va beshinchi bo`g’inlari hamda oyoqlari och sariq tusli, qanotlari ochroq kul rang bo`lib, old qanotlarining asosiy yarmida tarqoq chegarali keng to`q tasmasi bor, old qanotlarining oldingi cho`ziq tomirchasida qanot asosida 5-6 ta va o`rta qismida 3 ta, orqa tomirchada 7-10 ta qilcha bo`ladi, qorin qismidagi sakkizinchi bo`g’inning keyingi qismida yondosh joylashgan mayda taroqchalar bor.
Makkajo`xoriga tushadigan trips va uning lichinkalari jo`xori va makkajo`xori barglarining qinlarida, shuningdek ro`vaklarida ko`plab (bir necha minglab) yashaydi va oziqlanadi. Tripslarning so`raverishi orqasida o`simlik zaiflashadi, o`sishi susayadi, barglarning’ aksari qismi buralib, bujmaloqlashib qoladi. Jo`xori tripsining hayot kechirishi kam o`rganilgan. U tuxumlarini barg to`qimalari ichiga qo`yadi. Tripslar jo`xori va makkajo`xoridan tashqari g’umayda ham topilgan.
Zararkunandaning tabiiy dushmanlaridan Buxoroda yirtqich trips Aeolothrips intermedius Bagn va Triphleps albidipennis Reut deb ataladigan qandalalar uchraydi.
Qurash choralari. 1. ekinlar quyidagi preparatlardan biri bilan dorilanadi:
a) 0,1% li anabazin yoki nikotin eritmasiga 0,2% kirsovun qo`shib purkaladi;
b) 2,5% li anabadust eki nikodust changlatiladi (preparatdagi ta`sir etuvchi qism 40% bo`lganda);
v) 30% li tiofos kontsentratin.ing 0,05% li eritmasi purkaladi.
O`rgimchakkana (Tetranychus urticae C. L. Koch., T. telarius L.). So`ruvchi zararkunandalardan o`simlik bitlari va tripslardan tashqari makkajo`xorini o`rgimchakkana ham zararlaydi. Bu kana dala chekkalari, ariq, yo`l yoqalaridagi begona o`tlarda qishlaydi.
Bahorda, may oyining ikkinchi yarmida o`rgimchakkana g’o`zaga, makkajo`xoriga va ko`pgina boshqa o`simliklarga ko`chadi. O`rgimchakkana, asosan, barglarning ost tomonlarida to`dalashib yashaydi, juda ko`payib ketganda hamma barglarni egallab oladi. Yozning ikkinchi yarmida o`rgimchakkana makkajo`xorida nihoyatda ko`payib ketadi va uni shikastlaydi. Zararlangan barglarning kana so`rgan joylari sarg’ayadi va so`liydi, bu esa o`simlikning o`sishi va rivojlanishi susayib ketishiga sabab bo`ladi, oqibatda ko`kpoya va don hosili kamayadi.
Kurash choralari. 1. Mexanik va ximik usullar qo`llanib begona o`tlar yo`qotiladi.
2. O`suv davrida o`g’itlar bo`lib - bo`lib solinadi.
3. Zararlangan dalalarga 40% li rogor emul’siyasi (gektariga 1,5 kg normada) purkaladi, bunda har gektarga 300 l suyuqlik sarflanadi, uchastkaga bir vaqtda o`rgimchakkana va kemiruvchi zararkunanda tushganida esa xlorofosning efirsul’fonat bilan (1:2 nisbatida) aralashtirib hosil qilingan 0,2% li eritmasi purkaladi yoki oltingugurt changlatiladi.
Chigirtkalar. CHigirtkalardan makkajo`xoriga ko`pincha qir va to`qay chigirtkalari tushadi. Qir chigirtka (Calliptamus turanicus Tarb.) to`qay chigirtkasi (Calliptamus italicus italicus ‘.)dan yirikroq va rangi ancha yarqiroq bo`ladi. Chigirtkaning bu ikkala turi tuxumlarini o`simligi siyrak ang’izli uchastkalarga, to`qay chigirtkasi - yo`l va ariq yoqalariga, qir chigirtka - lalmi erlarga, tepaliklarga va xirmonlarga qo`yadi. Shu erlardagi o`simliklar kuyib quriguncha chigirtkalar qanot hosil qilib ekinlarga o`tib oladi va ularni (barglarning chekkasidai kemirib) shikastlaydi.
Qurash choralari. 1. Bo`sh yotgan tashlandiq bo`z erlar ishga solinadi, yo`l yoqalarini haydab tashlash yo`li bilan kartalar kengaytiriladi.
2. O`simliklar 12% li geksaxloran dusti bilan (gektariga 8—10 kg hisobidan) changlatiladi.
3. Natriy arsenit yoki kal’tsiy arsenit qo`shilgan zaharli kunjara emi sochiladi (har 10 kg kunjara talqoniga 0,2 kg dan zahar aralashtiriladi).
4. Yovvoyi o`simlik va begona o`tlardagi chigirtkalar (gektariga 4 kg hisobida) kal’tsiy arsenit changlatib yoki (gektariga 600 l hisobida) 2% li natriy arsenit eritmasi purkab yo`qotiladi. Ammo, bu ishlar bajarilganida xavfsizlik qoidalariga rioya qilmoq kerak.
Xumkalla qo`ng’izi (Lethrus sp. sp.). Makkajo`xorini xumkalla (kravchik) qo`ng’izining bir necha turi (kichik xumkalla - Lethrus pygmaeus Ball., qora xumkalla - Lethrus rosmarus Ball., bo`rtikli xumkalla - Lethrus tuberculifrons Ball) zararlaydi. Bu qo`ng’izlar birmuncha yirik, tanasi kalta 8-18 mm, asosan qora tusda bo`ladi. Qanot usti qo`shilib o`sgan, boshi juda rivojlangan, jag’lari katta. Tuxumi sarg’ish yoki oq rangli, oval shaklda bo`ladi.Lichinkalari oq, semiz bo`lib, tanasi bir oz bukilgan. Lichinkalarining oyoqlari qisqa, konussimon.
Uning g’umbagi boshqa qo`ng’izlarnikidan ochiq holda bo`ladi. Xumkalla qo`ng’izlar ko`p ekinlarga, shu jumladan makkajo`xori, bug’doy, arpa, beda va hokazolarga zarar etkazadi.
Xumkalla qo`ng’izlar, ko`pincha bo`sh yotgan ko`riq va haydalmagan erlarda yashaydi. Ular ana shu erlardan oziq axtarib qo`shni ekinzorlarga o`tadi. YAngi o`zlashtirilgan erlarida makkajo`xori ayniqsa ko`proq zararlanayotgani ma`lum.
Erta ko`klamda (fevral’ oxiri, mart oyida) xumkalla qo`ng’izlar paydo bo`lib, o`zlari in qaziydi, shu inlarga tuxum qo`yadi, Tuxumdan chiqadigan lichinkalarga oziq bo`lishi uchun inlarini o`simliklar bilan to`ldiradi. Qo`ng’iz tuxumdan chiqib to katta bo`lguncha rivojlanish davrlarini shu in ichida kechiradi.
Maysa ko`zga tashlangan davrda qo`ng’izlar yosh poyachalarni, ayrim barglarni kemirib o`z inlariga tashiydi.

6- rasm. Xumkalla qo`ng’iz. a, 6 - qo`ng’iz. v - tuxumi, g - lichinkasi,
d, e - g’umbaklari.
Qo`ng’iz ko`plab urchigan yillarda ekinlarga, asosan qo`riq erlarga, qo`shni ekinlarga qattiq zarar etkazadi.
Kurash choralari. 1. Qo`riq va bo`sh yotgan erlar haydaladi va ishga solinadi.
2. Xumkalla qo`ng’iz inlari bor bo`lgan va shu erlarga yondoshgan ekinzorlar 12% li geksaxloran dusti bilan gektariga 25—30 kg hisobidan changlatiladi.
Simqurt. Simqurtning bir necha turi (chertmakchi qo`ng’iz lichinkalari) makkajo`xorini shikastlaydi. Lalmi erlarda Pleonomus tereticollis Men turi ko`proq zarar etkazadi. Sug’oriladigan erlarda, ayniqsa donli ekinlardan kartoshka va ildiz mevalilardan keyin ekilgan makkajo`xori va oqjo`xorini Agriotes meticulosus Cand. va Melanotus conicicollis Rtt ancha qattiq zararlaydi.
Simqurt tuproqda yashaydi, bo`rtayotgan donlar bilan va yosh o`simlik poyalarining er osti qismi bilan oziqlanadi, maysalarni nobud qiladi va pirovardida ekinni siyraklashtirib qo`yadi.
Chertmakchi qo`ng’iz lichinkasining tanasi juda cho`zinchoq shaklda bo`lib, gavdasi qattiq, sariq yoki och jigar rang xitin bilan qoplangan.
Simqurtlarning ko`pchilik turlarida bitta bo`g’inning rivojlanishi uchun bir yildan to besh yilgacha vaqt talab etiladi. Qo`ng’izning o`zi yoki lichinkalari qishlab chiqadi. Chertmakchi qo`ng’iz guxumlarini ang’izlarga qo`yadi.
Simqurt sernam tuproqda erning yuqori qavatlarida bo`ladi, tuproq quriganida esa yarim metr va undan chuqurroqqa ketadi. Tuproq ichida g’umbaklanadi. G’umbaklanish davri bir haftagacha va oshiqroqqa boradi.



7-rasm. Simqurt tushgan makkajo`xori.
Simqurtlar bilan bir qatorda makkajo`xorini qoratan va changxo`r lichinkalari ham zararlaydi. Bu lichinkalar tashqi tomondan chertmakchi qo`ng’iz lichinkalariga o`xshash bo`lganliklari uchun ularni soxta simqurtlar deb ataladi.
Qoratan lichinkasi simqurtga juda o`xshaydi, uning ham tanasi cho`zinchoq, qattiq xitinli, ko`pincha sariq rangli bo`ladi. U chertmakchi qo`ng’iz lichinkasidan do`ng boshi, juda taraqqiy etgan va yaqqol chiqib ko`rinib turadigan labi bilan, murtchalarining uzunligi va oldingi juft oyoqlari ancha rivojlanganligi bilan farq qiladi. Oldingi oyoqlari o`rta va keyingi oyoqlariga nisbatan bir yarim uch baravar uzun.
Qoratan lichinkalari changxo`rlarnikidan shu bilan farq qiladiki, ularda murtchalarning oxirgi bo`g’ini undan oldingisiga nisbatan kichikroq tanasining qorin qismi ust tomoniga nisbatan ancha yapaloqroq qorin qismidagi 9 bo`g’in (segment)ning sterniti o`sib, o`simta hosil qiladi va anal’ (chiqarish) teshigi tashqaridan yaqqol ko`rinib turadi, qorinchasining oxirgi bo`g’inida juda ko`p tikan bor.
Kurash choralari. 1. Agrotexnika tadbirlari xuddi kuzgi tunlamga qarshi qo`llanganidek. Lekin azotli mineral o`g’itlar solishning katta ahamiyati bor, bunda: tuproqdagi eritmalarning osmotik bosimi oshib zararkunandalarning tanasi suvsiz, namsiz qoladi va ular kasallanadi. Gektariga 2-3 ts ammiak selitra va ammoniy sul’fat solish yaxshi natija beradi.
2. Qattiq zararlangan uchastkalarga simqurtdan kam zararlanadigan dondukkaklilar eqiladi.



9 - rasm. Maysa chivini.
Maysa chivini (Hylemyia ctlicrara Rd.). Bo`yi 3-5 mm keladigan maysa chivini uy chiviniga o`xshaydi. Maysa chivini qoramtir, qo`ng’ir rangli bo`lib, kul rang qorni bo`ylab o`tgan to`q yo`li bor. erkak chivin ning keyingi boldirlarida qator ingichka tikanlari bor (9-rasm).
Tuxumning uzunligi 0,9 mm, oq rangli bo`ladi. Lichinkasining bo`yi 7 mm gacha boradi, tanasi cho`zi bo`lib, keyingi uchi kengaygan va oldingi qismiga tomon toraygan bo`ladi. Oxirgi bo`g’ini qiyshiq kesilgandek ko`rinadi, kesikning chekkalarida qator bo`rtiklar bor. Jag’lari qora, tishlari yo`g’on bo`ladi.
Soxta pillasi 4-5 mm keladi, uzunchoq - oval shaklda, jigar rang tusda bo`ladi (10- rasm). Maysa chivinining lichinkalari tuproqdagi chigitni, makkajo`xorini, sabzavot va boshqa ekinlarning o`simtalarini nobud qiladi.




10-rasm. Maysa chivinining soxta g’umbagi va lichinkasi.
Chivin soxta pilla, lichinka va imago stadiyasida qishlaydi. Eto`q chivinlar qishlab chiqsa, ular mart o`rtalaridayoq uchadi. Soxta pilladan esa mart oxiri- aprel’ boshida chivin chiqadi.
Ob-havo bir me`yorda iliq bo`lganida chivinlar jonlanib ketadi, gullarning nektari bilan oziqlanadi. Jazirama issiq, sovuq yoki shamol bo`lib turganida esa chivinlar tuproq kesaqlari va barglar ostiga kirib oladi.
Urg’ochi chivin tuxumlarini tuproq yoriqlariga va kesak oralariga bittadan yoki uchto`rttadan betartib qo`yib ketadi. Bitta urg’ochi chivin 100 tagacha tuxum qo`ya oladi. Tuxum tashlash 12 kungacha davom etadi. CHivin tuxumini nam va har xil organik moddalar parchalanadigan joylarga, ayniqsa chigit kunjarasi bilan o`g’itlangan dalalarga qo`yadi. Tuxumdan lichinkalar yozda 3-4 kunda, erta ko`klam va kech kuzda esa 5-10 kunda chiqadi. Lichinka tuxumdan chihqan zahoti tuproqqa 3-5 sm chuqurlikka kiradi. Lichinkalarning rivojlanishi 1,5-2 haftaga boradi, lichinkalar parchalanayotgan moddalar bilan oziqlanadi, shuningdek endigina eqilib, bo`kkan urug’ning ichiga kemirib teshib kiradi.
Lichinkalar tuproqda 5-6 sm gacha chuqurlikda g’umbaklanadi. G’umbaklanish davri 1,5-2 hafta davom eta di. YOz mavsumida kunlar qizib, havo qurib ketganida g’umbaklar karaxtlanadi (diapauza davriga kiradi) va chivinlar sentyabr’ oyidagina uchib chiqadi.
Maysa chivini O`rta Osiyoda yiliga uch-to`rt marta bo`g’in beradi.
Kurash choralari. 1. Maysalarda zararkunanda lichinkalari ko`plab paydo bo`lguncha rivojlanib olishi uchun ekinni iloji boricha barvaqt eqiladi.
2. Organik o`g’itlar solingan dalalarga oshiqroq normada urug’ eqiladi.
3. Kuzgi shudgor qilish oldidan erlarga organik o`g’it solinadi.
4. 3% natriy arsenit aralashtirilgan kunjara emi ishlatiladi. Bu tadbir juda sermehnat bo`lgani sababli, uni kichikroq maydonlarda qo`llanish tavsiya etiladi.
Makkajo`xorini zararkunandalardan kimyoviy himoya qilishda ularning fizikkimyoviy va zaharlilik xossalarini, qo`llanilish jarayonlarini, zararli organizmlar va tashqi muxit omillariga ta`sirini bilish zarur bo`ladi. Zarur bo`lgan pestitsidni tanlay olish, xo`jalikning pestitsidlarga bo`lgan talabini aniqlash yo`llarini, himoyalanish vositalari va pestitsidlarni qo`llaydigan moslamalar bilan ishlash jarayonlari, jadal texnologiya asosida ekinlardan mo`l hosil olish uchun o`simliklarni himoya qilishda kimyoviy usuldan mohirona foydalanish yo`llarini bilish juda katta ahamiyatga ega. Makkajo`xorini zararkunandalardan himoya qilishni asosiy vazifasi hozirgi zamon pestitsidlarni to`g’ri qo`llay olish, ularning zararli organizm va madaniy o`simliklarga ta`sir etish mexanizmlarni, pestitsidlarni samarali va xavfsiz qo`llash usullarini qo`llay bilishdan iborat.
O`simliklarni kimyoviy himoya qilishda, albatta, boshqa bu fan bilan aloqador bo`lgan fanlar – anorganik va organik kimyo, fizik – kolloid kimyo, biologik kimyo, fizika, o`simliklar va hayvonlar fiziologiyasi, fitopatologiya, mikrobiologiya, qishlok xo`jalik fitopatologiyasi, o`simlikshunoslik, entomologiya, qishloq xo`jalik entomologiyasi, umumiy dehqonchilik, botanika, agrometeorologiya fanlaridan etarli bilimga ega bo`lish kerak. Qishloq xo`jalikda ishlatiladigan barcha pestitsidlar xam inson va issiq qonli hayvonlarga ma`lum bir sharoitda zaharli bo`lganligi sababli, pestitsidlar bilan ishlaganda ko`riladigan shaxsiy va jamoat xavfsizligi tadbirlariga alohida e`tibor berish kerak.
Pestitsidlarning fizikkimyoviy va toksikologik xossalarini qo`llash xususiyatlarini biologik muhitdagi holatini va shu kabi muxim masalalarni puxta bilib olish ulardan xavfsiz va to`g’ri foydalanishning asosiy omilidir. Insoniyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida aholini nozine`matlar bilan ta`minlash asosiy masaladir. Bunda o`simliklarni zararli organizmlardan (zararkunanda, kasallik, begona o`tlardan) himoya qilish asosiy omillardan hisoblanadi. Xamdo`stlik mamlakatlarida zararli organizmlardan keladigan zarar o`rtacha 26% ni tashkil etadi. YUqorida keltirilgan ma`lumotlardan xulosa qilib, zararli organizmlardan o`z vaqtida kurash olib borish naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini ko`rsatadi.
Respublikamiz iqlim sharoiti zararli organizmni rivojlanishiga ayniksa, zararkunandalarni rivojlanishiga yaxshi ta`sir etadi. SHaroiti yuqori: masalan o`rgimchakkana 18-20 marta, kana, 46, karadrina, ko`sak qurti 34, o`simlik bitlari 16-17 marotaba avlod beradi, bularga qarshi o`ziga xos usullarni ishlab chiqish va undan samarali foydalanish, hosildorlikni saqlab qolishdagi muhim tadbirlardir.
Asrimizning 70-80 yillari davomida olimlarimiz tomonidan madaniy o`simliklarni zararli organizmlardan himoya qilish tadbirlari tizimi ishlab chiqildi va ishlab chiqarishga joriy etildi. Bu tizim har bir o`simlik uchun alohida bo`lib, turli mintaqalar tabiiy sharoitini hisobga olgan xolda tuzilgan. O`simliklarni himoya qilish tizimining eng mukammali ularni uyg’unlashgan himoya qilishdir. O`simliklarni uyg’unlashtirish yo`li bilan yo`qotish entomofaglardan maksimal ravishda saqlagan holda olib boriladi. Integratsiya so`zi lotincha so`z bo`lib, «integrare» – «tiklash», «to`ldirish» degan ma`noni bildiradi.
O`simliklarni uyg’unlashgan holda himoya qilishni joriy etish natijasida biotsenozda turlar o`rtasida o`zaro bog’lanish qayta tiklanadi, bunda zararli organizm va entomofaglar o`rtasidagi miqdoriy bog’lanish xam hisobga olinadi.
Tashkiliyxo`jalik tadbirlari zararli organizmlar uchun nokulay yashash sharoitini vujudga keltirishga va ularni ekin maydonlariga utishini kamaytirishga karatigan.Tashkiliyxo`jalik tadbirlari bir necha yillar davomida xo`jalikning istikbol rejasi asosida amalga oshiriladi. YAna shulardan biri yangi erlarni uzlashtirishdirBunda ko`pgina zararkunandalar uyasi yo`qotiladi: osiyo va marokash chigirtkasi, voxa chmigirtkasi, kemiruvchi zararkunandalar va xokazo.Ekinzorlarni kengaytirish  kul, daryo hamda zovurlar atrofidagi maydonlarning meliorativ xolatini yaxshilaydi, dala chetidagi begona o`tlarni yo`q qiladi, bu esa uz navbatida ularda rivojlanadigan zararkunandalar sonini kamaytiradi.Tut daraxtlarningmaxsus massivlarda joylashtirilishi urgimchak kananing kamayishiga sabab bo`ladi va unga qarshi kurash olib borishda engillik tugdiradi.Yiriklashtirilgan ekin maydonlarida xzashoratlarga qarshi utkaziladigan tadbirlarni mexanizatsiyalashtirish imkonini beradi.

Download 1.07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling